Abu ali Ibn Sinoning psixologik qarashlari tarixi



Yüklə 2,28 Mb.
səhifə1/2
tarix11.11.2023
ölçüsü2,28 Mb.
#131669
  1   2
Abu ali Ibn Sinoning psixologik qarashlari tarixi

Abu ali Ibn Sinoning psixologik qarashlari tarixi

Buyuk mutafakkir, qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning jahon ilm- fani, adabiyoti va san’ati taraqqiyoti tarixida roli beqiyosdir. U G’arbda Avitsena nomi bilan mashhurdir. Olim matematika, falsafa, meditsina, biologiya, pedagogika, psixologiya, mantiq, fizika, ritorika ilmi bobida katta salohiyatga ega bo’lib, ruboiy va g’azallar ham bitgan olimdir.

  • Buyuk mutafakkir, qomusiy olim Abu Ali ibn Sinoning jahon ilm- fani, adabiyoti va san’ati taraqqiyoti tarixida roli beqiyosdir. U G’arbda Avitsena nomi bilan mashhurdir. Olim matematika, falsafa, meditsina, biologiya, pedagogika, psixologiya, mantiq, fizika, ritorika ilmi bobida katta salohiyatga ega bo’lib, ruboiy va g’azallar ham bitgan olimdir.
  • Abu Ali ibn Sinoning psixologiya masalalari bilan shug’ullanishiga, o’zidan ilgari o’tgan Sharq mamlakatlari olimlari tomonidan yozib qoldirilgan asarlarni o’rganib, fanning bu sohasi bo’yicha ham o’zining fikrlarini bildirish, antik dunyo olim, faylasuflarining ta’siri ham katta rol o’ynadi. Xususan Aristotel Ibn Sinoning falsafada “birinchi o’qituvchisi” edi. U Aristotelning “Jon haqida”gi asari bilan yaxshi tanish edi, olimning meditsina sohasidagi olib borgan ishlarida odam anatomiyasi, fiziologiyasi va nerv sistemasini yaxshi o’rganish va shu asosda har xil kasalliklarni davolash jarayonida kishilarning psixik xususiyatlarini bilish zarur edi.
  • Ibn Sino Farobiyning sezgilar to’g’risidagi ta’limotini rivojlantirib, insonda beshta sezgi (ko’rish, eshitish, hid bilish, maza va teri-tuyg’u) mavjud ekanligini, sezgilar orqali, tevarak-atrofdagi narsa va hodisalarning ta’siriga javob qaytarilishi, ularning xususiyatlari va ahamiyati haqida to’xtalib, har qaysi sezgining bosh miyada alohida boshqarib boradigan markazi bor ekanligini ishonch bilan bayon etadi. Ibn Sino insonning fikrlash qobiliyatiga, hayol xotirasi va iroda sifatlariga yuksak baho beradi va bu psixik jarayonlarning bir-birlari bilan mustahkam bog’liq ekanligini anglaydi.
  • Ayniqsa, Ibn Sinoning temperament (mijozlar) to’g’risidagi fikrlari tabiiyilmiy jihatdan diqqatga sazovordir. Bu sohadagi ta’limot qadimgi Gretsiya olimi Gippokratning (miloddan avvalgi V asr) nazariyasiga asoslanadi. Ibn Sino ham Gippokrat kabi odam tanasida to’rt xil modda (safro, qon, qora o’t, balg’am) bor, shu moddalardan birortasi organizmda ko’proq bo’lsa, bu odam mijozining (temperamenti) tipini belgilaydi.
  • Abu Ali ibn Sinoning temperament xususiyatlariga qarab yondashish zarurligi haqidagi fikrlari ming yildan so‘ng ham zamonaviy psixologiyada o‘z qimmatini yo‘qotmagan. Abu Ali ibn Sino dunyoda birinchi bo‘lib psixoterapevtik usullarni qo‘llab ko‘rgan olimlardan biridir.
  •  Asta-sekin ruh haqidagi tushuncha hayotning barcha ko‘rinishlariga emas, faqat hozir biz psixika deb atalgan darajaga nisbatan qo‘llana boshlandi
  • Abu Ali ibn Sino asarlaridagi psixologik g’oyalarda bola tarbiyasida axloqiylik tushunchalari inson hayotida katta ahamiyatga ega. Birinchidan, hayotda har kimning mukammal sog’- salomatlikka, kuch-quvvatga ega bo’lishi ehtiyoji bor. Ikkinchidan, tan sog’lig’i fikr va ahloqning ham sog’lig’ini ta’min etadi. Fikr va ahloq bilan mijoz va sog’lomlik uzviy bog’liq.
  • Badan tarbiyasining maqsadi har tomonlama yetuk: jismonan chiniqqan, sof fikrli, mard, sabotli, qat’iyatli, Vatanni himoya qila oladigan shaxslarni kamol toptirishdan iborat. Abu Ali ibn Sino asarlarida keltirilgan g’oyalar insonni ulug’laydi.

Yüklə 2,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin