Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə159/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

Tashkiliy madaniyat
– tashkilot a‘zolari o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarni 
tartibga soluvchi va ularning jamoaviy bilimlari va tajribasining ifodasi 
hisoblangan me‘yorlar, qoidalar va an‘analar yig‗indisi. 
Ikkinchidan, tashkilotning kundalik faoliyat ko‗rsatishida 
mutaassiblik 
muhim o‗rin tutadi. Bu o‗rinda mutaassiblik harakatni uni muntazam takrorlash 
orqali esda saqlab qolish sifatida belgilanadi. Mutaassiblik tashkilot a‘zolari ichida 
axborot almashuvini ta‘minlashda markaziy o‗rin tutadi: u ularning xabarni olish, 
talqin etish, ifodalash va uzatish qobiliyatining asosida yotadi. Har bir tashkilot 
o‗zining tashkiliy «dialektiga» ega, hech bir tashkilotda «sof» o‗zbek tilida ham, 
«sof» rus tilida ham gaplashilmaydi.
Bundan tashqari, agar nazorat tadbiri mutaassiblik xususiyatiga ega bo‗lsa, 
nazoratni amalga oshirish ancha Еngillashadi. Universitet hayotidan misol 
keltirgan holda ta‘kidlash mumkinki, talabalar davomatining mutaassiblik 
xususiyati (seminar boshida yoki oxirida) faqat 
shu gal
davomatni tekshirishni 
eslaridan chiqarishiga umid qilish bilan asoslangan dars qoldirishlarning oldini 
oladi. Demak, tashkilot ichida axborot asimmetriyasini pasaytirish va nazoratni 
osonlashtirish orqali «prinsipal-agent» muammosini hal etishga ko‗maklashgan 
holda mutaassiblik ayni paytda uning a‘zolari o‗rtasida yuzaga kelgan o‗zaro 
munosabatlarning takrorlanishiga olib keladi.
Berilgan traЕktoriya bo‗yicha harakat tashkiliy madaniyat va mutaassibliklar 
asosida «prinsipal» bilan «agent» o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarning ma‘lum 
xiliga ega bo‗linishi va mustahkamlanishini nazarda tutadi. Shuning uchun 
tashkiliy rivojlanishning boshlang‗ich nuqtasi hisoblangan vaziyatni bilish lozim – 
u boshda keyingi evolyutsiyaning barcha variantlarini o‗zida mujassamlantiradi. 
Chunki beqaror muhitda unitar firma transaksiya xarajatlarini tejash nuqtai 
nazaridan juda yomon ko‗rsatkichlarga ega, lekin u barqaror sharoitdagi 
moslashuvchan tashkiliy tuzilmaga ega bo‗lgan firmaga nisbatan samarali va 
bardoshli bo‗lishi mumkin. Demak, beqarorlik sharoitida shakllangan va firmaning 


285 
keyingi rivojlanishini belgilab bergan firmaning ichki tuzilishi tashqi muhit 
barqarorlashadigan kelajakdagi yo‗qotishlarni belgilab beradi. Hayratlanarlisi 
shundaki, qisqa muddatli istiqbolda optimal bo‗lmagan tuzilma uzoq muddatli 
istiqbolda foydali bo‗lib chiqishi mumkin. Aynan ushbu holatni dastlabki 
bosqichda yo‗qotishlarga olib kelgan va keyingi bosqichlarda ustunlikni 
ta‘minlagan o‗z evolyutsiyasini yuqori darajadagi integratsiya va tuzilmani 
markazlashtirishdan boshlagan Yaponiya firmalarining urushdan keyingi 
rivojlanishi misolida ko‗rsatish mumkin. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin