Abu Ali Ibn Sino



Yüklə 1,58 Mb.
tarix13.10.2022
ölçüsü1,58 Mb.
#118278
Abu ali ibn Sino

Abu Ali Ibn Sino

Reja:


Abu Ali ibn Sino (toʻliq ismi: Abū ‘Alī al-Husayn ibn ‘Abd Allāh ibn Sīnā al-Balkhīarabchaأبو علي الحسین بن عبدالله بن سیناOʻrta Osiyo tojik olimi, faylasufi980-yilning 18-iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida tugʻilgan va 1037-yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan. Gʻarbda Avitsenna (ingl. Avicenna) ismi bilan mashhur.
Ibn Sinoning otasi Abdulloh Balx shahridan boʻlib, Somoniylar amiri Nuh ibn Mansur (967—997) davrida Buxoro tomoniga koʻchib, Hurmaysan qishlogʻiga moliya amaldori etib tayinlanadi. U Afshona qishlogʻida Sitora ismli qizga uylanib ikki oʻgʻil farzand koʻradi. Oʻgʻillarining kattasi Husayn (I. S), kenjasi Mahmud edi. Husayn 5 yoshga kirgach, I. S. lar oilasi poytaxt — Buxoroga koʻchib keladi va uni oʻqishga beradilar. 10 yoshga yetaretmas I.S. Qurʼ-on va adab darslarini toʻla oʻzlashtiradi. Ayni vaqtda u hisob va aljabr bilan ham shugʻullanadi, arab tili va adabiyotini mukammal egallaydi. I. S.ning ilm sohasidagi dastlabki ustozi Abu Abdulloh. Notiliy edi. U el orasida hakim va faylasuf sifatida mashhur boʻlgani uchun otasi I.S.ni unga shogirdlikka berdi. Notiliyning qoʻlida olim mantiq, handasa va falakiyotni oʻrgandi va baʼzi falsafiy masalalarda ustozidan ham oʻzib ketdi. I. S.ning aql-zakovatini koʻrgan ustozi otasiga uni ilmdan boshqa narsa bilan shugʻullantirmaslikni tayinlaydi. Shundan soʻng ota oʻgʻilga ilm oʻrganish va bilimlarini chuqurlashtirish uchun barcha sharoitlarni yaratib berdi. Abu Ali tinmay mu-tolaa qilib, turli ilm sohalarini oʻzlashtirishga kirishdi. U musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni oʻqidi, xususan, tabobatni sevib oʻrgan-di va bu ilmda tez kamol topa boshladi.
Buyuk alloma tib ilmida juda tez kamol topa boshlaydi. Ibn Sino 17 yoshidayoq Buxoro xalqi orasida mohir tabib sifatida tanildi. O‘sha kezlarda Somoniylar davlatining hukmdori Nux ibn Mansur kasal bo‘lib, saroy tabiblari uni davolashdan ojiz edilar. Buxoroda o‘sib-ulg‘aygan yangi yosh tabibning ovozasi saroyga ham yetib borgan edi, uni amirning davolash uchun saroyga taklif qiladilar va tabibning nazoratida davolangan bemor tez fursatda oyoqqa turadi. Buning evaziga Ibn Sino saroy kutubxonasidan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu kutubxona o‘sha vaqtda butun O‘rta va Yaqin Sharqdagi eng katta va boy kutubxonalardan sanalardi.
Kecha-kunduz tinmay mutolaa qilish natijasida Ibn Sino o‘z bilim doirasini mislsiz darajada kengaytiradi. U o‘z davridagi yirik olimlardan biri hisoblangan Abu Rayxon Beruniy (973 – 1048) bilan ilmiy munozaralar o‘tkazadi. 999 yillarda Koraxoniylar Buxoroni zabt etadilar, Somoniylar davlati inqirozga uchraydi. Bu esa Ibn Sinoning Buxoroda tinch va xotirjamlikda ilmiy ishlarni davom ettirish uchun imkoniyat bo‘lmaydi, buning ustiga 1002 yil Ibn Sinoning otasi Abdulloh vafot etadi. Oqibatda buyuk alloma o‘z tug‘ilib o‘sgan yurti Buxoroni tark etib, Xorazm (Urganch) ga ketadi.
Xorazm O‘rta Osiyoning qadimiy boy va madaniy viloyatlaridan biri bo‘lib, u yerda XI asrning boshlarida ilmiy hayot ancha rivojlangan edi. G‘aznaviylar hukmdori Sulton Mahmud (998 – 1030 y) Xorazm yerlarini o‘z davlatiga qo‘shib olishga harakat qiladi. Unga tobe bo‘lishni istamagan Ibn Sino taxminan 1010 – 1011 yillarda Xorazmdan maxfiy ravishda chiqib, Xurosan tomon yo‘l oladi va Kaspiy dengizining sharqiy-janubida joylashgan Gurgon amirligiga yetib keladi. Bu yerda u Abu Ubayd Jurjoniy bilan tanishadi. Shu kundan boshlab bu yigit Ibn Sinoga eng yaqin va sodiq shogirdi bo‘lib qoladi.
Ko‘p o‘tmay Ibn Sino Gurgonda o‘zining ilmiy ishlarini va tabiblik faoliyatini davom ettira boshlaydi. U 17 yoshida tabobatga oid mashhur asari «Kitob al-qonun fit-tib» («Tib qonunlari») ning birinchi kitobini yozishga kirishadi.
1014 yil Ibn Sino Gurgonni ham tark etadi va bir qancha muddat Ray va Kazvin shaharlarida turgandan keyin Hamadonga keladi va Buvayxiylar hukmdori Shams ad-davla (997 – 1021) xizmatiga kiradi. Oldin saroy tabibi bo‘lib ishlaydi, so‘ngra vazirlik mansabigacha ko‘tariladi. Davlat ishlari bilan band bo‘lishiga qaramay, ilmiy ishlarni davom ettiradi va qator asarlar yaratadi, o‘zining mashhur falsafiy ensiklopediyasi «Kitob ash-shifo» ni ham shu yerda yozishga kirishadi.
1023 yili Isfaxonga ko‘chadi va «Kitob ash-shifo»ning qolgan qismlarini yozishda davom etadi. Boshqa bir qancha asarlar bilan bir qatorda fors tilidagi falsafiy kitobi «Donishnoma» ni tasnif etadi.
Ibn Sino haqiqiy ensiklopedist olim sifatida o‘z davridagi fanlarning deyarli hammasi bilan muvaffaqiyatli ravishda shug‘ullangan va ularga oid ilmiy asarlar yaratgan. Turli manbalarda uning 450 dan ortiq asarlari qayd etilgan bo‘lsa ham, zamonlar o‘tishi bilan ularning ko‘pi yo‘qolib ketgan va bizgacha faqat 242 tasi yetib kelgan. Shu 242 asardan 80 tasi falsafa, ilohiyot va tasavvufga tegishli, 43 tasi tabobatga oid, 19 tasi mantiqqa, 26 tasi psixologiyaga, 13 tasi botanika ilmiga, 7 tasi astrologiyaga, 1 tasi matematikaga, 1 tasi musiqaga, 2 tasi kimyoga, 9 tasi etikaga, 4 tasi adabiyotga va 8 tasi boshqa olimlar bilan bo‘lgan ilmiy yozishmalarga bag‘ishlangan.
«Tib qonunlari» kitobining asl arabcha matni birinchi marta 1593 yili Rimda, keyinchalik u hozirgi Kohira (1873,1877,1879), Tehron (1889), Laknav (1906) va Lohur (1906) shaharlarida chop etildi. Ispaniyaning Toleda shahrida 1130 yili tarjimonlar kollegiyasi tashkil qilinadi va Kremonalik Gevard (1114 – 1187 y) «Tib qonunlari» ni arab tilidan lotin tiliga tarjima qilishga kirishadi. Shundan boshlab «Tib qonunlari» kitobi Yevropa vrachlari qo‘lidagi asosiy qo‘llanmaga aylanadi va universitetlarda tibbiyot fani shu asar buyicha o‘qitilgan.
O‘zbekiston sharqshunoslari «Tib qonunlari» ning besh kitobini arabchadan o‘zbek va rus tillarida tarjima qilishdi va ularni 1954 –1961 yillar mobaynida Toshkentda shifokorlar bilan hamkorlikda nashr etdilar.
Xulosa qilib aytganda, Abu Ali ibn Sinoning eng mashhur va ulug‘vor kitoblaridan biri «Kitob al –qonun fit-tib» hisoblanadi. Bu asar o‘z zamonasidagi tabobat ilmlarining mufassal qomusi sifatida inson sog‘lig‘i va kasalliklarga oid bo‘lgan barcha muammolarni mantiqi tartibda to‘la mujassam etgan. Buyuk olimning qilgan xizmatlarini, jahonning ilm ahli e'zozlaydi.
Buyuk bobokalonimiz Abu Ali Ibn Sino sharafiga mashhur shved tabiatshunosi Karl Linney (1707-1778) tropik mamlakatlarda dengiz suvida ham o‘suvchi va doimo yashil holda qoladigan daraxt nomini Avitsenna deb atagan. Shuningdek, 1956 yil yurtimizda topilgan yangi mineral ham ulug‘ ajdodimiz sharafiga Avitsennit deb nomlangan.

E’tiboringiz Uchun Rahmat!


Yüklə 1,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin