Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə190/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

12.2.1-jadval 
O„zbekistonda faoliyat yuritayotgan iqtisodiyot subektlarni turli mezonlar 
bo„yicha baholash 
Tashkiliy-huquqiy shakl 
Mezonlar 






Xususiy korxona 




11 
11 
Ishlab chiqarish kooperativi 




10 
10 
Ochiq aksiyadorlik jamiyati 






Yopiq aksiyadorlik jamiyati 






Shu‘ba korxona 






Mas‘uliyat cheklangan jamiyat 






Qo‗shimcha mas‘uliyatli jamiyat 






Tezkor boshqaruv huquqiga ega 
bo‗lgan unitar korxona 
11 
10 
11 
11 


Xo‗jalik yuritish huquqiga ega 
10 
11 
10 
10 




342 
bo‗lgan unitar korxona 
Fermer xo‗jaligi 




10 
11 
Dehqon xo‗jaligi 




11 
10 
12.3. Tashkiliy-huquqiy shakl firmaning strategiyasi haqida axborot 
manbasi sifatida 
Tashkiliy-huquqiy shakl nafaqat firmaning tashkiliy tuzilishi haqidagi, balki 
shartnomani amalga oshirish jarayonidagi ehtimoliy xatti-harakati haqidagi 
axborotni ham o‗zida mujassam etadi. Shu nuqtai nazardan tashkiliy-huquqiy 
shaklni tahlil qilish bitimni amalga oshirish uchun sherikni tanlashda foydali 
hisoblanadi. Boshqa shartlarda (aktivlarning o‗ziga xoslik darajasi, bitimning 
murakkablik darajasi) bitimning yakuni uning tashkiliy-huquqiy shaklini belgilab 
beruvchi shartnoma bo‗yicha hamkor xatti-harakatining o‗ziga xos xususiyatlariga 
bog‗liq. Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‗lsak, hamkorning tashkiliy-huquqiy 
shaklni bilish bitimni amalga oshirishda garovning mavjudligi hamda mulkning 
rasmiy va haqiqiy tarkiblarini muvofiqlashtirish qanchalik mumkinligi haqida 
axborot olish imkonini beradi. So‗nggi jihat muloqotlarni yuritish va shartnomani 
bajarish shartlarini firmaning 
rasmiy
egalari bilan muvofiqlashtirishning 
samarasizligi tufayli muhim, bunda shartnomani bajarish korxonani 
haqiqiy
nazorat qiluvchi insonlarning harakatlariga bog‗liq. 
Garov shakllari.
Shartnoma majburiyatlarining bajarilishini kafolatlash 
uchun bitim tomonlari an‘aviy tarzda garovdan foydalanadi. Pul shaklidagi garovni 
bitimni tuzish vaqtida tomonlardan biri, maboda shartnoma bekor qilingan yoki u 
kerakli tarzda bajarilmagan taqdirda, ikkinchi tomonning yo‗qotishlarini qoplash 
uchun to‗laydi. Mulk huquqi nazariyasining atamalarida undirib olish ko‗rinishida 
javobgarlikni o‗tkazish yuz beradi. Masalan, bank tomonidan kredit 
berilayotganda, u odatda kreditning qaytarilishi va u bo‗yicha foizlar to‗lanishining 
kafolati sifatida garov kiritilishini talab qiladi. Bitim shartlaridan qat‘i nazar pul 


343 
shaklidagi garov miqdorini hisoblab chiqish oson, bunda yagona muammo 
shartnomaning to‗liqsizligida va, demak, garovni begonalashtirishning qonuniyligi 
xususida nizolar kelib chiqishining muqarrarligida. Shuning uchun shartnoma 
tomonlarining ixtisoslashgan garovni birgalikda barpo etishini nazarda tutuvchi sof 
(natura) shakldagi garov (ushbu garov haqida shartnomada kelishilmasa-da) ancha 
samarali. Masalan, imkoniyatli xaridor nafaqat mahsulotni sotish tarmoqlariga ega, 
balki uni ishlab chiqarish va unga sotuvdan keyin xizmat ko‗rsatish xarajatlarining 
bir qismini ham o‗z zimmasiga oladi. 
Firma tomonidan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Fuqarolik kodeksi 
me‘yorlariga muvofiq uning mulkdorlari zimmasida bo‗ladigan javobgarlik ulushi 
shartnoma shartlarida ko‗rsatilmaydigan garovning yana bir shakli hisoblanadi. 
MChJ, YoAJ va OAJ holatlarida bunday javobgarlik 
ustav kapitalining miqdori 
bilan 
chegaralanadi, bunda, ushbu tashkiliy-huquqiy shakllardan har birining 
muassislari soniga nisbatan cheklovlarni hisobga olgan holda ustav kapitaliga 
nisbatan eng kichik talablar MChJda, eng katta talablar OAJda qo‗yiladi. 
Qolgan tashkiliy-huquqiy shakllar uchun mulkdorlarning ancha katta 
hajmdagi javobgarligi ko‗zda tutilgan. Bu Еrda garov sifatida 
muassislarning mol-
mulki
ishtirok etadi, uning miqdori mulkdorlar tomonidan kiritilgan hissalarning 
yoki ularga tegishli aksiyalarning qiymati bilan chegaralanmaydi. To‗liq shirkat 
ishtirokchilari zimmasiga yuklatiladigan majburiyatlar hajmi eng katta, chunki 
garov rolini unga tegishli barcha mol-mulk bajaradi. Qo‗shimcha mas‘uliyatli 
jamiyatda ishtirokchilar o‗zining barcha mol-mulki bilan emas, balki barcha uchun 
baravar bo‗lgan, ular hissalari qiymatining karrasi miqdorida javobgarlikka egalar. 
Ishlab chiqarish kooperativining asosida ham huddi shunday tamoyil yotadi. 
Tezkor boshqarish huquqiga asoslangan unitar korxona shakli mulkdor – davlat 
yoki mahalliy hokimiyat organlari tomonidan uning majburiyatlari yuzasidan o‗z 
mulki bilan subsidiar javobgarlikka ega bo‗lishini nazarda tutadi. Sho‗‗ba xo‗jalik 
jamiyati holatida ham huddi shunday tamoyil, lekin faqat «prinsipal» (boshqa 
xo‗jalik jamiyati yoki shirkat) ko‗rsatmalarini bajarish yo‗lida amalga oshirilgan 
bitimlarga nisbatan qo‗llaniladi. Ta‘kidlash lozimki, bu Еrda muassislarning mol-


344 
mulki shaklidagi garovning miqdori emas, balki mulkdorning firma faoliyati uchun 
o‗z mol-mulki bilan javob berishi tufayli yuzaga keladigan shartnoma 
majburiyatlarini bajarishga undovchi omillar muhim. Bunday omillar to‗liq 
shirkatda eng kuchli va MChJ, YoAJ va OAJda – eng kam (12.3.1-rasm). 
To‗liq 
shirkat 
Kommandit 
shirkat 
Qo‗shimcha 
ma‘suliyatli 
jamiyat 
Ishlab 
chiqarish 
kooperativi 
YoAJ, 
OAJ, 
MChJ 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin