281
doirasida qo‗llinilishi mumkin; tashkilot a‘zolarining umumiy soni 100 kishidan
oshmasligi kerak (10 kishidan iborat 10 ta guruh);
-
tashkilot a‘zolari tomonidan «ijtimoiy» kapitalga, ya‘ni o‗zaro qo‗llab-
quvvatlash va o‗zaro ishonch an‘analari, umumiy
maqsadlar va manfaatlarga
dastlabki egalik qilish; ijtimoiy kapital tashkilot faoliyat ko‗rsatishining
dastlabki
bosqichida
«agentlar» o‗rin almashuviini boshlash uchun zarur.
10.3. Firmaning ichki tuzilmasi
«Prinsipal-agent» muammosi hal etilishi muqobil modellardagi tashkilotning
ichki tuzilishi asosida yotadi. Firma ichki tuzilishining quyidagi to‗rtta varianti
keng tarqalgan:
o
unitar (U-tuzilma),
o
xolding (X-tuzilma),
o
multidivizional (M-tuzilma)
o
aralash (A-tuzilma).
1.
Unitar tuzilma -
hukmronlik munosabatlarining
eng yuqori darajada
markazlashuvini nazarda tutadi. Barcha asosiy qarorlar «prinsipal» tomonidan
qabul qilinadi, uning o‗zi nazoratni ham amalga oshiradi. Agar «agentlar»
faoliyatini nazorat qilish huquqi boshqalarga o‗tkazilsa, u holda funksional belgi
bo‗yicha – funksional bo‗linmalar boshliqlariga: sotish bo‗limi boshlig‗i, bosh
muhandis, bosh buxgalter va h.k.ga beriladi. Shunday qilib, funksional bo‗linmalar
rahbarlari bir vaqtning o‗zida firma rahbariyatiga nisbatan «agentlar», bo‗lib
topshiriqlarning bevosita ijrochilariga nisbatan esa - «prinsipal» hisoblanadi.
Unitar tashkilotda «prinsipal-agent» muammosini
hal etishning yagona
varianti nazorat qilishning yangi, past xarajatlari bilan bog‗liq usullarini ishlab
chiqish asosida nazoratni kuchaytirishdan iborat.
2.
Xolding tuzilmasi
qarorlar qabul qilish va «agentlar»
harakatlari ustidan
nazorat qilish jarayonini imkon qadar markazlashgan tizimdan chiqarishni o‗zida
namoyon etadi. Amalda «prinsipal» faqat moliyaviy oqimlarni va «agentlar»
282
faoliyatining moliyaviy natijalarini nazorat qilish vakolatini o‗zida saqlab qoladi.
«Agentlar» barcha qarorlarni qabul qilishda chetda qoladi, foydani taqsimlash
to‗g‗risidagi qaror bundan mustasno. Boshqacha aytganda, «prinsipal» «agentlar»
faoliyatini bevosita emas, balki «agentlar» musobaqasini
tashkil etish orqali
nazorat qiladi.
Xolding tuzilmasi hatto bir firmaning bo‗linmalari o‗rtasida to‗g‗ridan
to‗g‗ri raqobatni ham istisno etmaydi. Ta‘kidlash lozimki, xolding bo‗linmalari
darajasida «prinsipal» (bir vaqtning o‗zida firma rahbariyati uchun «agent»
hisoblangan bo‗linma boshlig‗i) va «agent» o‗rtasidagi munosabatlarning unitar
xilini ham uchratish mumkin.
Multidivizional tuzilma.
XX asrning eng ahamiyatli tashkiliy-boshqaruv
innovatsiyasi bo‗lib 20-yillarda Per Dyupon («Du Pont» rahbari) va Alfred Sloun
(«General Motors» rahbari) tomonidan multidivizional tuzilmaning tashkil etilishi
hisoblanadi.
Multidivizional tuzilma
– mahsulotning xili,
savdo markasiga qarab yoki
jug‗rofiy belgi bo‗yicha o‗z xarajatini qoplash va o‗zini o‗zi moliyalash tamoyili
asosida faoliyat ko‗rsatuvchi yarim tobiy ishlab chiqarish bo‗linmalarini tashkil
etishni nazarda tutadi.
Multidivizional tuzilma unitar va xolding tuzilmalarining o‗ziga xos sintezi
hisoblanadi. Haqiqatdan ham, unda (masalan, yangi mahsulot ishlab chiqarish
to‗g‗risida)
strategik
qarorlarni qabul qilishning markazlashtirish tamoyili saqlanib
qolgan
va ayni paytda
tezkor
nazorat va boshqaruv markazlashmagan. Shu tariqa
divizionlar («agentlar»)ning o‗z moliyaviy xarajatini qoplash tamoyili ularga o‗z
faoliyatidan olinadigan daromadlarda ishtirok etish imkonini beradi, lekin firma
rahbariyati («prinsipal») bunda firmaning maqsadlari
va vazifalariga muvofiq
bo‗linmalar foydasining bir qismini qayta taqsimlash huquqini saqlab qoladi.
Sanoat klasterlari va transmilliy kompaniyalar multidivizional tuzilma
tamoyillarini amalda qo‗llovchi korxonalarga misol bo‗ladi.
4.
Aralash tuzilma,
agar bo‗linmalardan biri huddi unitar korxonadagi kabi
firma rahbariyati tomonidan to‗liq nazorat qilinsa, ikkinchi bo‗linma xoldingdagi
283
kabi firma rahbariyatiga moliyaviy jihatdan qaram bo‗lsa, uchinchi bo‗linma esa
operatsion mustaqillikka ega bo‗lib, multidivizional tuzilmadagi kabi o‗z xarajatini
qoplash tamoyili asosida faoliyat ko‗rsatgan taqdirda, yuzaga keladi.
Dostları ilə paylaş: