Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə237/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

15.5.1-jadval 
Yalpi qishloq xo„jalik mahsulotida xo„jalik sub‟yektlari toifalari 
ulushining o„zgarishi
1

№ Xo‗jalik sub‘yektlari 
toifalari 
YILLAR 
2019 
yilda 
1998 
yilga 
nisbatan 
o‗zgarish (+,-) 
1998 
2005 
2010 
2019 
1. Qishloq 
xo‗jaligi 
faoliyatini 
amalga 
oshiruvchi 
35,8 
15,3 
2,2 
3,0 
-32,8 
1
Ўзбекистон иқтисодиѐти.Ахборот ва таҳлилий шарҳ.2005йил.-Т.:‖Ўзбекистон‖, 2006.-85-бет; 
Экономика Узбекистана: информационно-аналитический бюллетень за 2012год.-Т.,ЦЭИ, 2013.-
С.56. Ўзбекистон Республикаси ижтимоий-иқтисодий ҳолати. 2019 йил январь-декабрь.-Т., ДСҚ, 
2020.-127-бет маълумотлари асосида муаллифлар томонидан тузилди. 


435 
tashkilotlar
2. Dehqon xo‗jaliklari
60,3 
60,2 
63,7 
70,1 
+9,9 
3. Fermer xo‗jaliklari
3,9 
24,5 
34,1 
26,9 
+23,0 
Jami
100,0 
100,0 
100,0 
100,0 
O‗zbekiston Respublikasida 2019 yilda donning 15,3%i, kartoshkaning 
qariyb 83,8%i, sabzavot mahsulotlarining 70,7%i, poliz ekinlarining 59,8%, 
meva va rezavorlarning 60,0%i, uzumning 56,3%i dehqon (shaxsiy yordamchi) 
xo‗jaliklarida, ya‘ni uy xo‗jaliklarida ishlab chiqarilgan. Qishloq xo‗jaligida yirik 
shoxli qora mollar sonining 93,6% dan ko‗prog‗i, qo‗y va echkilarning 84,1%, 
parrandalarning 58,0% dan ortig‗i uy xo‗jaligiga to‗g‗ri keladi. Dehqon (shaxsiy 
yordamchi) xo‗jaliklarida go‗sht (tirik vaznda)ning 91,8%, sutning 95,1%, 
tuxumning 57,1% ishlab chiqarilgan
1
. Bu ma‘lumotlar qishloq xo‗jaligi ishlab 
chiqarishida oilaviy tadbirkorlikning salmoqli ulushga ega ekanligidan dalolat 
beradi. 
Hunarmandchilik ham oilaviy tadbirkorlikning muhim shakllaridan biri 
hisoblanadi. O‗zbekistonda hunarmandchilik hamma davrlarda saqlanib, 
rivojlanib kelgan. Sobiq totaltar tuzum davrida ham turli taziyiqlarga qaramasdan 
badiiy va amaliy hunarmandchilik saqlanib qolgan. Respublikamiz mustaqillikka 
erishganidan keyin hunarmandchilikning rivojlanishiga qulay sharoitlar yaratilib, 
yo‗qolib ketayotgan hunarmandchilik turlari ham qayta tiklanmoqda. Hozirgi 
davrda oilaviy sulolalar tomonidan uzoq yillar davomida shug‗ullanib 
kelinayotgan 
oilaviy 
hunarmandchilik 
kasbkorliklaridan 
hisoblangan 
kashtachilik,tikuvchilik, 
to‗quvchilik, durodgarlik, zardo‗zlik, misgarlik, 
kulolchilik, naqqoshlik, zargarlik, novvoylik, kosibchilik, o‗ymakorlik, milliy 
pichoqchilik va shu kabi boshqa hunarmandchilik yo‗nalishlarida oilaviy 
tadbirkorlik 
jadal 
rivojlanmoqda
2

Shuningdek, 
respublikamizda 
1
Ўзбекистон Республикаси ижтимоий-иқтисодий ҳолати. 2019 йил январь-декабрь.-Т., ДСҚ, 2020.-
131-141, 144-148-бетлар.
2
Абдуллаева Р.Г.Оилавий бизнес-аҳоли бандлигини таъминлаш ва турмуш фаровонлигини 
юксалтиришнинг муҳим омили//Миллий иқтисодиѐтни модернизациялашнинг назарий ва амалий 


436 
hunarmandchilikning zamonaviy turlari, jumladan, avtomobil, elektrotexnika 
mahsulotlarini, televizor va radiotexnika hamda mobil telefonlar, kompyuter 
texnikalarini ta‘mirlash kabi kasbkorliklar vujudga kelib, rivojlanmoqda.
Respublikamizda uzoq yillar mobaynida oilaviy biznes va tadbirkorlik bilan 
aholi asosan norasmiy ,ya‘ni rasman oilaviy korxonalar tashkil etmasdan 
shug‗ullanib kelgan. Endilikda O‗zbekiston Respublikasining ―Oilaviy tadbirkorlik 
to‗g‗risida‖gi qonuni qabul qilingandan keyin oilaviy korxona tashkil etish orqali 
oilaviy tadbirkorlik bilan rasman shug‗ullanish imkoniyatlari tug‗ildi.
O‗zbekiston Respublikasida ham koronavirus infeksiyasi tarqalishiga 
qarshi kurashish davrida aholini ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirish va 
iqtisodiyot tarmoqlari faoliyat ko‗rsatishining barqarorligini ta‘minlash maqsadida 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi ―Koronavirus 
pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub‘yektlarini 
qo‗llab-quvvatlashga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi PF-5978-sonli 
Farmoni hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta‘minlash maqsadida O‗zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasining 
―Dehqon xo‗jaliklari va aholi 
tomorqalaridan samarali foydalanish, ekin ekish ishlarini tizimli tashkil qilish 
hamda mahsulot Еtishtirish hajmlarini ko‗paytirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖gi 
qarori uy xo‗jaliklarida dehqon (yordamchi) xo‗jaliklarda qishloq xo‗jaligi 
mahsulotlarini ishlab chiqarishni ko‗paytirish borasidagi ishlarni to‗g‗ri tashkil 
etishda muhim hujjat bo‗lib xizmat qiladi. 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 apreldagi 
―Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub‘yektlarini qo‗llab-
quvvatlashga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi farmoniga muvofiq 
2020 yilda xodimga to‗lanadigan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad 
solig‗iga tortilmaydigan moddiy yordam summasi mehnatga haq to‗lash eng kam 
жиҳатлари(илмий мақолалар тўплами).‖Иқтисод ва молия‖ журналига илова, 4-сон.2014йил.-43-
бет.; Абдуллаев Р.Г. Ҳунармандчилик фаолиятини тадбиркорликни кенгайтириш орқали ривожлан 
тиришнинг назарий асосларини такомиллаштириш. Иқтисодиѐт фанлари бўйича фалсафа доктори 
(PhD) диссертацияси автореферати.-Т., 2019.-13-14-бетлар. 


437 
miqdorining 
4,22 
baravaridan 
7,5-baravarigacha 
oshiriladi. 
O‗zbekiston 
Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‗allikni qisqartirish vazirligi, Moliya 
vazirligining pensiyalar to‗g‗ri tayinlanishi hamda to‗lanishi bo‗yicha tekshirishlar 
natijasida aniqlangan, ortiqcha to‗langan pensiyalar bo‗yicha 2020 yil 20 aprel 
holatiga pensionerlarning qarzdorlik summasini hisobdan chiqarish belgilandi. 
Farmonda 2020 yil 1 maydan boshlab barcha ishlovchi pensionerlarga 
(O‗zbekiston Respublikasi Davlat budjeti hisobidan pensiya oluvchi shaxslardan 
tashqari) pensiyalar to‗lovi to‗g‗ridan-to‗g‗ri Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan 
tashqari Pensiya jamg‗armasi tomonidan amalga oshirish belgilandi. Shuningdek, 
O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 3 apreldagi ―Koronavirus 
pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub‘yektlarini 
qo‗llab-quvvatlashga doir qo‗shimcha chora-tadbirlar to‗g‗risida‖gi PF–5978-son 
Farmonining 6-bandida nazarda tutilgan soddalashtirilgan tartibda soliqlarni 
to‗lash bo‗yicha foizsiz kechiktirish (bo‗lib-bo‗lib to‗lash) berish muddati 2020 yil 
31 dekabrgacha uzaytirildi
1

Endilikda, oilaning ijtimoiy-iqtisodiy asoslarini yanada mustahkamlash, 
oilaviy biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, uning mamlakatimizda barqaror 
iqtisodiy rivojlanishni va tarkibiy o‗zgarishlarni ta‘minlashdagi rolini oshirish 
hamda uni yanada qo‗llab-quvvatlashni kuchaytirish uchun quyidagilarni amalga 
oshirish maqsadga muvofiq bo‗ladi: 
- iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va isloh etishni izchil davom ettirish 
negizida barqaror iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash asosida aholi daromadlari va 
turmush darajasi hamda sifatini oshirib borish; 
- oila institutini mustahkamlash maqsadida yoshlarni oila qurishga 
tayyorlash uchun o‗rta umumta‘lim maktablarining yuqori sinflarida hamda o‗rta 
maxsus va oliy ta‘lim muassasalaridaoilaga yigit va qizlarni bosqichma-bosqich 
tayyorlashga yo‗naltirilgan maxsus o‗quv va fakultativ kurslarni joriy etish; 
1
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2020 йил 27 апрелдаги ―Коронавирус пандемияси 
даврида аҳоли ва тадбиркорлик субъектларини қўллаб-қувватлашга доир қўшимча чора-тадбирлар 
тўғрисида‖ги фармони //Халқ сўзи, 2020 йил 28 апрель.


438 
- oila iqtisodiyoti, uy xo‗jaligi, oila moliyasi va ro‗zg‗or yuritish asoslariga 
bag‗ishlangan mavzularni o‗rta umumta‘lim maktablarida o‗qitiladigan iqtisodiy 
bilim asoslari fanlari o‗quv rejalariga kiritish ushbu fanlar bo‗yicha darsliklarni 
ular hisobiga takomilashtirish; iqtisodiyot yo‗nlashidagi oliy va o‗rta maxsus 
ta‘lim muassasalarida ―Mikroiqtisodiyot‖ fani doirasida ―Oila yoki Xonadon 
iqtisodiyoti‖, ―Oilaviy tadbirkorlik‖, ―Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni 
boshqarish‖ kabi maxsus o‗quv kurslarini o‗qitishni yo‗lga qo‗yish; shahar va 
tumanlarda nikohdan o‗tish uchun ariza bergan yigit va qizlar uchun ―Oila – 
ro‗zg‗or yuritish asoslari‖ bo‗yicha maxsus qisqa muddatli o‗quvlarni tashkil etish; 
- nikoh to‗y marosimlarini ixchamlashtirish va oqilonalashtirish hisobiga 
yosh oilaning dastlabki mol-mulkini va sarmoyasini yigit va qizning ota-
onalarining o‗zaro kelishuvi asosida baholi-qudrat ishtirok etishlari; 
- yoshlar faoliyat qiladigan tashkilot va korxonalardagi mehnat 
munosabatlarida ijtimoiy sherikchilik tizimlari rivojlanib borgan sayin ularning 
yosh oilalarni moddiy jihatdan qo‗llab-quvvatlashdagi ishtiroklarini kengaytirib 
borish; 
- respublikamizda onalikni va bolalikni muhofaza qilish va ―sog‗lom ona - 
bola‖ dasturlarini amalga oshirish borasida to‗plangan tajribalardan kelib chiqqan 
holda ―sog‗lom va ma‘suliyatli ota-mustahkam oila va sog‗lom bola kafolati‖ 
tizimini ishlab chiqish hamda amaliyotga qo‗llash bugungi kunda dolzarb ahamiyat 
kasb etmoqda; 
- oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish joylarda, ayniqsa, qishloqlarda 
transport yo‗llarini,elektr energiya va gaz ta‘minotini yaxshilashni,ishlab chiqarish 
va ijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirishni ta‘minlashga qaratilgan ustuvor 
vazifani amalga oshirishga bog‗liqdir; 

oilaviy 
tadbirkorlikning 
iqtisodiyotdagi 
tarkibiy 
yangilanish 
jarayonlaridagi rolini oshirish uchun ularni xizmatlar va servis sohasiga jalb 
etilishini rag‗batlantirish mexanizmini takomillashtirish lozim. Bu soha katta 
kapital talab qilmaydi, shu sababli unga oilaviy biznes subektlarini jalb qilish 
maqsadga muvofiqdir; 


439 
- import o‗rnini bosuvchi va eksport mahsulotlarini ishlab chiqaradigan 
oilaviy korxonalarni rag‗batlantirish, ularga yangi imtiyoz va preferensiyalar berish 
bo‗yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish,ularning eksport va xalqaro 
yarmarkalarda ishtirok etishini ta‘minlash; 
- qishloq xo‗jaligi xom ashyosini qayta ishlashga ixtisoslashgan oilaviy 
korxonalarni jadal rivojlantirishni rag‗batlantirish uchun qo‗shimcha imtiyozlar 
berish, bu borada mahalliy xom ashyo va materiallar asosida yirik sanoat 
korxonalari bilan oilaviy korxonalar o‗rtasidagi ishlab chiqarish va xizmatlar 
kooperatsiyasini hamda mahalliylashtirish tizimini yanada rivojlantirishga 
qaratilgan ishlarni izchil davom ettirish lozim bo‗ladi. Buning uchun kasanachilik 
faoliyatini 
tartibga 
soluvchi 
O‗zbekiston Respublikasining‖Kasanachilik 
to‗g‗risida‖gi qonunini ishlab chiqish maqsadga muvofiq bo‗ladi; 
- an‘anaviy va zamonaviy hunarmandchilik sohalarida oilaviy tadbirkorlikni 
yanada rivojlantirish uchun O‗zbekiston Respublikasining ―Hunarmandlik
faoliyati to‗g‗risida‖gi qonunini ishlab chiqish kerak; 
- ilm talab qiluvchi sohalarda intellektual salohiyati yuqori bo‗lgan kishilar 
tomonidan oilaviy korxonalarning tashkil etilishini qo‗llab-quvvatlash, bunday 
korxonalar bilan oliy o‗quv yurtlari va ilmiy-tadqiqot muassasalari o‗rtasida o‗zaro 
manfaatli hamkorlik aloqalarini yo‗lga qo‗yish; 
- oilaviy tadbirkorlikni moliyalashtirish, kreditlash va sug‗urtalash tizimini 
takomillashtirish,ularning malakasini oshirish kurslarini tashkil etish,oliy va o‗rta 
maxsus o‗quv yurtlaridategishli sohalar bo‗yicha ‖Biznesni boshqarish‖ 
ixtisosligida kadrlar tayyorlashni davom ettirish choralarini ko‗rish; 
- oilaviy tadbirkorlikning rivojlanishini qo‗llab-quvvatlashda davlat 
boshqaruvi organlari,tijorat banklari,sug‗urta tashkilotlari, mahalliy o‗zini o‗zi 
boshqarish organlari, Savdo-sanoat palatasi, Fermerlar Kengashi, ―Oila‖ respublika 
ilmiy-amaliy 
markazi 
va 
boshqa 
manfaatdor 
nodavlatva 
jamoat 
tashkilotlari,siyosiy partiyalar hamda turli darajadagi xalq deputatlari kengashlari 


440 
ishtirokida joylarda muvofiqlashtiruvchi ishchi guruhlari tashkil etish maqsadga 
muvofiqdir
1


Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin