Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


 Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

1.4. Institutsional iqtisodiyotning rivojlanish xususiyatlari 
Institutsional iqtisodiyot rivojlanishidagi keyingi davr neoinstiutsional 
hamda yangi institutsional bosqichlardan iborat. Bosqichlarning nomlanishidagi 
o‗xshashlilikka qaramay, institutlar tahlilida prinsipial jihatdan turli konsepsiyalar 
mavjud. Birinchi nomlanish neoklassikaning qat‘iy negizini o‗zgarishsiz qoldiradi. 
Institutlar tahliliga yangi unsurni kiritish neoklassika nazariyasining «himoya 
qobig‗i» to‗g‗risidagi fikrlarga tuzatishlar kiritish hisobidan yuz beradi. Aynan 
shuning uchun neoinstitutsional iqtisodiyot «iqtisodiy imperializm»
*
ga misol 
sifatida keltiriladi: an‘anaviy mikroiqtisodiy quroldan voz kechmagan holda 
«imperialistlar» ilgari neoklassik nazariyaga begana bo‗lgan omillar – mafkura, 
xatti-harakat normalari, qonunlar, oila va hokazolarni tushuntirishga intilishadi. 
Ikkinchi nomlanish, aksincha, institutlarning neoklassikaning ilgarigi qoidalari 
bilan bog‗liq bo‗lmagan yangi nazariyasini yaratishga urinishni aks ettiradi. 
Ronald Kouz «Firma tabiati» (1937), «Ijtimoiy xarajatlar muammosi» 
(1960) kabi maqolalarida birinchi bor neoinstitutsionalizmning tadqiqot dasturini 
1
Эггертсон Т. Экономическое поведение и институты. –М.: ДЕЛО, 2001.-С. 18-19.
 
*
Иқтисодий империализм – неоклассик ѐндашув асосида жамият тўғрисидаги фанларнинг 
тарқоқ оиласини умумлаштириш. 


24 
shakllantirgan edi. Ushbu dasturda neoklassik nazariyaning ―himoya qobig‗i‖ga 
quyidagi o‗zgartirishlar kiritilgan. 
Birinchidan, xususiy mulk bilan bir qatorda mulkchilikning jamoaviy, 
davlat, aksiyadorlik shakllari tahlil qilinadi va ularning bozorda bitimlarni 
ta‘minlashdagi nisbiy samaradorligi taqqoslanadi. Ya‘ni, mulkchilik shakllari va 
shartnoma shakllarining keng doirasi ko‗rib chiqilib, ular asosida almashuv amalga 
oshiriladi
Mulkchilik huquqlari nazariyasi
(R.Kouz, R.Pozner, S.Peyovich) va 
optimal shartnoma nazariyasi
(J.Stiglits, Y.Maknil)ning tadqiqot dasturi ana 
shunday. Bu Еrda mulkchilik huquqlarining o‗rnatilishi va samarali himoyalanishi 
uchun mas‘ul bo‗lgan davlat nazariyasi,
ijtimoiy tanlov nazariyasi
(J.Byukenen, 
G.Tallok), shuningdek, ijtimoiy tanlov nazariyasidan hosil bo‗lgan 
konstitutsiyaviy 
iqtisodiyot
(V.Vanberg) ajralib turadi. Ayniqsa,
 
konstitutsiyaviy iqtisodiyotning 
vazifasi neoklassika, «eski» institutsionalizmning tarkibiy qismi hisoblangan 
«tartib nazariyasi» hamda ―ijtimoiy tanlov‖ unsurlarini uyg‗unlashtirishdan iborat. 
Ikkinchidan, neoklassik modelga 
axborot xarajatlari
, ya‘ni bitim 
to‗g‗risidagi va bozordagi vaziyat to‗g‗risidagi axborotni qidirish va olish bilan 
bog‗liq xarajatlar tushunchasi kiritiladi. 
Axborot 
nazariyasi
(J.Stigler) 
neoinstitutsionalizm rivojlanishiga katta ta‘sir ko‗rsatdi.


25 
Uchinchidan, ishlab chiqarish xarajatlari bilan bir qatorda 
transaksiya 
xarajatlari
mavjudligi neoinstitutsionalistlar tomonidan ta‘kidlandi. 
Transaksiya 
xarajatlari nazariyasi
(R.Kouz, O.Uilyamson) uchun markaziy bo‗lgan ushbu 
atama zamirida bitimlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan barcha xarajatlar 
tushuniladi. Transaksiya xarajatlari nazariyasi va mulkchilik huquqlari nazariyasini 
qo‗llash natijasida 
Yangi iqtisodiy tarix
(D.Nort), deb nomlangan tarixiy tahlil 
paydo bo‗ldi. 
Institutsional iqtisodiyot rivojlanishidagi ikkinchi bosqich
o‗yinlar 
nazariyasi
(J. fon Neyman, O.Morgenshtern, J.Nesh)ning neoklassikadagi 
umumiy muvozanat modeliga nisbatan bildirgan tanqidiy xulosasi bilan 
boshlandi(qarang: 1.4.1-rasm). 


26 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin