Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


 Davlat xususiyatini baholash usullari va mezonlari



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə217/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

 
14.4. Davlat xususiyatini baholash usullari va mezonlari 
Davlatning xilini aniqlash (shartnomaviy yoki ekspluatatorlik) davlat 
budjetining tarkibini tahlil qilish imkonini beradi. Firmaning balansi kabi davlat 
budjeti ham institutsional tahlil uchun zarur bo‗lgan Еtarli miqdordagi axborotni 
beradi. Talab etiladigan ma‘lumotlar qabul qilingan va real ijro etilgan davlat 
budjeti daromadlar va xarajatlar qismlarining qator moddalarida mujassamlangan. 
Bundan tashqari, agar budjet taqchilligi mavjud bo‗lsa, uni qoplash usullari 
davlatning muhim tavsifi hisoblanadi. Quyida davlat budjetining taxminiy tarkibini 
keltiramiz: 
DAROMADLAR 
XARAJATLAR 
Soliq daromadlari, 
shu jumladan: 
Iqtisodiyotga budjet kreditlari 
Tashqi iqtisodiy faoliyat 


387 
foyda solig‗i 
darmoad solig‗i 
qo‗shilgan qiymat solig‗i 
maxsus soliqlar 
aksizlar 
eksport-import bojlari 
resurs to‗lovlari 
letsenziyalar 
Soliqdan tashqari daromadlar, 
shu jumladan: 
tashqi iqtisodiy faoliyatdan 
daromadlar 
davlat mulkida bo‗lgan 
aktivlar 
davlat zahiralarini amalga 
oshirish 
Budjet kreditlarini qaytarish 
Maqsadli budjet fondlari 
Ijtimoiy-madaniy tadbirlar 
Fan 
Mudofaa 
Huquqni muhofaza qilish 
faoliyati 
Adliya 
Davlat boshqaruvi 
Davlat zahiralarini to‗ldirish 
Favqulodda holatlar bo‗yicha 
xarajatlar 
Xizmat ko‗rsatish hamda tashqi 
va ichki qarzni to‗lash 
Mahalliy budjetlarni moliyalash 
 
Jami 
Jami 
Taqchillik 
Davlatni u yoki bu xilga kiritishning birinchi mezoni – bu daromadlar turli 
moddalarining nisbati. Soliqdan tashqari tushumlarning ulushi qanchalik yuqori 
bo‗lsa, davlatning iqtisodiyotga aralashuvi shunchalik faol bo‗ladi – bunday 
holatda uning roli shartnomalar bajarilishining oddiy kafili doirasidan tashqariga 
chiqadi. Budjet soliqdan tashqari daromadlari ulushining dinamikasi barqaror 
tendensiyaning mavjudligi haqida gapirish imkonini bermaydi. Buning ustiga turli 
xildagi soliq tushumlari nisbatining tahlili ularning musodara xususiyati haqida 
(renta to‗lovlari va maxsus soliqlar ustinlik qilishida), yoki soliq tizimining ishlab 
chiqarish faoliyatini rag‗batlantirish maqsadlariga bo‗ysunishi («bozor» soliqlari: 
foyda solig‗i, QQS, aksizlar, daromad solig‗i, mol-mulk solig‗i ustunlik qilgan 


388 
holatda) haqida fikr yuritishga imkon beradi. Ta‘kidlash lozimki, budjetda «bozor» 
soliqlarining ulushi barqaror qisqarish tendensiyasiga ega. Shuningdek
soliqlarning yig‗ilishi, ya‘ni amaldagi soliq tushumlari va soliq solish bazasining 
real miqdorlaridan kelib chiqib hisoblab yozilgan soliqlar o‗rtasidagi nisbat 
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar ham muhim axborotni o‗zida mujassamlantiradi. 
Soliqlarning yig‗ilishi qanchalik yuqori bo‗lsa, davlat shartnomaviy modelga 
shunchalik yaqin bo‗ladi. 
Ikkinchi mezon – davlat xarajatlarining tarkibi va birinchi navbatda real 
moliyalangan hamda davlat budjeti to‗g‗risidagi qonunda qayd etilgan xarajatlar 
nisbati. Ekspluatatorlik davlatida uning majbur qilish salohiyatini saqlab qolish va 
kuchaytirish bilan bog‗liq xarajatlar («kuch ishlatuvchi» vazirliklarni saqlab turish 
xarajatlari) hamda bevosita davlat apparatini saqlab turish uchun yo‗naltirilgan 
xarajatlarni moliyalashning ustuvorligi o‗rin tutadi. Mudofaa, huquqni muhofaza 
qilish faoliyati va davlat apparati xarajatlarni katta tayyorgarlik bilan amalga 
oshiradi. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin