412
15.3. Uy xo„jaligining xillari
Uy xo‗jaligi faoliyat ko‗rsatishidagi mutaassibliklar rolini tahlil qilish uning
tarkibining u harakat qilayotgan institutsional muhitning o‗ziga xos xususiyatlari
bilan shartlanganligini tushunishga yordam beradi. Haqiqatdan ham, uy xo‗jaligi
insonni tashqi muhitning noaniqligidan, unga yuklatiladigan o‗yin normalari va
qoidalaridan, kundalik muammolarga ortiqcha e‘tibor qaratishdan saqlaydi.
Binobarin, institutsional muhit xususiyatlari (noaniqlik darajasi, rasmiy va
norasmiy me‘yorlarning o‗zaro nisbati, sodir bo‗layotgan o‗zgarishlar tezligi) uy
xo‗jaligining tarkibiga ta‘sir ko‗rsatadi. Boshqacha aytganda, firma yoki
davlatning universal modeli bo‗lmagani kabi, uy xo‗jaligining ham universal
modeli mavjud emas. Shu munosabat bilan uy xo‗jaligining uchta xilini yoritishga
harakat qilamiz: bozor instituti hukmronligi sharoitida faoliyat ko‗rsatuvchi,
buyruqbozlik iqtisodiyoti instituti hukmronligi sharoitida faoliyat ko‗rsatuvchi va
buyruqbozlik iqtisodiyotidan bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitida faoliyat
ko‗rsatuvchi (15.3.1-rasm).
15.3.1-rasm. Uy xo„jaliklarining xillari.
Buyruqbozlik iqtisodiyotida uy xo‗jaligi.
Buyruqbozlik iqtisodiyotida inson
kapitalini tiklash bir qator muammolarga duch keladi. Tashqi muhitning barqaror
xususiyatga egaligiga qaramasdan, uy xo‗jaligining kundalik hayoti iste‘mol
Uy xoʼjaliklarining xillari
Buyruqbozlik
iqtisodiyotidagi uy
xoʼjaligi
Bozor
iqtisodiyotidagi uy
xoʼjaligi
Oʼtish
iqtisodiyotidagi uy
xoʼjaligi.
413
tovarlari va xizmatlarning tanqisligi bilan murakkablashadi. Boshqa holatda
mahsulotlar yoki kiyim-kechak xarid qilishning mutaassiblik tadbiri ko‗p vaqt,
kuch va ruhiy xayajonlarni talab qiluvchi jarayonga aylanadi. Bundan tashqari,
totalitar davlat xususiy sohani himoya qilishning faqatgina kafolatlarini o‗zida
namoyon qiladi. Umuman buyruqbozlik iqtisodiyoti doirasida davlat tomonidan
himoyalangan shaxsiy hayot sohasining mavjud bo‗lishi haqida gapirib bo‗lmaydi.
Bu bilan oila va uy xo‗jaligini kuchaytirishga bo‗lgan talab kuchayadi: faqat ushbu
tashkilotlar insonning shaxsiy muhitini himoya qilishga qodir.
Uy xo‗jaligining tarkibi va uning xo‗jalik aloqalari ko‗p jihatdan aynan
o‗zaro xizmatlar ko‗rsatish (―sen-menga, men-senga‖) tamoyili bo‗yicha faoliyat
ko‗rsatgan ―g‗arazli aloqalar‖ni barpo etish jarayoni bilan shartlanadi. Taqchillik
iqtisodiyotida uy xo‗jaligi eng noyob resurslarni birlashtirish natijasida paydo
bo‗ldi. Bunday resurslar tanqis tovarlar va xizmatlarning o‗zlari emas, balki ularga
―ruxsat berish xizmatlari‖ edi.
Ruxsat berish xizmati uchun hech qanaqa shaxsiy mablag‗lar kerak emas
edi. ―Shaxsiy cho‗ntakdan emas, balki davlat yoki jamiyat cho‗ntagidan yordam,
xizmat ko‗rsatish sohasiga esa – ―o‗zga‖ mijozlar hisobidan ko‗rsatildi. Tanqis
tovar va resurslardan foydalanishda ustunlik partiya-davlat apparati, savdo,
transport xodimlari, tez-tez xorijga safar uyushtiruvchilarga (artistlar, sportchilar,
diplomatlar), shuningdek, alohida mintaqa va shaharlarning oddiy fuqarolariga
(ro‗yxatga ko‗ra) berilardi.
Taqchillik iqtisodiyotida uy xo‗jaligining shakllanishini iqtisodiy jihatdan
asoslash uning negizida tanqis tovar va resurslardan foydalanishni kengaytirishdan
iborat bo‗lgan. Partiya-davlat iЕrarxiyasidagi o‗rniga qarab noyob resurslardan
foydalanishning tabaqalanishi uy xo‗jaligi va davlatning o‗zaro munosabatlarining
alohida xilini shartlab beradi. Uy xo‗jaligi budjet cheklovlari korxonaning budjet
cheklovlariga qaraganda ancha qat‘iy bo‗lishiga qaramasdan, uy xo‗jaligi
tomonidan davlatdan olinadigan pul (ijtimoiy transfertlar) va pul bo‗lmagan
(nufuz, taqchil tovarlardan foydalanishda ustunlik) shakldagi ―renta daromadlari‖ni
hisobga olish lozim. Uy xo‗jaligi davlatga qaramligining yuqori darajasi
414
buyruqbozlik iqtisodiyotining
etakratik
tizim sifatida tavsiflash imkonini beradi:
―U yoki bu ijtimoiy guruh davlat hokimiyati boshqaruviga va davlat resurslarini
taqsimlash tarmoqlariga qanchalik yaqin bo‗lsa, uning iqtisodiy va ijtimoiy mavqei
shunchalik yuqori bo‗ladi‖
1
. Shuning uchun uy xo‗jaligini birinchi galda davlat
siyosatining unga partiya-davlat pag‗onasidagi mavqei asosida rentani olish
imkonini beruvchi yo‗nalishlari qiziqtiradi, bular: pensiya, uy-joy kommunal
siyosati, ijtimoiy ta‘minot siyosati, ta‘lim sohasidagi siyosat.
Bozor iqtisodiyotida uy xo‗jaligi.
Bozor instituti uy xo‗jaligini kamyob
tovarlar va xizmatlarni qidirish hamda ular uchun navbatda turish bilan bog‗liq
vaqtning yo‗qotilishidan xalos etadi – xarid qilish jarayoni mutaassiblikka
aylanadi. Masalan, shanba kuni kechqurun va dam olish kuni ertalabdan savdo
do‗nonlarida xaridorlar ko‗p bo‗ladi, shu kunlari odamlar an‘anaviy tarzda keyingi
xaftaga Еtadigan miqdorda xarid qilishadi. Xaridning mutaassiblikka aylanishi
natijasida bo‗shab qoladigan qisqa vaqtli imkoniyatlar nima uchun sarflanadi?
Birinchidan,
xarid
xatti-harakatining
o‗zini
optimallashtirishga.
Agar
buyruqbozilik iqtisodiyotida nimani xarid qilish mumkin bo‗lsa, o‗sha narsani
sotib olish muhim hisoblansa, bozor iqtisodiyotida sifat va narxning eng yaxshi
o‗zaro nisbati asosida iste‘mol qilishda eng ko‗p foydani ta‘minlovchi narsani
xarid qilish muhim sanaladi. Iste‘molni optimallashtirish ishlab chiqaruvchilarning
reklama yordamida talabni tartibga solishga intilishi bilan murakkablashadi.
Reklama xarid jarayonini mutaassiblikka butunlay aylanishiga to‗sqinlik qilgan
holda, doimiy ravishda yangi talablarni shakllantiradi.
Ikkinchidan, uy xo‗jaligining u uchun asosiy daromad manbai bo‗lgan
mehnat bozorida ishtirok etishi doimiy nazoratni talab etadi. Uy xo‗jaligi mehnat
bozoridagi bandlikning muqobil varinatlari, uy xo‗jaligini yuritish va bo‗sh vaqt
o‗rtasida tanlagan holda, mehnat bozorida o‗z inson kapitalini eng foydali tarzda
sotishga intiladi. Bir tomondan, uy xo‗jaligining a‘zosi egalik qiladigan inson
kapitalining o‗ziga xoslik darajasi qancha yuqori bo‗lsa, uy xo‗jaligini yurtish bilan
emas, balki o‗z mehnat resurlarini bozorda sotish bilan shug‗ullanish, shunchalik
1
Радаев В. Экономическая социология. –М.: Аспект Пресс, 1997. –С. 309.
415
foydali. Ikkinchi tomondan, inson kapitalining o‗ziga xoslik darajasi qanchalik past
bo‗lsa, uning egasi uchun uy xo‗jaligini yuritish bilan chegaralanish shunchalik
asoslidir. O‗z navbatida, bandlikni optimallashtirish ham uy xo‗jaligi doirasida
amalga oshadi.
Uy xo‗jaligining asosiy daromad manbalarini bozor bilan belgilanadigan
sohaga yo‗naltirish uning davlatdan kam qaram bo‗lishini ta‘minlaydi. Davlatning
faoliyati uy xo‗jaligini faqatgina davlat mehnat bozorida bitimlar kafolati sifatida
ishtirok etish darajasida va u (soliq kodeksi orqali) uy xo‗jaligi daromadining bir
qismiga da‘vogar bo‗lishi me‘yorida qiziqtiradi.
O‗tish iqtisodiyotida uy xo‗jaligi.
Uy xo‗jaligi faoliyat ko‗rsatadigan
istitutsional muhitning noaniqligi va beqarorligi mutaassibliklarning mavjud
bo‗lishini shubha ostiga qo‗yadi. Bunday sharoitda mutaassibliklar doimiy
ravishda qayta ko‗rib chiqilishini talab qiladi, ya‘ni ular inson ongining ongsiz
sohasidan ongli va doimiy e‘tiborni talab etuvchi sohasiga o‗tadi. Islohotlar
qanchalik faol amalga oshirilsa, ularning mutaassibliklarga nisbatan Еmiruvchi
ta‘siri shunchalik kuchli bo‗ladi. Bundan o‗tish iqtisodiyotida uy xo‗jaligining
maqsadi kelib chiqadi: uy xo‗jaligining himoya funksiyasini saqlab qolishga
intilish borgan sayin ortib boruvchi sa‘y-harakatlarni va imkon qadar ko‗p e‘tiborni
talab etadi.
Asosiy faoliyatdan olinadigan daromadlar va renta daromadlari (pensiyalar,
ijtimoiy to‗lovlar, xodimning obro‗si) bilan yuzaga keladigan noaniqliklar uy
xo‗jaligini o‗z faoliyatini maksimal tarzda diversifikatsiya qilishga majbur etadi,
axir har qanday daromad manbai ham barqaror manba sifatida qaralishi mumkin
emas. A‘zolarining inson kapitalini takror ishlab chiqarishga aniq ixtisoslashuviga
tayanadigan bozor xilidagi uy xo‗jaligidan farqli o‗laroq, o‗tish iqtisodiyotidagi uy
xo‗jaligi ishchi kuchini mehnat bozorida sotish bilan ham, ijtimoiy transfertlarni
iste‘mol qilish bilan ham, shuningdek, tomorqa Еri yordamida o‗zini o‗zi
ta‘minlash va ko‗plab boshqa faoliyat turlari bilan ham shug‗ullanadi.
|