16.1.Innovatsiyalarning mohiyati va turlari.
Innovatsion iqtisodiy rivojlanish, ya‘ni innovatsion iqtisodiyot nazariyasini XX
asr boshlarida Yozef Shumpeter yaratdi. Uning ―Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi‖
deb nomlangan monografiyasi 1911 yilda nashr etilgan va 1926 va 1934 yillarda
qayta nashr etilgan. Iqtisodiy rivojlanish nazariyasi ko‗plab taniqli olimlar
tomonidan muntazam takomillashtirib borilgan. U birinchi bo‗lib iqtisodiy o‗sish
va iqtisodiy rivojlanish o‗rtasidagi farqni aniqladi va innovatsiyaga ta‘rif berdi, uni
tavsifladi:
Yangi tovarni yoki uning yangi sifatini yaratish. Iste‘molchilarga hali tanish
bo‗lmagan yangi tovarni yoki tovarning yangi sifatini yaratish.Sanoatning
ma‘lum tarmog‗ida haligacha sinalmagan ishlab chiqarishning yangi usulini
yaratish. Bu usul yangi ilmiy kashfiyotga asoslangan bo‗lishi shart emas va
tovar ayirboshlashning yangi tijorat shakllariga ega bo‗lishi mumkin.
Yangi bozorlarni ochish. Mamlakatdagi ma‘lum sanoat tarmog‗i haligacha
o‗z tovarlarini sotmagan yangi bozorlarni ochishi.Bu bozorlarning ilgari
mavjud bo‗lgan yoki bo‗lmaganligidan qat‘iy nazar ma‘lum tarmoq yoki
korxona uchun yangi bozor hisoblanadi.
Yangi ishlab chiqarish omillari manbalarini ochish. Bu manbalar ilgari
mavjud bo‗lgan yoki yangidan q yaratishga to‗g‗ri kelganligidan qat‘iy
nazar tarmoq yoki korxona uchun yangi hisoblanadi.
Tarmoqlarni yangicha tashkil etish. Bu yangi tarmoq monopoliya
tomonidan vujudga keltirilgan yoki monopol pozitsiyasining barham topishi
tufayli vujudga kelganligi ahamiyatli emas.
453
Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining hozirgi bosqichida innovatsiya insoniyat
taraqqiyoti va iqtisodiy o‗sishning asosiy omiliga aylanmoqda. Innovatsiya
jarayonining doimiy rivojlanib borishi insoniyat va ijtimoiy hayot o‗zgarishiga
jiddiy ta‘sir ko‗rsatmoqda. Innovatsiyalarga turlicha ta‘riflar mavjud. Jumladan,
Y.Shumpeter: ―Innovatsiya – bu mavjud jarayonga yangicha qarash, yondashuv
bo‗lib, zamonaviy kashfiyot va ishlanmani yoki insoniyat faoliyati bilan bog‗liq
bo‗lgan yangi ishlab chiqarishni ma‘lum bo‗lgan qandaydir jarayonga
qo‗llashdir‖
1
, -deya ta‘kidlagan.
Innovatsiya
-
jamiyat rivojlanishi bilan o‗zgarib boruvchi inson ehtiyojlarini
qondirishga oid yangiliklar, ularni yaratish, tarqatish va foydalanish jarayonining
majmuasi.
Innovatsiya
- yangi kiritilgan tartib – qoida, usul, rasm–rusum va
yangilik, yangi ko‗rinishdagi buyumlarni, texnologiyani ishlab chiqarishga joriy
etish va ommalashtirishga qaratilgan ijodiy faoliyat natijasi.
Innovatsiya
(inglizcha
― innovationas‖- kiritilgan yangilik, ixtiro so‗zidan olingan) - fan-texnika yutuqlari
va ilg‗or tajribaga asoslangan texnika, texnologiya, boshqarish va mehnatni tashkil
etish kabi sohalardagi yangiliklar, shuningdek, ularning turli sohalar va faoliyat
doiralarida qo‗llanilishidir.
Innovatsiya
deb yangi ko‗rinishda mahsulot (tovar, ish,
xizmat) yaratilishini yoki takomillashtirilishini, ishlab chiqarish jarayonining yangi
ko‗rinishi joriy qilinishini yoki ushbu jarayonning takomillashtirilishini, biznesni
yuritishda yangi marketing yoki tashkiliy usullarning joriy qilinishini, ish o‗rinlari
tashkil etishni yoki tashqi aloqalar o‗rnatilishini o‗zida mujassamlashtirgan
innovatsiyaviy faoliyatning yakuniy natijasi tushuniladi.
Keng ma‘noda
innovatsiya
deyilganda yangi texnologiyalar, mahsulot va xizmatlar turlari
sifatidagi yangiliklar, ishlab chiqarish, moliya, tijorat, ma‘muriy yoki boshqa
xususiyatlarga ega tashkiliy-texnikaviy va ijtimoiy-iqtisodiy qarorlardan samarali
foydalanish
tushuniladi.
Yangilik
g‗oyasining tug‗ilishi, yaratilishi va
ommalashishidan boshlab foydalanishgacha bo‗lgan vaqtni innovatsiyaning
hayotiy sikli deb atashadi. Ana shular bilan bog‗liq ishlarni olib borish tartibi
1
Шумпетер Й.Теория экономического развития. М.: ЭКСМО, 2007.-С.278.
454
hisobga olingan holda innovatsiyaning hayotiy sikliga innovatsiya jarayoni sifatida
qaraladi. Xalqaro standartlarga ko‗ra
innovatsiya
bozorda joriy etilgan yangi yoki
takomillashtirilgan mahsulot, amaliy faoliyatda qo‗llaniladigan yangi yoki
takomillashtirilgan texnologik jarayon yohud ijtimoiy xizmatlarga yangicha
yondashuv ko‗rinishidagi innovatsiya faoliyatining pirovard natijasi sifatida
baholanadi
1
.
Dostları ilə paylaş: |