Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


 Mulkchilik munosabatlarini amalga oshirishning tarixiy shakllari



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə98/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

7.3. Mulkchilik munosabatlarini amalga oshirishning tarixiy shakllari
Iqtisodiyotda, xususan mulkiy munosabatlar shakllarini o‗rganishda mulkni 
tasniflash muhim o‗rin tutadi. Ko‗pchilik iqtisodchilar va faylasuflar uchun
tasniflash mezoni sifatida mulk subekti olinadi. Agar mulk bir shaxsga tegishli 
bo‗lsa, u – xususiy. Agar u bir necha shaxsga tegishli bo‗lsa – jamoaviy. Agar u 
butun jamiyatga tegishli bo‗lsa – umumxalq yoki davlat mulki hisoblanadi. 
Bunday yondashuv G‗arbdagi tadqiqotchilar uchun mulkning uchta shaklini 
ifodalashga asos bo‗lgan.: xususiy, jamoaviy va ijtimoiy. Ba‘zan ularga 
aksiyadorlik (korporativ) va davlat shakllari ham qo‗shimcha qilinadi. Ba‘zida 
aksiyadorlik mulkini jamoaviy shakl deb, davlat mulkini esa ijtimoiy shakl deb 
hisoblashadi. Lekin bundan mohiyat o‗zgarmaydi.

ixtiyoriy shakldagi mulkning namoyon bo‗lishi qator omillarga 
bog‗liq. Jumladan:

mehnat sharoitlari va natijalarini o‗zlashtirib olish usullari; 

mehnat sharoitlari va natijalarini tasarruf etish xususiyatlari; 

mehnat sharoitlarini takror yaratish; 

faoliyat turlari bo‗yicha almashishning asosiy usuli

natijalari qayta taqsimlash usullari; 
Mulkchilik munosabati tarixan qanday shakllarda rivojlanganligi katta 
qiziqish uyg‗otadi (7.3.1-rasm). 


182 
1. Mulkchilikning eng dastlabki shakli 
jamoaviy mulk
G‗arb huquqiy 
tizimining asos (antik taraqqiyot)ini tashkil etadi. U uchta asosiy xususiyat bilan 
tavsiflanadi: 

jamoaviy mulk jamiyatga – uni to‗laqonli a‘zolar deb tan oluvchi 
indvidlar yig‗indisiga tegishli;

jamoaviy mulkni qayta taqsimlash huquqi mutlaq jamiyatga tegishli; 

jamoaviy mulk jamoaviy huquq normalari bilan tartibga solinadi.
Jamoaviy mulkning asosiy tavsiflari quyidagilardan iborat: 
a) boshqarish (taqsimlash) ijtimoiy; 
b) egalik qilish xususiy; 
v) jamoaviy mulk ob‘ektidan voz kechish taqiqlangan; 
g) ijtimoiy majburiyatlar tizimi; 
d) ishlab chiqaruvchining o‗z faoliyati natijalariga mulkchiligi. 
Jamoaviy mulkning rivojlanishi davlatchilikni yuzaga keltirgan. Ushbu 
bosqichida davlat majbur etish apparati sifatida hali jamiyatga qarshi turmaydi. 
Oliy 
Tabaqali 
Ko‘p pog‘onali
Hususiy 
Totalitar 
Byurokratik 
Korporativ 
Ijtimoiy 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin