Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə275/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

Institutsional tuzoq
– o‗zini o‗zi qo‗llab-quvvatlovchi xususiyatga ega 
bo‗lgan samarasiz barqaror norma (samarasiz institut). 
Ishtirokchi
– bu mol-mulkka nisbatan mulkchilik huquqidan jamiyatga 
nisbatan talab huquqi evaziga voz kechuvchi iqtisodiy agent. 
Iqtisodiyotdagi ma‟muriy to„siqlar
– bu davlat organlarining qarorlari 
bilan belgilangan, ularga amal qilish bozorda faoliyat yuritishning majburiy sharti 


514 
hisoblangan, byurokratik tartibotlarni o‗tash uchun odatda budjetga tushmaydigan 
to‗lovlarni joriy etuvchi qoidalar. 
Iqtisodiy imperializm
– neoklassik yondashuv asosida jamiyat to‗g‗risidagi 
fanlarning butun tarqoq oilasini unifikatsiyalash. 
Kelishuvlar nisbatining
quyidagi variantlari mavjud:
 
Murosa
– unda turli kelishuvlar talablari o‗rtasidagi ziddiyatga barham 
beruvchi sintetik normalar namoyon bo‗ladigan kelishuvlar nisbati 
Urinish
– unda bir o‗zaro hamkorlikning o‗zi bir-birini istisno etuvchi 
normalar asosida amalga oshirilishi mumkin bo‗lgan kelishuvlar nisbati. 
Ekspansiya
– unda o‗zaro hamkorlikni tashkil qilish ilgari boshqa 
kelishuvlar hukmronlik qilgan sohalardagi kelishuvlardan birining normalari 
asosida amalga oshadigan kelishuvlar nisbati. 
Kooperatsiya
– insonlar guruhi hamkorligining xili bo‗lib, uning natijasida 
qandaydir resursdan birgalikda foydalanish yakka tartibda foydalanishdagiga 
qaraganda yaxshiroq natijalarga erishishga yordam beradi. 
Korrupsiyani 
institutsionallashtirish
qarorlar korrumpirlangan 
siyosatchilar tomonidan xususiy kompaniyalar manfaatlari yo‗lida emas, balki 
korrumpirlangan byurokratik tuzilmalar manfaatlari yo‗lida qabul qilinadigan 
ma‘muriy va siyosiy korrupsiyani sintez qilish. 
Kouz teoremasi:
agar mulk huquqi aniq tafsirlangan bo‗lsa, ya‘ni xo‗jalik 
yurituvchi sub‘yektlar huquqlarining chegaralari aniq belgilangan bo‗lsa va ijro 
etilsa, u holda tomonlar o‗rtasidagi ushbu mulkdan foydalanishdan Еtkazilgan 
zararlar bo‗yicha ixtilofli masalani uchinchi tomon (davlat)ni jalb qilmagan holda 
hal etish mumkin bo‗ladi, chunki mazkur holatda transaksiya xarajatlari kam 
bo‗ladi. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   271   272   273   274   275   276   277   278   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin