Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə102/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

7.4. Mulkiy xuquqlar 
 
1. 
Mulk-egalik qilish.
Mulkdor
. Egalik qilish ijtimoiy institut sifatida noyob 
resurslarni takroriy Еtishtirish vazifasi paydo bo‗lgan vaqtda yuzaga keladi. 
Dastlab mehnat sharoitlari egalik qilish ob‘ekti hisoblanadi. 
 2. 
Mulk-imtiyoz.
Monopolist.
Vaqti kelib ijtimoiy-iqtisodiy rol ikkita yangi 
rolga bo‗linadi: tabiiy resurslar mulkdorining roli va ishlab chiqaruvchining roli. 
Egalik qilish huquqi foydalanish huquqidan, egalik qilish ob‘ekti esa xo‗jalik 
yurituvchi sub‘ektdan ajralib chiqadi. «Mulk-imtiyoz» tushunchasi paydo bo‗ladi. 
Bu Еrda mulkdor-monopolistning renta – o‗ziga tegishli resurslardan daromad 
olish huquqiga duch kelamiz.
Mulk-imtiyoz aholining ma‘lum qismi peshona terisi bilan o‗zining 
tirikchiligi uchun non topish majburiyatidan ozod bo‗lishi uchun imkoniyat, ya‘ni 
fan, san‘at va harbiy ishni rivojlantirish imkoniyati yaratadi. 
Ishlab 
chiqaruvchi.
Xo‗jalik faoliyatini amalga oshiruvchi-ishlab 
chiqaruvchining shaxsiy maqsadi o‗z ehtiyojlarini qondirish uchun mahsulot ishlab 
chiqarishdan iborat. Ko‗plab xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlar shaxsiy maqsadlariga 
erishishga intilish natijasida ijtimoiy ahamiyatga molik missiyaning amalga oshishi 
– jamiyatni takroriy ishlab chiqarish sodir bo‗ladi.
3. 
Mulk-korxona.
Tovar almashuvining rivojlanishi rollarning yangidan 
bo‗linishiga dastlabki tarixiy sabab hisoblanadi. Ishlab chiqaruvchining tabiiy 
huquqi hisoblangan mahsulotga bo‗lgan huquq ishlab chiqarish vositalarining 
mulkdori – xo‗jayinga o‗tadi.
Xususiy mulk majburlashga asoslangan hokimiyatni hamda obro‗ga 
asoslangan hokimiyatni tarixning chetiga siqib chiqaradi. Mulk-korxonaning paydo 
bo‗lishi bilan birga yollanma xodim va xo‗jayin, ishlab chiqarish vositalariga 
bo‗lgan mulkchilikdan mahrum etilgan va o‗zining mehnat qobiliyatini sotishga 


188 
majbur bo‗lgan iqtisodiy agent hamda xo‗jalikning yangi xili – korxonani tashkil 
etuvchi iqtisodiy agentning roli paydo bo‗ladi.
Xo‗jayin.
Xo‗jayinning shaxsiy maqsadi – qo‗shimcha qiymatni olishdan 
iborat. Bu uni iqtisodiy samaradorlikni oshirish imkonini beruvchi barcha yangi 
narsalarni joriy etishga undaydi. Xo‗jayin o‗ta muhim ijtimoiy-iqtisodiy missiya – 
iqtisodiy faoliyatni ratsionalashtirish egasiga aylanadi. 
Yollanma xodim.
Xodim – bu faqat o‗zining mehnat qilish qobiliyati uning 
huquqining ob‘ekti hisoblangan individ (ishchi kuchi). Lekin bu qobiliyat, so‗zsiz, 
uning o‗ziga tegishli, ya‘ni xodimning o‗zi kimningdir huquqlarining ob‘ekti 
hisoblanmaydi. U: a) erkin tanlash huquqini qo‗lga kiritadi va b) o‗z faoliyatining 
mahsulotlariga bo‗lgan huquqni yo‗qotadi. Xodimning ijtimoiy-iqtisodiy missiyasi 
mehnatni taqsimlash samaradorligini oshirishdan iborat. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin