85
sharoitlarini ta‘minlashga intilish sho‗rolar (sovetlar) jamiyati namunasida XX
asrning 70-80-yillardagi o‗ziga xos shaklga ega tendensiyalar bilan tavsiflanadi.
Bunda iste‘molning ma‘lum darajasiga erishish uchun noyob (taqchil) resurslardan
foydalanish imkoniyati samarali mehnat bo‗yicha emas, balki ma‘lum kasb
toifasidagi xodimlar (savdo sohasi, byurokratik apparat, temir yo‗l va havo yo‗li
transporti xodimlari, chet elga chiqish imkoniyatidagilar) o‗rtasida bo‗lingan edi.
Ya‘ni, utilitarizm normasi buyruqbozlik iqtisodiyotida faqat oddiy shaklda –
individning samarali faoliyat bilan bog‗liq bo‗lmagan holda foydalilikni oshirishga
intilishi sifatida mavjud bo‗lgan. Ikkinchidan, taqchillik sharoitidagi iste‘molda
foydalilikni oshirishga intilish navbatda turish zarurligi, asabbuzarliklar,
ovoragarchiliklar, janjallar (nizolar) tufayli kelib chiqqan yuqori ruhiy kechinmalar
bilan cheklandi. Buyruqbozlik tizimining bu tavsifi «sabr chegarasi» tushunchasi
bilan ham izohlanadi. Sabr chegarasi deganda
nizolar va keskinliklar
jamlanishining undan keyin iqtisodiy agentlar shikoyat qila boshlaydigan va
norozilik namoyish etadigan darajasi tushuniladi. Shunday qilib, buyruqbozlik
iqtisodiyotining birinchi normasi
oddiy
va
cheklangan utilitarizmdan
iborat.
Buyruqbozlik iqtisodiyoti normalari tizimining ikkinchi unsuri to‗liqsiz
ratsional faoliyat bilan izohlanadi. Bunda, birinchi navbatda axborotning
cheklanganligi va to‗liqsizligi bilan shartlangan to‗liqsiz ratsionallik tushuniladi.
Iqtisodiy agentlar erkin shakllanmagan narx va taqchil
resurslar sharoitida
narxlardagi mavjud axborotni narxga taalluqli bo‗lmagan – zahiralar hajmi,
navbatlarning uzunligi va hokazolar haqidagi ma‘lumotlar bilan to‗ldiradilar. Sof
ko‗rsatkichlarda axborot olish esa, hamma vaqt uni yig‗ish bilan bog‗liq yuqori
darajadagi xarajatlarni keltirib chiqaradi. Natijada tizimda «nizo», ya‘ni
sotuvchilar va xaridorlar pozitsiyalarini muvofiqlashtirishda kechikishlar paydo
bo‗ladi. Nizo prognozlardagi xatolar, manfaatdor shaxsda boshqa sub‘yektlarning
holati va maqsadlari to‗g‗risida
axborotning mavjud emasligi, manfaatdor
shaxsning
qaror
qabul
qilishdagi
beqarorligi,
o‗zgaruvchan sharoitga
moslashishdagi o‗ng‗aysizligi shakliga ega bo‗ladi. Bundan tashqari, to‗liqsiz
ratsional faoliyat, iqtisodiy agent uchun faqat
tashqaridan belgilangan
86
maqsadlarga erishish vositalarini tanlash erkinligi bilan shartlangan. Mafkura bilan
belgilangan partiya-xo‗jalik apparatining mafkuraviy maqsadlari reja topshiriqlari
shaklini qabul qiluvchi muayyan ma‘muriy va xo‗jalik vazifalariga aylanadi.
Boshqacha aytganda, buyruqbozlik iqtisodiyotida iqtisodiy sub‘yektlarning
faoliyati – mafkuraviy qadriyat ratsionalligi normasiga asoslanadi.
Ishonch normasi ikkita shaklda davlatga ishonch sifatida va bir birini yaxshi
bilgan shaxslar doirasi bilan cheklangan mikrodarajadagi ishonch sifatida mavjud
bo‗ladi. Har qanday ahamiyatli bitimning davlat organiga: partiya, reja, ta‘minot
organiga murojaat etish bilan bog‗liqligi sababli davlatga ishonmasdan turib, yo‗l
tutishning iloji yo‗q. Bunday vaziyatda bevosita kontragentga ishonish mutaqo
ortiqcha – davlat uchinchi tomon sifatida bitim
shartlarining bajarilishini
kafolatlaydi. Biroq mikrodarajadagi
ishonch
baribir
maksimal individuallashgan
shaklda mavjud bo‗ladi.
Bu norma ham uy xo‗jaligida, ham korxonada amal qiladi. Uy xo‗jaligining
ijtimoiy va iqtisodiy hayotida og‗irlik markazining oila-qarindoshchilik tarkibiga,
do‗stlar va tanish-bilishlarga ko‗chiriladi. Masalan, o‗zaro hamkorlik umuman
vrach,
sartarosh bilan emas, balki
tanish
vrach yoki sartarosh bilan amalga
oshiriladi. Korxonalar xatti-harakatini ham huddi shunday ta‘riflash mumkin.
Ulardan har biri barqaror sherikchilik doirasiga ega bo‗lib, bunda ushbu korxonalar
rahbarlari o‗rtasida shaxsiy darajada ishonchli munosabatlar yo‗lga qo‗yiladi.
Ya‘ni, direktorlar o‗rtasida o‗zaro yordam va o‗zaro ishonch tamoyillari asosiga
qurilgan korporativ munosabatlar shakllanadi.
Buyruqbozlik iqtisodiyotining navbatdagi bazaviy normasi
«sen – menga,
men - senga»
, yoki o‗zaro xizmatlar ko‗rsatish to‗g‗risidagi kelishuvdir.
Taqchil
resursni olishning keng tarqalgan variantlaridan biriga ko‗ra, iste‘molchi va
Еtkazib beruvchi vaqti vaqti bilan vazifalarini almashtirib turadi, ya‘ni ―bugun men
po‗lat berib turaman, sen esa ertaga boltdan yordam qilib turasan‖. Aynan har
qanday barter bitimining asosida «Sen – menga, men - senga» normasidan
foydalanish yotishiga ishonch hosil qilish mumkin. Hatto, barter almashuvi zanjir
87
bo‗yicha amalga oshirilishi mumkin bo‗lsa-da, ushbu normaga lokal va tanish-
bilishlar doirasi bilan cheklangan xususiyatni yo‗qotish imkonini bermaydi.
Va nihoyat,
qonunga bo‗ysunish
normasi. Har qanday o‗zaro munosabatning
davlat nazorati ostida bo‗lishiga qaramay buyruqbozlik
iqtisodiyoti doirasida
qonunlar partiya manfaatlariga bo‗ysungan. Buning uchun rasmiy asos bo‗lmasa-
da, partiya qarorlari
de fakto
qonun kuchiga ega bo‗lgan. Hatto e‘lon qilingan
de
yure
umumxalq mulkchilik shakli ham
de fakto
mulkchilik shakli bilan, xususan,
byurokratik organlar – «idoralar» (vazirliklar va idoralar) mulki bo‗lgan.
Byurokratiyaning bunday o‗zboshimchaligi oddiy fuqarolarning qonunga nisbatan
munosabatiga aks ta‘sir o‗tkazgan. Boshqacha aytganda, buyruqbozlik
iqtisodiyotida iqtisodiy sub‘yektlarning xatti-harakati
qonunga tilda buysunish
normasi
sifatida
tavsiflanadi.
Demak,
buyruqbozlik
iqtisodiyoti
konstitutsiyasining
asosiy
normalari
tizimning
muvozanatsiz
holatini
barqarorlashtirga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: