Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Mulkiy 
huquq 
subʼyekti
- Oʼzbekiston Respublikasi fuqarolari, jamoalar, ularning birlashmalari;
- jamoat tashkilotlari va diniy tashkilotlar;
- fuqarolarning oilaviy va oʼzga birlashmalari;
- mahalliy oʼzini oʼzi boshqarish idoralari; 
- xalq deputatlarining barcha boʼgʼindagi Kengashlari hamda ular vakolat bergan davlat boshqaruvi 
idoralari;
- boshqa davlatlar, xalqaro tashkilotlar;
- boshqa davlatlarning yuridik shaxslari va fuqarolari, fuqaroligi boʼlmagan shaxslar; 
Mulkiy 
huquq 
obʼyekti

Oʼzbekiston Respublikasi hududidagi yer, yer osti boyliklari, ichki suvlar, havo 
havzasi, oʼsimlik va hayvonot dunyosi;

imoratlar va inshootlar, turar joy va kvartiralar; 

mahsulotlar, mahsulot va xizmat koʼrsatish belgilari, sanoat namunalari; 

ixtirolar, foydali modellar, selektsiya yutuqlari; 

asbob-uskunalar, moddiy va maʼnaviy madaniyat buyumlari; 

pullar, qimmatli qogʼozlar;

insonning mehnat qilish qobiliyati va boshqa mol-mulklar.
Mulkiy huquq 
turlari 

mulkka egalik qilish; 

mulkdan foydalanish; 

mulkni tasarruf etish.
Mulkiy 
huquqning 
amalga 
oshirish 
qoidalari
- mulkdor mulkdan qonun hujjatlari bilan taqiqlanmagan har qanday xoʼjalik yoki boshqa 
faoliyatni amalga oshirishda foydalanishi mumkin;
- mulkdor oʼziga qarashli mol-mulkning mulkiy huquqni faqat oʼzi boshqa shaxslarga berishga 
haqli; 
- mulkdorning zimmasiga boshqa shaxslarning uning mulkidan cheklangan tarzda 
foydalanishiga yoʼl qoʼyish vazifasi yuklanishi mumkin.
- mulkdor oʼziga tegishli mulkiy huquqni amalga oshirish paytida fuqarolarning mehnatidan 
foydalanish toʼgʼrisida ular bilan shartnoma tuzishga haqli;
- fuqarolar mehnatidan foydalanishga asos boʼlgan mulkning qay shaklda ekanligidan qatьiy 
nazar mulkdor oʼzga shaxs tomonidan qonunga xilof ravishda egallab olingan mol-mulkini 
talab qilib qaytarib olish huquqiga ega. 
- mulkiy huquqning amalga oshirilishi atrof-muhitga zarar yetkazmasligi, jismoniy, yuridik 
shaxslarning va davlatning huquqlarini buzmasligi hamda qonun bilan muhofaza qilinadigan 
manfaatlariga putur yetkazmasligi kerak.
Mulkiy 
huquqning 
himoya 
qilinishi
- mulkdor oʼz huquqini har qanday buzishlarni, garchi bunday buzishlar uni mulkka egalik 
qilish huquqidan mahrum etish bilan bogʼliq boʼlmasa-da, bartaraf etishni talab qilishi 
mumkin;
- mulkiy huquqni himoya qilish sud yoki xoʼjalik sudi tomonidan amalga oshiriladi;
- garchi mulkdor boʼlmasa ham, mulkdan toʼla xoʼjalik yuritish, uni operativ boshqarish, meros 
qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish yoki qonunda (shartnomada) koʼzda tutilgan boshqa 
hollarda, mol-mulkka egalik qiluvchi shaxsga ham taalluqlidir. Bu shaxs oʼz egaligini 
mulkdordan ham himoya qilish huquqiga ega.
- mulkdorga qarashli mol-mulkni olib qoʼyish haqida qaror qabul qilinishi munosabati bilan 
yoki davlat idorasining mulkdor mol-mulkini bevosita olib qoʼyishga qaratilmagan boshqa 
qarori munosabati bilan mulkdorning huquqini toʼxtatib qoʼyishga faqat qonunchiligida 
belgilangan hollarda va tartibdagina yoʼl qoʼyiladi. Bunda mulk huquqi toʼxtatilishi oqibatida 
yetkazilgan zarar mulkdorga batamom toʼlanadi.
- tabiiy ofatlar, falokatlar, yuqumli kasalliklarning tarqalishi, hayvonlarda kasallikning keng 
yoyilishi va favqulodda roʼy beradigan boshqa holatlarda mol-mulk davlat hokimiyati 
idoralarining qaroriga binoan jamiyat manfaatlarini koʼzlagan holda mulkdordan belgilangan 
tartibda va shartlar bilan majburiy tarzda olib qoʼyilishi (rekvizitsiya qilinishi) mumkin va unga 
mulkning qiymati toʼlanadi.
- qonun hujjatlarida koʼzda tutilgan hollarda sudning yoki xoʼjalik sudining qaroriga binoan 
mol-mulk musodara qilinishi mumkin.


196 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin