Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


Mulkning demokratik (fuqarolik) tizimi



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

Mulkning demokratik (fuqarolik) tizimi
– mulkning barcha shakl va turlari 
xilma-xilligi va tengligi tizimi.
Mulkning iqtisodiy shakli
– ne‘matni yaratishning ijodiy mehnat 
jarayonini bevosita tashkil qilish va boshqarish shakli.
Mulkning institutsional tizimi
– mulkning barcha tarkibiy darajalarida amal 
qiladigan va takror ishlab chiqariladigan institutlarning o‗zaro bog‗liq birligi.
Mulkning rivojlanishi qonuni –
yuzaga kelgan mulk shakli ertami-kechmi 
modifikatsiyalanishini belgilovchi zarurat.
Mulkning shakllanish qonuni
– ne‘matni yaratishning har qanday ijodiy 
mehnat jarayoni ertami-kechmi munosabatlarning muayyan ijtimoiy shakli bilan 
yakunlanadigan zarurat.
Mulkning shakllanishi va rivojlanishi qonuni–
ayni vaqtning o‗zida 
mulkning tabiiy ravishda yuzaga kelgan shakl va turlarining «rasmiylashuvi»ni, 
shuningdek ularning ob‘ektiv ravishda o‗zgarishi va modifikatsiyasini ifodalovchi 
ichki aloqalarni aks ettiruvchi qonun.
Mulkning endogen (ichki) tizimi
– uning uchta tarkibiy darajasining 
o‗zaro bog‗liq va rivojlanuvchi birligi.


208 
Mulkning yuridik huquqi spetsifikatsiyasi–
mazkur huquqning tegishli 
yuridik vakolatlarga (egalik, foydalanish, tasarruf etish, javobgarlik kabilarga) 
bo‗linishi.
Mulkchilik –
kishilar o‗rtasida ishlab chiqarish vositalari va mehnat 
mahsulini o‗zlashtirish yuzasidan paydo bo‗lgan va tarixan aniq bir shaklda 
namoyon bo‗luvchi iqtisodiy munosabatlar.
Mulkchilik munosabatlari
-mulkka egalik qilish, undan foydalanish, uni 
o‗zlashtirish va tasarruf etish jarayonida vujudga keladigan munosabatlar. 
Nominal mulkdorlar sinfi
– jamiyatning inson, ashyolarga va tabiiy 
kapitalga bo‗lgan mulkdorlik yuridik huquqiga ega bo‗lgan, ayni vaqtda iqtisodiy 
hokimiyatga ega bo‗lmagan ijtimoiy guruhlari.

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin