293
manfaatlar va umuman jamiyat manfaatlari o‗rtasidagi hakam korporatsiyalar
kurashida esa muvozanatni saqlashning kafili sifatida qaraladi.
4. O‗tish xilidagi korxona
. Sharqiy Еvropa mamlakatlarida amalga
oshirilgan bozor islohotlari
B
korxona bilan
A
firma o‗rtasida yarim yo‗lda turgan
yana bir ideal xildagi korxona – o‗tish xilidagi korxonaning paydo bo‗lishiga olib
keldi.
O‗
korxonaning «oraliq» holati, biroq, uni
B
korxona va
A
firma
elementlarining turli kombinatsiyalaridan foydalanib ta‘riflash mumkinligini
anglatmaydi. Hech bo‗lmaganda
O‗
korxonaning maqsadli funksiyasini olaylik: u
ma‘muriy buyruqlarni bajarishdan ham, foydani ko‗paytirishdan ham iborat emas.
O‗
korxona
omon qolishga, mehnat jamoasini saqlab qolishga yo‗naltirilgan
, shu
munosabat bilan ayrim tadqiqotchilar ushbu ideal xilni
tavsiflash uchun hatto
«omon qolishga yo‗naltirilgan korxona» atamasini ham taklif etishdi.
O‗tish xilidagi korxona maqsadlarini tanlashning o‗ziga xos xususiyati uning
mulkining tarkibiga bog‗liq.
J
firmada bo‗lgani kabi bu Еrda ham mulkning
rasmana va real tarkiblari o‗rtasida nomuvofiqlik mavjud va bu ham «insayderlar»
- korxona xodimlari va rahbarlarining foydasiga. Bu Еrda gap qayta
kombinatsiyalangan mulk haqida borayapti, ya‘ni unda quyidagilarga yo‗l
qo‗yiladi:
-
xususiy va davlat mulki o‗rtasidagi chegaralarning yo‗qolishi. Davlat
budjetidan qat‘i nazar rasmiy jihatdan xususiylashtirilgan korxona.
Biroq
davlatning shartnoma majburiyatlari va budjet oldidagi majburiyatlarni bajarmagan
korxonalarning bankrotligini e‘lon qilishga tayyor emasligi, davlatning debitorlik
qarzlarning bir qismini o‗z zimmasiga olishga roziligini anglatadi. O‗zaro hisob-
kitoblarni o‗tkazish amaliyoti haqiqiy moliyaviy bitimlarni imtatsiya qiladi va
korxonani to‗xtatib qo‗yishning iloji yo‗qligi holatini shunchaki niqoblaydi, chunki
bu ishchilarning noroziligini va ishlab chiqarishning pasayishini keltirib chiqaradi.
-
korxona tashkiliy chegaralarining yo‗qolishi. To‗lanmasliklar muammosi
nafaqat pul massasining ishlab chiqariladigan tovarlar
va xizmatlar hajmiga mos
kelmasligini, balki korxonalarning o‗zi bilan o‗zaro bog‗liq korxonalarga
tovar
krediti
berishga tayyorligini aks ettiradi. Shartnoma majburiyatlarini bajarishning
294
past madaniyatini hisobga olgan holda, korxonalar tomonidan o‗zaro
to‗lanmasliklarga ixtiyoriy ravishda yo‗l qo‗yilishining yagona izohi bo‗lib o‗zaro
bog‗liq korxonalar
o‗rtasida
firma
ichidagi
oqimlar
kabi tamoyillarda tovar-pul
oqimini tashkil qilish imkonini beruvchi o‗zaro nazoratning mavjudligi haqidagi
tasavvur hisoblanadi.
-
mulkning formal va real tarkibining mos kelmasligi. Tashqi mulkdorlar,
odatda, fond bozorining optimal bo‗lmagan tarzda faoliyat ko‗rsatishi va
menejerlar tomonidan axborot asimmetriyasidan opportunistik foydalanilishi
tufayli
O‗
korxona menejerlari ustida o‗zlarining nazorat qilish huquqlarini amalga
oshirolmaydilar. Natijada «agentlar» - menejerlar – hatto aksiyalarining asosiy
qismi tashqi sarmoyadorlarga tegishli bo‗lgan korxonalar ustidan ham nazoratni
saqlab qolishadi.
Shunday qilib, omon qolishga yo‗naltirilish «agentlar»ning «prinsipallar»
tomonidan o‗zlarining nazorat huquqining «ovoz berish»
orqali ham, «chiqish»
orqali ham amalga oshirilishi mumkin bo‗lmagan vaziyatni saqlab qolishga
urinishini anglatadi. Demak, «agentlar» opportunizmi
O‗
korxona faoliyat
ko‗rsatishining muhim jihati hisoblanadi. Ta‘kidlash lozimki, menejerlarning
o‗zlari xodimlar (ularning o‗zlariga nisbatan «agentlar») ustidan nazoratni
saqlab
qolishga erishdilar. Ular buni moliyaviy qiyinchiliklarga qaramay korxona
balansida ijtimoiy soha ob‘yektlari (uy-joy-kommunal xo‗jaligi, dam olish bazasi,
bolalar muassasalari, asl holatida ta‘minlash)ni saqlab turishda ifodalanuvchi
paternalizm siyosati hisobidan uddalashdi.
O‗
korxona tomonidan ishlab chiqarish aloqalari tarkibi transaksiya
xarajatlarini kamaytirish mezoni bo‗yicha emas, balki
vaqt orqali tekshirilgan
aloqani saqlab qolishga urinish asosida shakllanadi. 1993-1994 yillarda Rossiya
korxonalarining aksariyati asosiy Еtkazib beruvchilar (83%) va iste‘molchilar
(70%) bilan eski aloqalarini saqlab qolishdi va yangi sheriklarni topish istiqboliga
shubha bilan qarashdi. Ta‘minlash va sotish siyosatidagi konservatizmning
ehtimoliy talqinlaridan biri yangi sheriklar bilan shartnomalar tuzishning g‗oyat
yuqori transaksiya xarajatlari haqidagi tasavvurdan iborat. Birinchi navbatda bu
295
yangi sheriklarning opportunistik xatti-harakatlarining yuqori darajada ehtimol
tutilishi bilan bog‗liq. Eski sheriklarning opportunizmi
ularning yuzaga kelgan
nufuzi va rejali iqtisodiyot muhitida faqat «o‗zinikiga» nisbatan amal qiluvchi
alohida ahloq normalariga ega bo‗lgan direktorlarning mavjudligi tufayli deyarli
istisno etilgan.
Endi korxonalarning to‗rtta benuqson xilining jadval ko‗rinishidagi qiyosiy
tahlil qilish natijalarini keltiramiz (10.5.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: