459
16.2.Innovatsion iqtisodiyot va rivojlanish konsepsiyalari
XX asrning ikkinchi yarmida rivojlangan mamlakatlar innovatsion sohalar
ustuvor bo‗lgan post industrial jamiyatni yaratdilar. Bu iqtisodiyot innovatsion
iqtisodiyot deb ataldi, chunki innovatsiyalar iqtisodiyotning barcha sohalarida va
jabhalarida yaratildi va ishlatildi. Natijada innovatsiyalarni ommaviy ishlab
chiqarish va innovatsion iqtisodiyotni shakllantirishning asosiy kaliti – yuqori
malakali va ijodiy inson kapitali to‗plandi. Mashhur Amerikalik futurologist
A.Tofflerning ta‘kidlashicha, innovatsion iqtisodiyot birinchi bo‗lib AQShda
tashkil Еtilgan va olim uning boshlanishini 1956 yillardan deya qayd etadi
1
.
Innovatsion jarayonning o‗zi bir necha bosqichlardan iborat:
1. Fundamental va amaliy ilmiy tajribalar, muhandislik loyihalarining natijasi
hisoblanuvchi yangilik, yangi g‗oya, yangi bilimlar;
2. G‗oyani amaliyotga tatbiq Еtish, tijoratlashtirish;
3. Innovatsiyalarning tarqalishi (diffuziyasi) – yangiliklarni yangi joy va
sharoitda tarqatish va ishlatish.
Makroiqtisodiy darajada innovatsion iqtisodiyot mamlakatning iqtisodiyoti
sifatida e‘tirof etilgan bo‗lib, unda ko‗pchilik innovatsion faoliyat (innovatsion
mahsulot ishlab chiqarish va ulardan foydalanish) bilan shug‗ullanadi va
innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishning yarmidan ko‗pini tashkil etadi.
Rivojlangan mamlakatlarda sanoat korxonalarining qariyb 60-80 foizi va xizmat
ko‗rsatuvchi tashkilotlarning yarmidan ko‗pi innovatsion faoliyat bilan
shug‗ullanadi
2
.
Zamonaviy iqtisodchilar innovatsion iqtisodiyotga quyidagi ta‘riflarni beradi
3
:
Innovatsion iqtisodiyot – jamiyat uchun foydali bo‗lgan har qanday
innovatsiyalar (patentlar, litsenziyalar, nou-xau, import qilinganyoki mahalliy
yangi texnologiyalar va boshqalar)ni ko‗llay oladigan iqtisodiyot;
1
Тоффлер Э. Третья волна. –М.: «АСТ», 2004.
2
Корчагин Ю. А. Человеческий капитал и инновационная экономика России.
Воронеж: ЦИРЭ, 2012.
С.70
3
Ўша манба.
461
inkubatorlar, texnoparklar, texnologik shaharlari, innovatsion markazlar,
klasterlar, hududlar, venchur biznes va boshqalar);
5.
Yangiliklarni amalga oshiruvchi innovatsion sanoat;
6.
Inson kapitali, ishchi kuchi va innovatorlarning hayot faoliyati uchun qulay
bo‗lgan muhit.
Innovatsion iqtisodiyotning eng muhim elementi bo‗lmish inson kapitali
doimo iqtisodiy rivojlanish uchun muhim ahamiyatga Еga sanaladi. Bu o‗ridna esa,
inson kapitali mamlakat aholisining barcha bilimlari, iqtidor va qobiliyatlari,
tajribasi, aqli hamda donoligining yig‗indisi sanaladi. Iqtisodiy faoliyat turlarining
bilim sig‗imkorligi tobora oshayotgan bir paytda yuqori malakali kadrlarga bo‗lgan
talab ortib bormoqda. Shu sababli ham, ilm-fan, ta‘lim, ITTKI, innovatsion
ishlanmalarga
kiritilayotan
investitsiyalar
iqtisodiy
o‗sishning kalitiga
aylanmoqda
1
.
Innovatsion iqtisodiyotning tarkibiy qismlarini 4 guruhga ajratish mumkin:
Dostları ilə paylaş: