Tavsifi. SM montaj qilish aoptik shnuri (pigteyli) taqsimlash kross qurilmasida tortishda magistral optik kabelni oxirlashtirish uchun qo‘llaniladi.
Bir tomonidan oxirlashtirilgan optik tolali kabelning bo‘lagi hisoblanadi. Pigteyllar aloqa tarmoqlarini montaj qilishda pigteylni kabelga payvandlash yoki mexanik ulagichlar yordamida ulash yo‘li bilan optik tolali kabelni tez oxirlashtirish uchun ishlatiladi. Mohiyati bo‘icha pigteyl bu ikkinchi konnektorsiz optik shnur (patch-kord) hisoblanadi, shuning uchun pigteyllarga patch-kordlarga talablarga o‘xshash talablar qo‘yiladi. Mos ravishda pigteylning sifatiga, to‘g‘ri va teskari yo‘qotishlarga, konnektor ferrulidagi tola holatining nosimmetrikligiga, muxanik puxtaligiga katta e'tibor beriladi.
Pigteyllar optik krosslar kabi passiv taqsimlash qurilmalarini montaj qilishda ishlatiladi.
Tavsifi. Optik rozetkalar – optik shnurlarni FC/PC turdagi biriktirgichlar bilan ulash uchun mo‘ljallangan. Yuqori aniq sentrator tufayli konnektorlarni sifatli sozlanishini ta'minlaydi, konstruktiv ko‘zda tutilgan fiksatorlar ishonchli fiksatsiyani ta'minlaydi. Optik o‘tish adapterini ifloslanishdan va chang tushishidan plastik tiqinlar himoya qiladi.SC/PC SM simplex optik rozetka optik tolali kabel ishlatilganda bog‘lovchi element bo‘lib xizmat qiladigan qurilma hisoblanadi. Bir modali rejimda ishlash uchun mo‘ljallangan.
Texnik xarakteristikalari:
500 ta ulanishlarga mo‘ljallangan.
Biriktirgich turi - SC.
Bo‘lishi mumkin to‘g‘ri yo‘qotishlar - 0,2 dB dan ortiq emas.
Ishchi haroratlar diapazoni - -40 0S dan +75 0S gacha