186
mablag‗larning ham egasi hisoblanmaydi. Totalitar mulkchilikning asosiy
xususiyatlari:
hokimiyat va mulkning ajratilmasligi;
ishlab chiqarish vositalariga davlat monopoliyasi;
mehnat sharoitlarining xo‗jalik yurituvchi sub‘yektlar o‗rtasida
markazlashgan tarzda qayta taqsimlanishi;
ishlab chiqaruvchining o‗zi Еtishtirgan mahsulot va uni sotishdan
olinadigan daromadni tasarruf etish huquqidan mahrum etilishi;
mehnat sharoitlarini markazlashgan rejalashtirish mexanizmi
yordamida takroriy yaratish.
9. Byurokratiya mulkchiligi ko‗p pag‗onali
mulkchilik rivojlanishining
tabiiy mahsuli hisoblanadi. Ishlab chiqarish emas, balki qayta taqsimlash katta
miqdordagi pullarni paydo qiladi. Uning asosiy xususiyatari:
a) mulkchilik huquqlarini himoya qilishning
samarali tizimi mavjud
emasligi;
b) resurslar va mahsulotlarni qayta taqsimlash jarayonida amaldorlar
ishtirokining qonunchilikda belgilangan imkoniyati;
v) narxlar va tariflarning byurokratik tartibga solinishi;
g) xufyona iqtisodiyotning katta ulushi;
d) mehnat sharoitlarini takror yaratish samarali mexanizmining mavjud
emasligi.
Hokimiyat va mulkning ajralmasligining rasmana tan olinishi bilan xususiy
mulkchilik huquqini buzmasdan qolmaydi. Noiqtisodiy
majburlashga asoslangan
hokimiyat mulkdorning erkin irodasiga qaraganda iqtisodiy hayotning muhim
omili hisoblanadi. Hokimiyat tuzilmalarida ishtirok etish orqali beriladigan
imkoniyatlar xo‗jalik faoliyatidan kelib chiqadigan
imkoniyatlarga qaraganda
ancha yuqori. Hokimiyaga ega bo‗lgan amaldorlar shaxsiy boylikni ko‗paytirish
uchun hokimiyat imkoniyatidan foydalanishadi. Lekin hokimiyat o‗z egasiga
mulkdan ko‗ra ko‗proq narsani beradi, ularning sa‘y-harakatlari birinchi navbatda
187
hokimiyatni saqlab qolishga yo‗naltirilgan. Hokimiyatni yo‗qotib, ular, odatda,
mulkni ham yo‗qotishadi.
Dostları ilə paylaş: