105
5) opportunistik xatti-harakatdan himoyalash xarajatlari, bunda bitim
shartlarini buzuvchi yoki bir tomonlama foyda olishga yo‗naltirilgan noinsoflik
xatti-harakat tushuniladi.
Transaksiya xarajatlarini tasniflashga nisbatan turlicha yondashuvlar
mavjud. Tasniflashni bitimni tuzish bosqichlariga muvofiq amalga oshirgan
ma‘qul. O.Uilyamson transaksiya xarajatlarini bitim tuzilguncha va bitim
tuzilganidan so‗ng yuzaga keladigan xarajatlar, deya ta‘riflaydi. Agar sherikni
qidirib topish, manfaatlarni muvofiqlashtirish, bitimning bajarilishini nazorat qilish
bitim tuzishning bosqichlari sifatida ajratilsa, u holda transaksiya xarajatlarini
tasniflash quyidagi 5.1.1-jadval ko‗rinishga ega bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: