Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

Javob: v), g) va d) 
shartnomalar rasmiy va norasmiy normalarga javob 
beradi.
 
KЕYSLAR 
Keys 1. “Nikoh shartnomasi” nima 
―Qanday qilib oila qurishga ulgurmasdan turib, ajrashish, pulni bo‗lish 
to‗g‗risida o‗ylash mumkin?‖, - deya jazavaga tushdi butun umr qonuniy nikohda 
yashagan bir ayol. ―Mumkin, hatto kerak ham! Agar bu o‗zini noxo‗shliklardan 
himoya qilishning, balki oilani mustahkamlashning yagona usuli bo‗lsa‖, — deb 


266 
xisoblaydi
ko‗plab yigitlar. Chet elda nikoh shartnomasi allaqachon 
sivilizatsiyalashgan munosabatlarni ta‘minlovchi
 
normaga aylangan. 
Nikoh shartnomasi — bu bo‗lajak er-xotin o‗rtasidagi, birinchi galda, oilaviy 
hayotning mulkiy tomonlari haqidagi yozma kelishuv. Mazkur hujjat notariusda 
tasdiqlanib, kelin-kuyovning har biri bittadan nusxasiga ega bo‗ladi, asl nusxa esa 
huquqshunosda qoladi. Vaqt o‗tishi bilan nikoh shartnomasining shartlarini 
o‗zgartirish mumkin, bunda shartnomaning yangi matni o‗sha notarial idorada 
tasdiqlanadi. Kelishuvni nikoh tuyidan oldin ham, undan keyin ham 
rasmiylashtirish mumkin. Birinchi holatda, u nikoh tuzilganidan keyin, ikkinchi 
holatda esa notariusda tasdiqlangan vaqtdan boshlab kuchga kiradi. Ushbu hujjat
oilada asosan mulkiy munosabatlarni tartibga soladi, lekin unga siz istalgan 
bandlarni kiritishingiz mumkin.
Mazkur hujjat yordamida er-xotin birgalikdagi mulkning qonun bilan 
belgilangan rejimini o‗zgartirishga haqli. Masalan, qonunga ko‗ra, ajrashish 
holatida birgalikda qo‗lga kiritilgan barcha mol-mulk teng ikkiga bo‗linadi, 
shuningdek, sud er-xotinning shaxsiy buyumlarini qanday bo‗lish masalasini ham 
hal etadi. Siz mol-mulkka egalik qilishning istalgan shaklini tanlashingiz mumkin: 
birgalikda (umumiy), ulushli (hammada o‗z ulushi) yoki alohida (ya‘ni shaxsiy). 
Har biringizda shaxsiy mulkka ega bo‗lish huquqi mavjudligi tufayli siz 
nikohgacha o‗zingizga tegishli bo‗lgan, shuningdek, sovg‗alar yoki merosni ana 
shunday mulk deb atashingiz mumkin. Nikoh shartnomasida siz bir-biringizni, 
bolalarni 
va 
keksa 
ota-onalarni 
boqish 
yuzasidan 
o‗z huquq va 
majburiyatlaringizni, bir-biringizning daromadlaringizda ishtirok etish usullari va 
chegarasini, har biringiz umumiy g‗aznaga qo‗shadigan pul miqdorini belgilab 
olishingiz, shuningdek, mulki munosabatlarga taalluqli istalga boshqa holatlarni 
kiritishingiz mumkin. 
Nima bo‗lmasin, «Nikoh shartnomasini rasmiylashtirish joizmi?» degan 
savolga huquqshunoslar tasdiqlovchi javobni berishadi. 
Birinchidan, 
ajrashgandan 
keyin bor-budidan ayriib qolish xatari kamayadi, 
ikkinchidan, 
siz shaxsiy mol-
mulkni o‗zingizga biriktirasiz, 
uchinchidan, 
nikoh shartnomasi hamma vaqt tashkil 


267 
etuvchi va to‗sqinlik qiluvchi omil 
hisoblanadi.
Masalan, er ajrashish holatida 
muayyan moddiy xarajatlarga duch kelishini bilgan holda oiladan ketish-ketmasligi 
to‗g‗risida yana bir bor o‗ylab ko‗radi. 
2. Nikoh shartnomasini tuzishning asosiy tamoyili: bunday shartnoma imkon 
qadar «rezinali» bo‗lishi, ushbu shartnomaga boshqa qaytmaslik uchun ehtimoliy 
fors-major holatlari vaziyati rivojlanishining imkon qadar ko‗proq sonini 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin