Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


-rasm. Davlatning “muvaffaqiyatsizliklari”



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

13.5.1-rasm. Davlatning “muvaffaqiyatsizliklari”. 
Pareto bo‗yicha optimum bilan bir qatorda quyidagilar ana shunday 
standartlar hisoblanadi: Kaldora qoidasi (agar resurslarni taqsimlash natijasidan 
yutayotgan tomon yutqazayotgan tomonga yo‗qotishlarni qoplashga qodir bo‗lsa, 
resurslarni taqsimlashga o‗zgartirish kiritishga yo‗l qo‗yiladi), Rolz qoidasi (eng 
kam ta‘minlanganlarning ahvolini yaxshilovchi - resurslarning adolatli 
taqsimlanishi) va ko‗plab boshqa standartlar. 
Shuning uchun ikkita ideal holat (bir tomondan, shartnomaning bajarilishi 
qisman kafolatlangan mulkchilik huquqlarini xarajatlarsiz faoliyat ko‗rsatuvchi 
bozor almashuvi asosida taqsimlash va, ikkinchi tomondan, huquqlar bilan 
almashish ustidan nazoratni shartnoma tomonlarining manfaatlari yo‗lida harakat 
qiluvchi davlatga o‗tkazish) o‗rtasida emas, balki ikkita takomillashmagan muqobil 
vaiantlar o‗rtasida tanlashga to‗g‗ri keladi. Bozor va davlat o‗rtasidagi tanlov faqat 
nomukammalliklarning turli darajalari va xillari o‗rtasidagi tanlov hisoblanadi. 
Shunday qilib, mulkchilik huquqlarini almashish va himoya qilishning 
bozor
mexanizmi noldan farq qiluvchi transaksiya xarajatlarini va kuch ishlatish 
eskalatsiyasini nazarda tutadi, 
davlat tomonidan
kuch ishlatishdan foydalanish 
uchun monopol huquqning qo‗lga kiritilishi ham, bu safar davlat apparatining 
ichida, transaksiya xarajatlarining o‗sishiga olib keladi, bu hol huquqlarning 
taqsimlanishida muntazam buzib ko‗rsatishlarni keltirib chiqaradi. 
Shu munosabat bilan O.Uilyamson mulkchilik huquqlarini taqsimlashning u 
yoki bu varianti samaradorligini, uni faraziya bilan emas, balki 
real
amalga 
oshiriladigan muqobil variantlar bilan taqqoslagan holda baholashni taklif etadi. 
Agar taqsimlashning qaysidir varianti uchun uni ta‘riflash va katta miqdordagi sof 
yutuq bilan joriy etish mumkin bo‗lgan muqobil variantni taklif etish mumkin 
bo‗lmasa, uni optimal deb hisoblash lozim. Shu nuqtai nazardan, ilgari samarasiz 


370 
hisoblangan mulkchilik huquqlarini taqsimlash misollari real muqobil variantlarni 
hisobga olgan holda, optimal bo‗lib chiqmoqda.

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin