291
xodimlari ham ishtirok etadigan vaziyatni yoritish uchun «ikki tomonlama
nazorat» atamasini taklif etdi. Bunda nazorat sohalari aksiyadorlar va xodimlar
o‗rtasida aniq bo‗lingan. Yirik aksiyadorlar, birinchi navbatda banklar, korxona o‗z
aksiyasi uchun daromadning qulay (maksimal emas!) darajasini ta‘minlagunga
qadar joriy nazoratdan bosh tortishadi. Bu bilan ularning o‗zlari joriy nazoratni
firma xodimlarining o‗zlariga ishonib topshiradilar. Bu Еrda gap qisqa muddatli
shartnomalar asosida yollangan xodimlar haqida emas,
balki doimiy xodimlar
haqida ketayapti.
Shunday qilib, yapon firmasi «agentlar» ittifoqi modeliga juda yaqin va unda
«prinsipal-agent» xilidagi klassik munosabatlar mavjud emas. Ushbu fikr quyidagi
faktlar bilan ham tasdiqlanadi. Birinchidan,
J
firmada xodimlarni bo‗linmalar va
bajariladigan funksiyalar bo‗yicha bo‗lishdan faol foydalaniladi: o‗zaro bog‗liq
operatsiyalarni bajarishga ham, rahbarlik funksiyasini amalga oshirishga ham qodir
bo‗lgan universal xodim ideal hisoblanadi. Masalan, yangi mahsulotlarni ishlab
chiqish bilan shug‗ullanuvchi muhandislarni ishlab chiqarish jarayoniga safarbar
etish amaliyoti, va aksincha, «chiziqli» muhandislarning
tajriba-konstruktorlik
byurosidagi har yillik amaliyoti ko‗proq gorizontal muvofiqlashuvga misol bo‗ladi.
Muvofiqlashuvning gorizontal tamoyillari firma ichida axborot oqimlari
aylanishini shunchalik optimallashtirish imkonini beradiki, bo‗linmalar shiddat
bilan ishlab va zarurat tug‗ilishiga qarab yangi mahsulot to‗plamlarini boshqa
bo‗linmalarga buyurtma qilgani holda, sug‗urta va butlovchi
qismlar zahiralarini
barpo etmasdan faoliyat ko‗rsatishda davom etishadi.
Ikkinchidan, o‗rin almashish tamoyili xodimlarning mansab bo‗yicha
o‗sishlarini rejalashtirishning asosida yotadi.
J
firmada daraja pag‗onasi amal
qiladi, ya‘ni xodimlar mehnatiga haq to‗lash va ularning ijtimoiy maqomi ishlab
chiqarish o‗lchami bilan emas, balki firma ichidagi pog‗onaning darajasi bilan
belgilanadi. Yangidan ishga qabul qilingan xodim uchun lavozimda o‗sish past
pag‗onalardan boshlanib, uning butun mehnat faoliyati mobaynida davom etadi.
Shunisi qiziqki, aksiyador banklar ham,
J
firma ham, uning hamkorlari (o‗zaro
bog‗liq korxonalar) ham darajalarning yagona iЕrarxiyasini hosil qiladi.
Shuning
292
uchun xodimning mansabda ko‗tarilishi korxonadan boshlanib bankda yoki
hamkor firmada davom etishi mumkin va aksincha.
Yaponiya korporatsiyasi agentlar ittifoqi tomonidan nazorat qilinadi, bu
firmaning maqsadli funksiyasini o‗zgartiradi: foydani ko‗paytirish uning
maqsadlari iЕrarxiyasida endi daslabki o‗rinni egallamaydi. Firma tomonidan
nazorat qilinadigan bozor ulushining uzluksiz o‗sishini ta‘minlash birinchi o‗rinda
turadi, chunki bunday o‗sish tashkiliy o‗zgartirish, tuzilmani kengaytirish va
rivojlantirish uchun zamin yaratadi.O‗sish uni ta‘minlaganlarni mukofotlaydi, -
tamoyili aynan yapon firmalariga nisbatan to‗g‗ri, ularda tashkiliy o‗zgartirish
darajalarining
sonini oshiradi va, demak, uning xodimlarining mansabdagi
o‗sishini yaxshilaydi. Boshqacha aytganda, aksiyadorlarni ham, xodimlarni ham
nazorat qilish ishlab chiqarish va sotuv hajmini oshirish orqali firmani tashkiliy
yuqori rentani oshirishga yo‗naltiradi: faqat
ana shunday maqsad turli
mulkdorlarning manfaatlarini tenglashtiradi.
J
firmaning uning asosiy hamkorlari – o‗zaro bog‗liq korxonalar va davlat
bilan o‗zaro munosabatlariga to‗xtaladigan bo‗lsak, har bir firma kvazidoimiy
o‗zaro bog‗liq korxonalar – «keyretsu» doirasiga ega. Bunda «Toyota» xilidagi
yirik korporatsiyalarda o‗zaro bog‗liq korxonalar bosh firma atrofida uchta qatorga
guruhlanadi. Birinchisi – eng barqaror firmalar (neoklassik shartnoma asosida
ishlovchi bunday o‗zaro bog‗liq korxonalarning soni «Toyota»da 122 ta),
ikkinchisi – bozordagi vaziyat tubdan o‗zgargan holatda ular bilan munosabatlar
uzilishi mumkin bo‗lgan (5437 ta)
firmalar, uchinchisi - qisqa muddatli
shartnomalar asosida ishlovchi Еtkazib beruvchilardan (41703 ta firma) tarkib
topadi. «Keyretsu»ni tuzishda o‗zaro bog‗liq korxonalarning nufuzi asosida
transaksiya xarajatlarini tejash omiliga xatarni bo‗lish omili qo‗shimcha qilinadi:
bozor kon‘yunkturasining asosiy ta‘sirini ikkinchi va ayniqsa uchinchi qator
tarkibidagi o‗zaro bog‗liq korxonalar o‗zlarida his etishadi.
Davlat bilan munosabatlarga kelsak,
Dostları ilə paylaş: