Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə81/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

 
 


152 
6.4. Jahonda xufyona iqtisodiyot 
Xufyona iqtisodiyot iqtisodiy tizimlarning barcha xillariga xos bo‗lib, uning 
ko‗lamlari rivojlangan mamlakatlarda ham, rivojlanayotgan mamlakatlarda ham 
g‗oyat keng. 
1990-yillarning ikkinchi yarmida rivojlangan mamlakatlarda xufyona 
iqtisodiyot YaIMning o‗rtacha 12 foiziga, o‗tish iqtisodiyotiga ega mamlakatlarda 
23 foiziga, rivojlanayotgan mamlakatlarda esa 39 foiziga teng bo‗lgan. 
1998 yilda ushbu ko‗rsatkich bo‗yicha Gretsiya (YaIMning 29,0 foizi), 
Italiya (27,8%), Ispaniya (23,4%), Belgiya (23,4%) ―etakchilik qildi‖. Irlandiya, 
Kanada, Fransiyada ham xufyona iqtisodiyotning ko‗lamlari keng – 14,9 foizdan 
16,3 foizgacha. Bu borada Avstriya (9,1%), AQSh (8,9) va Shveysariya (8,0) eng 
qulay hisoblanadi
1

Xufyona iqtisodiyot ko‗lamlarining eng tez sur‘atlar bilan o‗sishi Gretsiya, 
Italiya, Shvetsiya, Norvegiya va Germaniyada kuzatilmoqda. Masalan, 
Germaniyada 2001 yilda xufyona sektorning o‗sishi 3,5 foizni, ayni paytda 
YaIMning o‗sishi esa 1 foizni tashkil qilgan. Jami xufyona sektor YaIMning 16,5 
foizini tashkil qiladi.
Xufyona sektor rivojlanayotgan mamlakatlarda eng keng ko‗lamlarga ega. 
Masalan, xufyona sektor Nigeriyada YaIMning 76 foizini, Taylandda 71 foizini, 
Misrda 68 foizini, Boliviyada 66 foizini, Panamada 62 foizini tashkil qiladi. 
XX asrning so‗nggi o‗n yilligi sobiq sotsialistik mamlakatlarda amalga 
oshirilgan chuqur islohotlar bilan bog‗liq. Ham siyosiy, ham huquqiy tizimning 
beqarorligi iqtisodiy sohaga ham salbiy ta‘sir ko‗rsatdi. Ushbu mamlakatlarda 
xufyona iqtisodiyotning o‗sish sur‘atlari 6.4.1-jadvalda keltirilgan. 
Quyidagi jadval ma‘lumotlari o‗z mualliflari tomonidan elektr-muvazanat 
usuli yordamida hisoblab chiqilgan. Mazkur usul g‗oyasi shundan iboratki, elektr 
energiyasini g‗amlab bo‗lmaydi va shuning uchun iste‘mol qilinayotgan energiya 
hajmining o‗sish sur‘atlari YaIM o‗sish sur‘atlariga qaraganda yuqori bo‗lishi 
energiyaning xufyona iste‘mol qilinayotganligidan dalolat beradi. 
1
Эксперт. 2000. №12 (223) от 27 марта. 


153 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin