14
yordamida izohlanishi qiyin bo‗lgan jarayonlarni tahlil
qilish imkonini beruvchi
g‗oyalarni topmoqda.
Biroq o‗tgan asrning 60-70 yillarigacha institutsional yo‗nalish ancha sust
rivojlangan. Keyinchalik eski g‗oyalar ikkinchi bosqich institutsionalistlari –
J.K.Gelbreyt, R.Xaylbroner, F.Perru, J.Furaste, G.Myurdal va boshqalarning
ishlarida o‗z ifodasini topgan.
―Eski‖ (zamonaviy) institutsionalizmning uchinchi bosqichi asosan
J.Xodjson boshchiligidagi ―kembridj maktabi‖ olimlarining faoliyati bilan bog‗liq
1
.
Shu bilan birga turli iqtisodiy maktablarga mansub
bir qator iqtisodchilar
institutsional tizimlarni tahlil qilish bilan shug‗ullanib, o‗z tadqiqotlarida
institutsional yondashuvdan bevosita yoki bilavosita foydalanishgan
2
.
Institutsional nazariyaning ko‗p sonli masalalarini yorituvchi adabiyotlarda
institutsionalizm turli yo‗nalishlarining metodologik xususiyatlari to‗g‗risidagi
fikr-mulohazalarga katta ahamiyat berilgan
3
.
―Eski‖ institutsionalizm bilan neoinstitutsionalizmda ko‗plab umumiyliklar
mavjud –
bu institutlarni tadqiq etish, shuningdek ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni
o‗rganishga nisbatan evolyutsion yondashuvning ayrim jihatlarini tahlil qilishdir.
Umuman olganda ushbu ikkita yondashuv kesishuv nuqtalariga ega emas.
Rossiyalik olim R.NureЕvning fikriga ko‗ra, ―eski‖ institutsionalizm bilan
neoinstitutsionalizm o‗rtasida, kamida, uchta asosiy farq mavjud
4
.
1)
Agar
―eski‖ institutsionalistlar zamonaviy iqtisodiy nazariya
muammolarini jamiyatdagi boshqa fanlar usullari bilan o‗rganishga intilgan holda
huquq va siyosatdan
iqtisodiyot tomon borishsa, neoinstitutsionalistlar bunga
1
Ходжсон Джеффри
.
Экономическая теория и институты: Манифест современной
институциональной экономической теории / Пер. с англ. – М.: Дело, 2003. – 464 с.
2
Қаранг:
Бренделева Е.А. Неинституциональная теория. Учебное пособие / Под.ред. проф.
М.Н.Чепурина. – М.: ТЕИС, 2003. – 253 с; Введение в институциональную экономику: Учебное
пособие/ Под.ред. Д.С.Львова. – М.: Из-во ―Экономика‖, 2005. – 636 с.
3
Қаранг:
Введение в институциональную экономику: Учебное пособие/ Под.ред. Д.С.Львова. –
М.: Из-во ―Экономика‖, 2005. – 636 с.; Институциональная экономика
:
Учебник / Под общ. ред. А.
Олейника. – М.: ИНФРА-М, 2009. – 704 с.;
Сухарев О.С. Институты и экономическое развитие. –
М.: ООО ИКП «ДеКА», 2005. – 384 с.;
Шаститко А.Е. Новая институциональная экономическая
теория. – 3-е изд., перераб. и доп. – М.: МГУ, ТЕИС, 2002. – 591 с.
4
Нуреев Р. Институционализм: вчера, сегодня и завтра. В кн. «Институциональная
экономика». Учебное пособие / А.Олейник. –М.: ИНФИМ, 2000. -5-7 б.
15
to‗g‗ridan-to‗g‗ri qarama-qarshi yo‗ldan borishadi, ya‘ni ular o‗z
tahlilida
neoklassik iqtisodiy nazariya vositalariga tayanadi, zamonaviy mikroiqtisodiy
usullarni qo‗llagan holda siyosiy va huquqiy muammolarni o‗rganadi.
2) ―Eski‖ institutsionalizm asosan induktiv usulga asoslanib,
alohida
holatlardan
umumlashtirishga
tomon
intildi,
buning
natijasida,
qator
iqtisodchilarning fikriga ko‗ra, umumiy institutsional nazariya yuzaga kelmadi;
neoinstitutsionalizm deduktiv yo‗ldan borib, neoklassik iqtisodiy nazariyaning
umumiy tamoyillaridan ijtimoiy hayotning muayyan hodisalarini izohlashga
intilmoqda.
3) ―Eski‖ institutsionalizm radikal iqtisodiy tafakkur
oqimi sifatida asosiy
e‘tiborni insonlar manfaatlarini himoyalovchi jamoalar (asosan, kasaba
uyushmalari va hukumat) xatti-harakatiga qaratdi; neoinstitutsionalizm qaysi
jamoa a‘zosi bo‗lish uning uchun foydali ekanligini o‗z manfaatlariga amal qilgan
holda hal etuvchi mustaqil individga e‘tibor qaratadi.
4) ―Eski‖ institutsionalizm metodologik xolizmdan foydalanadi, uni umumiy
tarzda quyidagicha ta‘riflash mumkin: ―institutlar
birlamchi, individlar
ikkilamchi‖. Ushbu holat neoinstitutsional nazariyaga asos qilib olindi.
Shu nuqtai nazardan ―eski‖ va ―yangi‖ institutsional maktablarni bir biridan
farqlash lozim. Ingliz iqtisodchisi J.Xodjson [55] u yoki bu yo‗nalishga mansub
olimlarni quyidagicha tarzda tasniflashni taklif qiladi:
Dostları ilə paylaş: