Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

 
6.1. Xufyona iqtisodiyotning kelib
chiqishi sabablari 
Qonuniy ravishda qayd etilgan huquqlarga ega bo‗lgan almashuvning yuqori 
darajadagi transaksiya xarajatlari hamma vaqt ham eng samarali mulkdorlarga 
mulkchilikning zarur huquqlariga egalik qilish imkonini bermaydi. Bu hol 
almashuv umuman sodir bo‗lmayotganligini va iqtisodiy agentlar mulkchilik 
tarkibi nooptimalligicha qolishiga rozi bo‗lganligini anglatmaydi. Aksincha, 
iqtisodiy agentlarning muqobil qarorni qidirishi mulkchilik huquqlarini tafsirlashga 
va ular bilan xufyona, ya‘ni davlatning ishtirokisiz, almashishni tashkil qilishga 
urinishi ko‗rinishida amalga oshiriladi.
Xufyonalik – shaxslarning kundalik faoliyatni tashkil qilishda mavjud huquq 
(qonun) normalaridan foydalanishdan bo‗yin tovlash va yozilmagan huquqqa, 
ya‘ni an‘analar va urf-odatlarda qayd etilgan normalarga hamda mulkchilik 
huquqlarini almashish va himoyalash yuzasidan kelib chiqqan nizolarni hal 
etishning huquq doirasidan chetga chiquvchi mexanizmlariga murojaat etishidan 
iborat. Mulkchilik huquqlarini dastlabki tafsirlash jarayonida davlat uni eng 
samarali mulkdorlarga bera olmaydigan, huquqlar bilan almashish esa yuqori 


138 
transaksiya xarajatlari tufayli mumkin bo‗lmagan, taqiqlanadigan darajadagi tang 
vaziyatdan chiqish yo‗li huddi shu tariqa topiladi
1

Mulkchilik huquqlarining oshkora va xufyona tizimlari amalga oshirilishiga 
ko‗plab misollar mavjud. Ma‘muriy-buyruqbozlik iqtisodiyotida, qonunda 
mustahkamlangan «mulkchilikning umumxalq xususiyati»ga qaramasdan, asosiy 
huquqlar ham partiyaviy, ham ma‘muriy (vazirliklar, yuqori tashkilotlar) 
buyurokratiya qo‗lida edi. Tegishlicha savdolar va bitimlar shaklini hosil qilgan 
nizolarni hal etishning muqobil mexanizmlari ham mavjud edi, bunda almashuv 
predmeti sifatida nafaqat tovarlar va xizmatlar, balki «jamiyatdagi mavqe, 
hokimiyat va bo‗ysunish, qonunlar va ularni buzish huquqi» va hatto ishlab 
chiqarish davlat rejalari ham ishtirok etgan. 
Perulik olim Ernando de Soto tadqiqotlarida Lotin Amerikasi mamlakatlari 
misolida xufyona iqtisodiyot masalalari jiddiy tahlil etilgan. Ularda davlat sud-
huquq tizimi va u himoya qiladigan mulkchilik huquqlari almashuvlarning faqat 
kichik bir qismi mexanizmini shakllantiradi. Ularda – chakana savdo, jamoat 
transporti, qurilish kabi iqtisodiyotning bir qator sektorlari faoliyati mulkchilik 
huquqlarining xufyona tizimiga asoslanadi. Masalan, Peru poytaxti Lima shahrida 
yangi ko‗p qavatli turar joy binosini qurish meriyada ruxsat olishdan emas, balki 
birinchilik tamoyili bo‗yicha qurilish uchun uchastkani egallab olishdan 
boshlanadi. Shu tariqa mulkchilik huquqlarining o‗rnatilishi xufyona qayd etilgan 
mulkchilik huquqi darajasi bilan emas, balki ijtimoiy sanksiyalar va oddiy huquq 
bilan himoyalanadi. 
Iqtisodiy faoliyatni xufyona amalga oshirish, birinchi navbatda, qonun 
doirasidagi harakat bilan, ya‘ni yuqori transaksiya xarajatlari bilan bog‗liq. 
Transaksiya xarajatlarining tasnifiga asoslangan holda, ta‘kidlash lozimki, bunda 
asosan shartnomani tuzishdagi yuqori xarajatlar, mulkchilik huquqlarini tafsirlash 
va himoyalash xarajatlari va uchinchi shaxslardan himoyalash xarajatlari nazarda 
1
Қаранг: Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодий хавфсизлик: назария ва амалиѐт. Ўқув 
қўлланма.-Т.: Ноширлик ѐғдуси, 2019.-485-486-бетлар. 


139 
tutiladi. De Soto ushbu xarajatlarni «qonunga bo‗ysunish bahosi», deya ta‘riflaydi. 
U quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
- qonundan foydalanish xarajatlari (yuridik shaxsni ro‗yxatga olish, 
litsenziya olish, bankda hisobvaraqlar ochish, yuridik manzilga ega bo‗lish va 
boshqa rasmiyatchiliklarni bajarish xarajatlari); 
- qonun doirasida faoliyatni davom ettirish zarurati bilan bog‗liq xarajatlar 
(soliqlarni to‗lash; mehnat munosabatlari sohasida qonun talablarini bajarish (ish 
kunining uzunligi, eng kam ish haqi, ijtimoiy kafolatlar); oshkora sud tizimi 
doirasida nizolarni hal etishda sud xarajatlarini to‗lash). 
Ta‘kidlash joizki, qonunga bo‗ysunish bahosi nafaqat to‗g‗ridan-to‗g‗ri 
xarajatlarni, balki u yoki bu tadbirlarni bajarish uchun vaqt sarflarini ham o‗z 
ichiga oladi. Bunda uning aynan ushbu tarkibiy qismi qator holatlarda juda katta 
bo‗ladi. Masalan, Lima shahrida uy-joyni qurish uchun ruxsat olish tadbiri 
taxminan 4 yilu 1 oy, mayda ulgurji bozorini tashkil qilish uchun ruxsat olish 17 
yil, kichik do‗konni ochish uchun ruxsat olish 43 kun vaqtni olgan. «Uchinchi 
dunyo» ayrim mamlakatlarida yuridik shaxsni ro‗yxatga olish uchun talab 
etiladigan xarajatlar 6.1.1-jadvalda keltirilgan.


Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin