121
ajratildi. Yangi soliq siyosati doirasida ish haqiga soliq yuki 1,5 barobar
kamaytirildi. Natijada rasmiy sektorda ishlayotganlar soni yil davomida 500
mingtaga ko‗paydi.Qo‗shilgan qiymat solig‗i stavkasi 20 foizdan 15 foizga
tushirildi. Buning hisobidan o‗tgan yili soliq to‗lovchilar ixtiyorida 2 trillion so‗m
qoldi. Joriy yilda bu raqam 11 trillion so‗mni tashkil etishi kutilmoqda. Bir yilda
tadbirkorlar ixtiyorida shuncha mablag‗ qolishi, albatta, ularga o‗z bizneslarini
rivojlantirish uchun juda katta qo‗shimcha imkoniyatlar yaratadi. Islohotlarimiz
natijasida o‗tgan yili 93 mingta yoki 2018 yilga nisbatan qariyb 2 barobar ko‗p
yangi tadbirkorlik sub‘yektlari tashkil etildi. Jahon bankining ―Biznes yuritish‖
reytingida 7 pog‗ona ko‗tarilib, biznesni ro‗yxatga olish ko‗rsatkichi bo‗yicha
dunyoning 190 ta davlati orasida 8-o‗rinni egalladik va eng yaxshi islohotchi
davlatlar qatoridan joy oldik‖
1
,-deb ta‘kidlagan.
Prezident Sh.M.MirziyoЕv tomonidan
biznes muhitini yanada yaxshilash
vazifasi belgilanda. Buning uchun quyidagilar amalga oshiriladi:
-Jahon bankining ―Biznes yuritish‖ reytingida eng yaxshi 50 ta mamlakat
qatoriga kirish bo‗yicha qabul qilingan chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- yangi Soliq kodeksiga muvofiq, 2020 yildan boshlab soliq turlari 13 tadan 9
taga kamaytirildi. Soliqlarni to‗lash muddatini uzaytirish yoki bo‗lib-bo‗lib
to‗lashga ruxsat berish bo‗yicha Еngillashtirilgan mexanizmlar kiritildi;
-birinchi marta tadbirkorlarga ichki bozorda sotgan mahsuloti bo‗yicha
qo‗shilgan qiymat solig‗ining bir qismini qaytarish tartibi joriy etildi. Hozirgacha
bu tartib faqat mahsulot eksport qilinganda qo‗llanar edi. Buning hisobidan
tadbirkorlar ixtiyorida 3,4 trillion so‗m yoki o‗tgan yilga nisbatan 2,5 barobar ko‗p
mablag‗ qoladi;
-endi tadbirkor tomonidan to‗langan ortiqcha soliq o‗z muddatida
qaytarilmasa, unga Markaziy bankning asosiy stavkasi bo‗yicha budjetdan foiz
to‗lanadi;
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга мурожаатномаси.
2020 йил 24 январь.//Халқ сўзи, 2020йил 25 январь.