XIV BOB. DAVLATLAR XILLARI
14.1. Davlat va «prinsipal-agent» muammosi
14.2. «Shartnomaviy» davlat tushunchasi
14.3. «Ekspluatatorlik» davlati tushunchasi
14.4. Davlat xususiyatini baholash usullari va mezonlari
14.5. Korrupsiya muammosi
14.1. Davlat va «prinsipal-agent» muammosi
Davlatni fuqarolar bilan davlat apparati o‗rtasidagi ijtimoiy shartnoma orqali
ta‘riflash «prinsipal-agent» muammosini oldingi o‗ringa suradi. Bu Еrda birinchi
galda kim «prinsipal» va kim «agent» ekanligini aniqlab olish talab etiladi. Javob
umuman aniq emas. Fuqaro ham, davlat ham ikki taraflama rol o‗ynaydi. Bir
tomondan, fuqaro davlatga ayrim funksiyalarning bajarilishini yuklagan holda
uning tarkibini belgilaydi, ya‘ni u «prinsipal», davlat esa «agent» hisoblanadi.
Ikkinchi tomondan, fuqaro «agent» rolida ishtirok etib, shartnomalar
bajarilishining kafili sifatida davlatning qarorlariga bo‗ysunadi. J.Byukenen
1
ushbu
ikki taraflamalilikni «bo‗ysunuvchining paradoksi» deb nomlgan: inson o‗zini bir
vaqtning o‗zida ham davlat boshqaruvining ishtirokchisi – ob‘ekti sifatida, ham
o‗zi tanlamagan xatti-harakat me‘yorlariga amal qilishga majbur etiladigan sub‘ekt
sifatida qabul qiladi. Shunday qilib, «prinsipal-agent» muammosi mazkur holatda
ikki taraflama xususiyatga ega va uni quyidagi chizma yordamida tasvirlash
mumkin:
1
Бьюкенен Дж. Границы свободы. – М.: Таурус Альфа, 1977. – С. 272.
381
14.1.1-rasm. “Prinsipal-agent” munosabati
«Prinsipal-agent» modeli davlatning faoliyat ko‗rsatishi bilan bog‗liq
quyidagi xavf-xatarlarni aniqlash imkonini beradi. Birinchidan, davlat o‗z nazorati
sohasini tomonlar bilan aniq kelishilgan bitimlar doirasidan tashqariga ham
yoymaydimi, degan xavf-xatar haqida 1651 yildayoq mashhur ingliz faylasufi
Tomas Gobbs o‗zining aynan «Leviafan», deb nomlanuvchi kitobida ogohlantirgan
edi. Ikkinchidan, bir tomondan, davlat kuch ishlatishni qo‗llash uchun monopoliya
huquqidan foydalangan holda, fuqarolarning manfaatlarini inkor etmaydimi?
Ikkinchi tomondan, fuqarolar davlat tomonidan ko‗rsatiladigan xizmatlar haqini
to‗lashdan bosh tortishga urinib, huddi jamoat transportidagi oddiy chiptasiz kimsa
kabi, o‗zlarini opportunistlarcha tutishmaydimi? Chunki davlat xizmatlari va
jamoat transporti xizmatlari ijtimoiy farovonlik xususiyatiga ega.
Ikki taraflama «prinsipal-agent» muammosining qay tarzda hal etilishiga
qarab, davlatning turli modellari shakllanadi. Nazariy jihatdan yakka hisob-
kitoblardan hosil bo‗lgan davlat shartnoma vositasi sifatida, murakkab almashuvga
ko‗maklashish va uni amalga oshirish vositasi sifatida paydo bo‗ladigan davlatdan
mutlaq farq qiladi.
O‗z navbatida, davlatning ikkita benuqson modeli mavjud. Biz, D.Nort
bo‗yicha, «shartnomaviy» deb ataydigan birinchi model yuqorida sanab o‗tilgan
muammolarni hal etish chog‗ida paydo bo‗ladi. Ikkinchi – «ekspluatator» modeli
Shartnoma: printsipal-individ, agent-davlat
Individ
Davlat
Kafolat: printsipal- davlat, agent- individ
382
unda davlatning ham, fuqaroning ham opportunistik xatti-harakatiga to‗siq mavjud
bo‗lmagan davlat faoliyatini yoritadi. O‗zaro munosabatlarning ikkala tomoni ham,
bir-birida birinchi navbatda dushmanni ko‗rgan holda, o‗z zimmasiga olgan
majburiyatlarni ado etmaydi. Shu o‗rinda har bir modelni alohida tarzda batafsil
ko‗rib chiqamiz.
Dostları ilə paylaş: |