Abu abdulloh al-xorazmiyning hayoti va ilmiy faoliyati



Yüklə 43,76 Kb.
səhifə5/8
tarix28.04.2022
ölçüsü43,76 Kb.
#115566
1   2   3   4   5   6   7   8
al-Xorazmiy dunyo qarashi

Grammatika

Arab halifaligi arab adabiy tili muammolarini hal etishga e'tibor berishni talba qiladi. Arab yozma adabiyotini rivojlanishi ham bu masalaning kun tartibiga qo'yilishini taqoza etadi. Shuning uchun YII-IX asrlar davomida bu Arab xalifaligida madaniyatni rivojlantirish asosiy masalasi bo'ldi. Halifalikda turli qabilalarning ko'pligi masalaning dolzarbligini yanada oshirdi. Ularning birlashishi nafaqat adabiy, balki siyosiy masalalarni ham hal qilardi.

Adabiy til grammatikasining ishlab chiqish masalasi qanchalik qiyin bo'lmasin, X asrga kelib u muvaffaqiyatli hal qilindi. Arab tili qonun qoidalarni aniqlashda Abu Asad ad-Duali va boshqa olimlarning hissalari katta bo'ldi. Bu esa tilni yanada rivojlanishi uchun imkqon yaratdi. Grammatika, ayniqsa, arablar ilmi va adabiyoti halqaro ahamiyatga va darajaga yetgan Abbosiylar davrida chuqur va mukammal o'rganildi. Bu masalada, ya'ni arab tili grammatikasi rivojlanishiga, Iroqning ikki- Basra va Qufa shaharlaridagi ilmiy munozaralar va ularning jo'shqin faoliyatlari katta ta'sir ko'rsatdi. Basrada grammatikani o'rganuvchi maktab paydo bo'lishi iqtisod,, adabiyot va sa'nat avj olishi davriga to'g'ri kelib, uning namo namoyondalari arab tili va grammatikasining nazariy masalalarini ishlab chiqishda juda katta ishlarni amalga oshirdilar. Ushbu maktab vakillari sifatida Iso as-Sag'ofiy, “Kitob al-Ayn” nomi bilan tanilgan birinchi arab muallifi Hamil ibn Ahmad (718-792), Sharqda va G'arbda ko'zga ko'ringan barcha yirik arab grammatiklari tomonidan foydalanilgan va sharhlangan “al-kitob” muallifi Sibavayh (Abu Bishir Amr ibn Usmon Qambar, vafoti 797 yil atrofida)ni ko'rsatish mumkin. “Al-kitob” Basra grammatik maktabi izlanishlarining yakuni bo'lib, unda arab grammatikasining mukammal tartibi tugal shaklda berilgan. Ushbu maktab vakillari sifatida al-Asma'iy (740-828), uning shogirdi, fiqh va filologiya bilimdoni Abu Ubayd (770-837), klassik arab tili haqidagi al-Mubarrad (826-898) va boshqalarni ko'rsatish mumkin.

Basradan bir oz keyin Qufa shahrida ham grammatik maktab paydo bo'ldi. Uning vakillaridan bo'lgan ar-Guosi, bizgacha yetib kelgan “Xatolar haqidagi risola” muallifi al-Nisoiy (Ali ibn Homid al-Asadiy, vafoti 805 y), o'z asarlari bilan hamkasblari ishlarini takomillashtirgan Ibn as-Saqqit (vafoti 858 y), Muhammad al-Anboriy (vafoti 939 y), al-Farroiy va boshaqalardir. YIII asrdan boshlab bu maktablar orasida bo'lib o'tgan ilmiy munozaralarda arab tili ikir-chikirigacha mukammal ishlab chiqildi.




Yüklə 43,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin