409
15.1.1-jadval
Hokimlik munosabatlarining xususiyatlari
Tashkilot
xillari
Hokimlik munosabatlarining
murakkablik darajasi
Hokimlik
munosabatlarining
individuallashganlik
darajasi
Firma
Sodda yoki murakkab
Pozitsion
Davlat
Murakkab
Pozitsion
Uy xo‗jaligi
Sodda
Individuallashgan
Uy xo‗jaligining asosida yotuvchi hokimlik munosabatlari haqidagi tezis
aniqliklar kiritilishini talab qiladi. Bir tomondan, uy xo‗jaligining faoliyat
ko‗rsatishi quyidagilarni nazarda tutadi:
-
bolalar harakatlarini nazorat qilish huquqining
ota-onalarga topshirilishi,
buning o‗rniga bola uchun u haqida qayg‗urish va uni manfaatlarining
ta‘minlanishi kafolatlanda;
-
oilaviy budjetning shakllanishi va sarflanishi ustidan nazorat qilish,
huquqining uy xo‗jaligining odatda ―oila boshlig‗i‖ deb nomlanuvchi bir a‘zosiga
topshirilishi, u barcha oila a‘zolarining manfaatlarini ko‗zlab harakat qiladi va
ularga o‗zlari alohida erisha olishi mumkin bo‗lgandan
ortiq darajadagi
farovonlikni ta‘minlaydi.
Umuman uy xo‗jaligining maqsadi – o‗z a‘zolariga kutilmagan holatlar
yuzaga kelishidan qat‘i nazar kafolatlangan farovonlik darajasini ta‘minlashdan
iborat. Uy xo‗jaligining himoya funksiyasi o‗zaro yordam va oila a‘zolarini
moddiy jihatdan qo‗llab-quvvatlashning rasmiy va norasmiy me‘yorlariga
asoslanadi.
Ikkinchi tomondan, uy xo‗jaligi shunday tarzda tashkil etilishi mumkinki,
ya‘ni u o‗z xususiyatiga ko‗ra a‘zolarining
mulkiy va boshqa huquq va
majburiyatlari aniq belgilangan yollash to‗g‗risidagi shartnomaga yaqin keladi.
410
Bunday holda birgalikda xo‗jalik yuritish to‗g‗risida qaror qilish farovonlikning
ma‘lum darajasiga rozi bo‗lishni emas, balki uni ko‗paytirishga intilishni aks
ettiradi. Unda umr yo‗ldoshini tanlash va bolalarning tug‗ilishi to‗g‗risida qaror
qabul qilish sotuv haqida shartnoma tuzish yordamida iste‘mol tanlovining alohida
holati bo‗lib qoladi. Lekin, so‗nggi holatda biz uy xo‗jaligidan yiroqlashamiz,
chunki birgalikda mulkka egalik qilish rejimidan
va birgalikdagi budjetni
shakllantirishdan voz kechish ehtimoli paydo bo‗lishi mumkin. Shuning uchun
bundan buyon uy xo‗jaligini hokimlik munosabatlarining, binobarin, tashkilotning
alohida varianti sifatida ko‗rib chiqamiz.
Uy xo‗jaligi – bu inson kapitalini ishlab chiqarishning umumiy vazifalari,
yashash, budjet va oila-qarindoshchilik aloqalari bilan birlashgan kishilar
guruhidir. Uy xo‗jaligining asosida hokimlik munosabatlari yotadi –
birgalikdagi
iqtisodiy faoliyat ustidan nazorat qilish huquqi uning bir a‘zosiga – ―oila
boshlig‗i‖ga o‗tadi.
Dostları ilə paylaş: