Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


-rasm.Institutsional tahlilda boshlang„ich nuqtaga nisbatan ikki



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

1.2.1-rasm.Institutsional tahlilda boshlang„ich nuqtaga nisbatan ikki 
tamoyil. 
Birinchi tamoyilda institutlar individlarning manfaatlari hamda xatti-
harakatlari orqali tushuntiriladi va 
metodologik individualizm 
deb nomlanadi
.
Ya‘ni, individ institutlarni tahlil qilishda boshlang‗ich nuqta hisoblanadi. Masalan, 
davlatni tavsiflashda uning fuqarolarining manfaatlari va o‗ziga xos 
xususiyatlaridan kelib chiqiladi. Metodologik individualizm tamoyilining davomi 
Institutsionalizmning metodologik asoslari va institutsional 
tahlilda boshlang‟ich nuqta masalasi 
 
Individlar va institutlarning o‟zaro 
bog‟liqligini tahlil etishda boshlang‟ich 
nuqtaga nisbatan ikkita tamoyil mavjud 
Metodologik 
individualizm 
Metodologik 
 holizm 


20 
ichki sabab natijasida vujudga kelgan evolyutsiya
konsepsiyasidir. Ushbu 
konsepsiyaga ko‗ra, institutlar insonlarning harakatlari natijasida paydo bo‗ladi 
degan taxmin ilgari suriladi. Ya‘ni, individlar birlamchi, institutlar esa ikkilamchi 
o‗rin tutishi to‗g‗risidagi taxmin neoklassiklar qarashlarida o‗z aksini topgan. 
Aksincha, tahlil uchun boshlang‗ich nuqta sifatida individlar emas, balki 
institutlar belgilanishi ikkinchi tamoyilga asos bo‗ladi. Shu tariqa ikkinchi 
tamoyilda 
xolizm
metodologiyasidan foydalaniladi. Boshqacha aytganda, individlar 
institutlarning ta‘rifidan kelib chiqib tavsiflanadi. Institutlar esa, o‗zlari 
makrodarajada munosabatlar tizimini takror ishlab chiqarishda bajaradigan 
funksiyalar orqali izohlanadi. Endi fuqarolar o‗z hukumatini emas, balki hukumat 
ma‘lum xildagi fuqarolarning shakllanishiga ko‗maklashadi. So‗ngra, ichki sabab 
natijasida vujudga kelgan evolyutsiya konsepsiyasiga 
institutsional determinizm
g‗oyasi qarshi turadi va u muhim barqarorlashtiruvchi omil hisoblanadi. Institutlar 
– o‗tmishda sodir bo‗lgan «jarayonlar natijasi» bo‗lib, ular o‗tmish holatlariga 
moslashgan va shuning uchun ijtimoiy mo‗rtlik, ruhiy omili hisoblanadi va barcha 
keyingi rivojlanish «doiralarini» belgilab beradi. Shunday qilib, xolizmda 
individlarning manfaatlari va xatti-harakatlari ularning o‗zaro hamkorigini 
oldindan belgilab beruvchi institutlarning tavsifi orqali izohlanadi. Ya‘ni, bunda 
institutlar birlamchi, individlar esa, ikkilamchi o‗rin tutadi. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin