130
o‗tdingiz (buyumlarni tashish uchun mashina yolladingiz, – ko‗chish
uchun sarf-
xarajat qildingiz, barcha Еtishmaydigan narsalar (kastryullar, choynaklar, unitaz
uchun qopqoq va x.k.)ni xarid qilish maqsadida do‗konlarga
borish uchun dam
olish kuni oldingiz. Kvartiraga alohida ajratilgan internet liniyasini o‗tkazdingiz,
internet xizmati haqini 2 oy oldinga to‗lab qo‗ydingiz, bolani yangi yashash
joyidagi bog‗chaga joylashtirdingiz va h.k.). Lekin ikki hafta o‗tgach kvartira
egasi kelib sizga kechagina qo‗shnisi Erkin tog‗adan bilib olgan
yangilikni, ya‘ni
sizni kvartiraga shuncha arzon qo‗yib hato qilganligini, aslida uning kvartirasi ikki
marta
qimmat
turishini
aytadi. Bu siz kvartirani ijaraga olganda yuz berishi mumkin bo‗lgan vaziyatlardan
biri, xolos. Lekin vaziyatning bunday yakun topishi holatlarini keskin kamaytirish
mumkin. Buning uchun bir necha qoidalarga amal qilish kerak. Quyida biz Sizga
kvartirani qanday qilib ijaraga olish kerakligi, kvartira
egasida qanaqa hujjatlar
bo‗lishi lozimligi va uy-joyni ijaraga olish shartnomasining shartlariga ko‗ra kim
nimaga javob berishi haqida hikoya qilamiz.
Ijaraga oluvchi kvartira egasi uni istalgan vaqtda chiqarib yuborishi mumkin
deb o‗ylab hato qiladi. Bu, yumshoq qilib aytganda, unday emas. Ijaraga beruvchi
ijaraga oluvchini shartnomaning amal qilishi muddati tugagunga qadar chiqarib
yuborishga haqli emas. Agar ijaraga olish shartnomasi bir yil va undan ko‗p
muddatga tuzilgan bo‗lsa, ijaraga oluvchi yangi muddatga shartnoma tuzish uchun
boshqa shaxslar oldida ustunlikka ega. Shuning uchun ijaraga oluvchilar bizga
―shunchaki yoqmay qoldi‖ (ular shartnomaning hech qanaqa shartlarini buzmagan
bo‗lsa-da) va biz o‗zimizga ko‗proq mos keladigan kishilarni
topdik qabilidagi
barcha gap-so‗zlarda hech qanday ma‘no yo‗q. Sizni faqat qonunda belgilangan
holatlarda yoki shartnoma shartlari buzilgan holatlarda (masalan, agar siz uy-joy
uchun ijara haqini to‗lamagan bo‗lsangiz) sud tartibida muddatidan oldin chiqarib
yuborishi mumkin.
E‘tibor qarating: biz yuqorida keltirgan va
quyida keltiradigan barcha
holatlarda asosiy so‗z – bu «shartnoma». Lekin uy egasi «kvartiraga shunchaki
odam qo‗ysa», odatda hech qanday shartnoma haqida so‗z bormaydi. Qoidaga
131
ko‗ra, nimadir haqida og‗zaki kelishiladi, juda bo‗lmasa, qandaydir qog‗ozga imzo
chekishadi, lekin agar keyinchalik nizo kelib chiqadigan bo‗lsa, ushbu qog‗ozcha
bo‗yicha o‗z huquqlarini himoya qilishning deyarli iloji bo‗lmaydi.
Dostları ilə paylaş: