Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə132/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

 
MAVZUGA DOIR TAYANCH IBORALAR 
 
Modernizatsiya 
– ishlab chiqarishning tayyorlanayotgan mahsulotlar (ish va 
xizmatlar) raqobatdoshligini oshirishga yo‗naltirilgan texnologik yangilanish 
jarayonidir. U korxonalarning texnologik qoloqligini bartaraf etish vositasi bo‗lib, 
mehnat, moddiy va xomashyo resurslaridan samarali foydalanish darajasiga keskin 
ta‘sir ko‗rsatadi. Modernizatsiya, texnik va texnologik yangilash natijalari yuqori 
texnologik, raqobatdosh ishlab chiqarishning jadal rivojlanish shartini belgilab 
beradi 
Modernizatsiya 
–ob‘ektni takomillashtirish, yaxshilash, yangilash, uni 
yangi talab va me‘yorlarga, texnik shart-sharoitlarga, sifat ko‗rsatkichlariga 
moslashtirish. 
Modernizatsiya
so‗zi «modern», ya‘ni yangi, zamonaviy degan ma‘noni 
anglatadi.
Mamlakatni modernizatsiyalash
har bir fuqaroni modernizatsiyalash 
orqali amalga oshiriladi. Mamlakatni modernizatsiyalash ya‘ni davlatni 
demokratlashtirish va jamiyatni liberallashtirish ijtimoiy tartibni o‗rnatishga qodir 
bo‗lgan nazorat mexanizmini shakllantirishga qaratilgan. 
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash 
– ishlab chiqarishni zamonaviy 
texnologiyalar bilan jihozlash, uni ma‘naviy jihatdan yangilash, tarkibiy jihatdan 
texnik va texnologik qayta tuzish kabi chora-tadbirlarni o‗z ichiga oluvchi jarayon. 
1
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиѐевнинг Олий Мажлисга мурожаатномаси. 2020 йил 
24 январь.//Халқ сўзи, 2020 йил 25 январь. 


233 
Ishlab chiqarishni modernizatsiyalashning asosiy yo‗nalish va vositalari bo‗lib 
quyidagilar hisoblanadi: korxonalardan eskirgan asbob-uskunalarni chiqarib; 
zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan almashtirish; mahalliy resurslar asosida 
ishlab chiqarishga innovatsion texnologiyalarni joriy etish; ishlab chiqarilayotgan 
mahsulot assortimentini kengaytirish; ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish va 
resurslarni tejash; sifatni boshqarish va sertifikatlash tizimini joriy etish; chiqitsiz 
va ekologik toza texnologiyalarni joriy etish va boshqalar. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin