Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


- 2020 yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash va inflyatsiyani jilovlash;  -



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

-
2020 yilda makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash va inflyatsiyani jilovlash; 
-
iqtisodiyotni yuqori sur‘atlar bilan rivojlantirish uchun faol investitsiya 
siyosatini izchil davom ettirish. 2020 yilda 23 milliard dollarlik investitsiyalar 
o‗zlashtiriladi hamda 206 ta yangi yirik quvvatlar ishga tushirish mo‗ljallanmoqda; 
- bank tizimini rivojlantirish uchun bu yil keskin choralar ko‗rish. Afsuski, 
bank tizimi raqamli texnologiyalarni qo‗llash, yangi bank mahsulotlarini joriy etish 
va dasturiy ta‘minotlar bo‗yicha zamon talablaridan 10-15 yil orqada qolmoqda. 
2020 yildan boshlab har bir bankda keng ko‗lamli transformatsiya dasturi amalga 
oshiriladi; 
- barqaror iqtisodiy o‗sishning eng muhim garovi – raqobatdosh mahsulotlar 
ishlab chiqarish, ular uchun yangi xalqaro bozorlar topish va eksportni 
ko‗paytirish, tranzit salohiyatidan to‗liq foydalanish; 
- sanoat tarmoqlarini uzluksiz xomashyo va zamonaviy infratuzilma bilan 
ta‘minlash. Iqtisodiyotning qator muhim tarmoqlari, jumladan, kimyo, neft va gaz, 
energetika, elektrotexnika, qurilish materiallari, zargarlik sanoatini xomashyo bilan 
ta‘minlash uchun, avvalo, geologiya-qidiruv sohasini tubdan rivojlantirish lozim. 
Shuni hisobga olib, joriy yilda istiqbolli konlarni aniqlash va mavjud zaxiralarni 
ko‗paytirish uchun budjetdan 2 trillion so‗m mablag‗ ajratilmoqda; 
-biznes muhitini yanada yaxshilash. Jahon bankining ―Biznes yuritish‖ 
reytingida eng yaxshi 50 ta mamlakat qatoriga kirish;
-iqtisodiyotimiz rivojini, aholi bandligi va daromadlari o‗sishini 
ta‘minlaydigan eng muhim sohalardan biri bo‗lgan qishloq xo‗jaligini strategik 
yondashuvlar asosida taraqqiy ettirish; 
1
Қаранг: Мирзиѐев Ш.М. Ўзбекистон Республикаси Олий Мажлисга мурожаатномаси.//Халқ сўзи, 2017йил 
23 декабрь. 


231 
- turizmni iqtisodiyotning strategik tarmog‗iga aylantirish. 2020 yilda 
yurtimizga keladigan turistlar sonini 7,5 millionga Еtkazish. 
-urbanizatsiya jarayonlarini jadallashtirgan holda, hududlarni kompleks 
rivojlantirish, aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish. Ana shu ishlar 
doirasida 7 ta yirik shahar – Andijon, Buxoro, Samarqand, Qarshi, Farg‗ona, 
Namangan, Nukusga tutash bo‗lgan 12 ta yo‗ldosh shaharcha tanlab olinib, ularni 
rivojlantirish yuzasidan kompleks chora-tadbirlar ishlab chiqiladi
1


Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin