Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

 
 
7.2. Mulkchilik ta‟riflarining tahlili 
O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi jamiyatning iqtisodiy 
negizlariga oid XII bobda quyidagilar bayon etilgan: ―Bozor munosabatlarini 
rivojlantirishga qaratilgan O‗zbekiston iqtisodiyotining negizini turli shakllardagi 
mulk tashkil etadi. Davlat iste‘molchilar huquqlarining ustunligini hisobga olib
iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk 
shakllarining teng huquqligini va huquqiy jihatdan teng muhofaza etilishini 
kafolatlaydi. Xususiy mulk boshqa mulk shakllari kabi daxlsiz va davlat 
himoyasidadir. Mulkdor faqat qonunda nazarda tutilgan hollarda va tartibdagina
mulkidan mahrum etilishi mumkin (53- modda). Mulkdor mulkiga o‗z hoxishicha 
egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish 
ekologik muhitga zarar Еtkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning 
huquqlarini hamda qonun bilan qo‗riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart‖ 
(54-modda).
O‗zbekiston Respublikasining Fuqarolik Kodeksiga mulkchilikning
egalik qilish, foydalanish va tasarruf etish triadasi (164-modda) asos qilib olingan. 
Ushbu Kodeksda mulkchilikning xususiy va ommaviy shakllari mavjudligi (167-
modda) ta‘kidlanadi.
Demak, iqtisodiyot va uni tashkil etishning bozor modeli uchun muayyan-
tarixiy shakldagi mulkchilik instituti talab etiladi. Mulkchilik institutining negizini 
mulk tushunchasi tashkil etadi. Mulk – resurslar cheklanganligi sharoitining 
oqibatidagi noyoblik muammosini hal qilinishining yagona vositasi hisoblanadi. 
Bu vosita mulkdorga huquqlar tutamini taqdim etadi. Albatta, mulkiy huquqlar 


179 
tutami egalik qilish va boshqa huquqlar (foydalanish, tasarruf etish va boshqalar) 
bilan birgalikda tashkil etadi. Huquqlar tizimi xo‗jaliklar va shaxslar o‗zaro 
munosabatlarga kirishishlari uchun ham mulkdorni, ham mulkni himoyalaydi. 
Shaxsning jamiyatdagi erkinligi huquq bilan kafolatlanadi va chegaralanadi. 
Undagi barcha mavjud huquqlardan eng to‗lig‗i mulkchilik huquqidir. Ushbu 
huquq shaxs va jamiyat uchun o‗zaro qarama-qarshi bo‗lgan begonalashuv 
xususiyatini ham namoyon etadi. Ilmiy manbalarda mulkchilik munosabatlari 
umumiy tan olingan yagona ta‘rifga ega emasligi sababli qator talqinlar mavjud 
(7.2.1-jadval). 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin