43
2.2.1-rasm. Institutsional tizimda normalarning tarkibiy qismlari.
―Institut‖ning yuqorida keltirilgan ta‘rifidan kelib chiqib,
institutlar inson
tomonidan ongli ravishda yaratilgan turli hujjatlar (konstitutsiyalar, qonunlar va
Institutlar tarkibida normalarning tarkibiy
qismlari
Norasmiy
normalar
Majburlash
mehanizmlari
Rasmiy
norma(qoida)lar
Konstitutsiya,
qonunlar
Prezident farmonlari
va qarorlari,
farmyishlari
Hukumat qarorlari
Sud qarorlari,
ma‘muriy
hujjatlar
Huquq-targ‘ibot
organlari
An‘analar
Sud organlari
Urf-odatlar
Ijtimoiy
shartlilik
Davlat va nodavlat
nazorat tashkilotlari
Korxona va tashkilot
rahbarlarining buyruq,
farmoyishlari, o‘rnatilgan
tartib va qoidalar
Jazolash va
sanksiyalar tizimi
44
h.k.) ko‗rinishidagi rasmiy, ―yozilgan‖ qoidalarda ifodalanishi mumkin. Shu bilan
birga ular umumiy qabul qilingan shartlilik, xatti-harakat kodekslarida, ya‘ni
norasmiy, ―yozilmagan‖ normalarda namoyon bo‗ladigan,
jamiyatning barcha
sohalariga kirib borib, an‘analar, urf-odatlar ko‗rinishida yoki boshqa shaklda amal
qilinadigan inson ongining mahsulini o‗zida namoyon etishi mumkin.
Agar rasmiy qoidalar tizimi insonlar (davlat)ning qonun ijodkorligi
faoliyatini o‗zida aks ettirsa, u holda norasmiy normalar tizimi qay tarzda
shakllanadi, degan savol tug‗iladi.
T.Veblenning konsepsiyasiga ko‗ra, institutlarning o‗zgarishi tabiiy tanlab
olish qonuniga muvofiq ravishda kechadi. Insonning jamiyatdagi hayoti, huddi
boshqa turdagi hayot kabi – bu yashash uchun kurashish va, o‗z navbatida, tanlab
olish va moslashish. Uning fikriga ko‗ra, ijtimoiy tuzum
evolyutsiyasi ijtimoiy
institutlarni tabiiy tanlab olish jarayoni bo‗ldi. Institutlar – inson jamiyati va inson
tabiatining rivojlanishda davom etishi va shu nuqtai nazarda erishilgan taraqqiyotni
umumiy ko‗rinishda eng ko‗p moslashgan tafakkur tarzini tabiiy ravishda tanlash
va individlarni jamiyat rivojlanishi bilan izchil o‗zgarib turadigan yangi
sharoitlarga majburiy moslashtirish jarayoni, deyish mumkin. Shunday qilib,
T.Veblenning
talqinida
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish
(―ijtimoiy tuzum
evolyutsiyasi‖) turli xildagi institutlarni ―tabiiy tanlash‖ jarayonini amalga oshirish
sifatida namoyon bo‗ladi
1
.
T.Veblenning nuqtai nazari F.XaЕk
2
ning qarashlariga yaqin. XaЕkning
fikriga ko‗ra, jamiyatda qaror topgan ahloq qoidalari
va normalarini tanlashni
biologik tanlovga qiyoslash mumkin. Uning hisoblashicha, rasmiy qoidalar bilan
bir qatorda (an‘analar va urf-odatlar ko‗rinishida) norasmiy normalarning mavjud
bo‗lishi shu bilan shartlanganki, ―tanlab olish jarayonida, shakllangan urf-odatlar
va ahloqda haqiqiy holatlar soni hisobga olinishi mumkin – individlar qabul qilishi
mumkin bo‗lgan narsalardan ko‗proq; buning oqibatida, an‘ana ma‘lum jihatlarda
1
Қаранг:
Веблен Т. Теория праздного класса. М.: Прогресс. 1987.
2
Хайек Ф.А. Пагубная самонадеянность. Ошибка социализма. –М.: Новости, 1992. –С.133.
45
inson ongidan ustun turadi‖. Jamiyat qanchalik ko‗p xilma-xillikka yo‗l qo‗ysa,
ijtimoiy maqsadga muvofiq institutlarni tanlab olish shunchalik samarali kechadi.
Yuqorida keltirilgan fikrlardan
shu narsa kelib chiqadiki, agar rasmiy
qoidalar sun‘iy tarzda o‗ylab topilishi va majburan joriy etilishi mumkin bo‗lsa,
F.XaЕkning ta‘kidlashicha, norasmiy normalar ―qandaydir o‗tmishdagi voqealar
bilan belgilanadi, lekin qandaydir tuzilma yoki model (institutsional matritsa)ning
ongsiz tarzda o‗zini o‗zi tashkil etishi jarayonining tarkibiy qismi sifatida
shakllanadi‖
1
. Boshqacha aytganda, norasmiy institutlar – bu shartlilik, o‗zini o‗zi
qo‗llab-quvvatlovchi, uchinchi tomon (davlat)ning aralashuvisiz, o‗z o‗zidan
bajariladigan
qoidalardir.
Ta‘kidlash lozimki, ―evolyutsiya‖ atamasidan
foydalanilsa-da, tabiiy tanlash nazariyasi izchil institutsional o‗zgarishlarga
nisbatan hamma vaqt ham qo‗llanilmaydi. Chunki eng ―yaxshi‖ institut hamma
vaqt ham yashovchan bo‗lmaydi.
Ikkinchi tomondan, institutlarning bir holatdan
ikkinchi holatga doimiy ravishda o‗tishi hamma vaqt ham tashqi omillar ta‘siri
ostida kechmaydi. Ba‘zi bir institutlar normativ tarzda mustahkamlanib norasmiy
turdan rasmiy institutlarga aylanadi, boshqalari esa, rasmiy institutlar sifatidagi
avvalgi ahamiyatini yo‗qotib va huquqiy tizimdan chiqarilgan holda norasmiy
ko‗rinishga ega bo‗lishi mumkin.
Amaliyot shuni ko‗rsatmoqdaki, ko‗p holatlarda
norasmiy normalar
jamiyatda ―tartibni‖ ta‘minlashda rasmiy qoidalarga qaraganda g‗oyat katta rol
o‗ynaydi. Bunga qator omillar xizmat qiladi:
1. Har qanday jamiyatda faoliyatning alohida sohalari rasmiy qoidalar
mavjud bo‗lmaganda faqat norasmiy normalar bilan tartibga solinadigan vaziyatni
kuzatish mumkin. Xo‗jalik yuritishning jamoa shakli paydo bo‗lishi davrida
urug‗doshlik va ular a‘zolari o‗rtasidagi munosabatlar yoki mafiya (kriminal)
guruhlar o‗rtasidagi munosabatlar, O‗zbekistonda mahallada yashovchi aholi
orasida keng tarqalgan odatlar va qoidalar bunga misol bo‗lib xizmat qiladi.
Qoidalarga zarurat hamma vaqt, bittadan ko‗p sub‘ekt mavjud bo‗lib, ular
o‗rtasida qandaydir munosabatlar
yuzaga kelgan taqdirda, tug‗iladi. Bunda
1
Хайек Ф.А. Пагубная самонадеянность. Ошибка социализма. –М.: Новости, 1992. –С. 20.
46
sub‘yektlarning turli guruhlaridagi qoidalar bir xil bo‗lishi ham, bir-biridan yaqqol
farq qilishi ham mumkin. Alohida oila yoki alohida jamoa doirasidagi
munosabatlar ana shunday qoidalarga eng oddiy misol bo‗lib xizmat qiladi. Oila
doirasidagi munosabatlar norasmiyligicha qoladi, jamoaning qarindoshlar
bo‗lmagan a‘zolari o‗rtasidagi munosabatlar esa, aksariyat hollarda shartnoma yoki
boshqa hujjat ko‗rinishida (fuqarolik kodeksida davlat doirasida) rasmiy tarzda
mustahkamlandi.
2. Norasmiy normalar jamiyatda rasmiy qoidalarga qaraganda ancha oldin
paydo bo‗lib, ko‗p jihatdan rasmiy, qonunchilik bilan mustahkamlangan normalar
uchun asos bo‗lib xizmat qildi. Norasmiy normalarning
rasmiy qoidalar sifatida
mustahkamlanishiga istalgan mamlakatning tarixida ko‗plab misollarni uchratish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: