258
Masalan, A firma bozorda B, V va G firmalardan (sotish to‗g‗risidagi
shartnoma doirasida) sotib olinadigan butlovchi qismlardan kompyuter yig‗ish
bilan shug‗ullanadi, deylik. O‗zining transaksiya xarajatlarini optimallashtirgan
holda, A firma B firma bilan yagona korxona tuzishga qaror qiladi. U V firma
bilan ham masalani huddi shu tariqa hal etadi. G firmani yagona tashkiliy
tuzilmaga kiritish firma ichidagi boshqaruv va nazorat xarajatlarining o‗sishi
tufayli foydasiz bo‗lib chiqishi mumkin. Shunday qilib, A firma tomonidan V
firmaning qo‗shib olinishi
chegara
bitim hisoblanib, shundan so‗ng keyingi
kengaytirish samarasiz bo‗lib qoladi.
Lekin, institut bilan tashkilot o‗rtasidagi chegaraning aniq demarkatsiyasi
sotish to‗g‗risidagi shartnoma (bozor bitimlari)ning ham, yollash to‗g‗risidagi
shartnoma (firma ichidagi bitimlar)ning ham elementlarini o‗zida birlashtiruvchi
neoklassik shartnomalarning mavjud bo‗lishi fakti bilan qiyinlashadi. Masalan, A
firma o‗z tarkibiga G firmani birlashtirishdan bosh tortishi, lekin ayni paytda u
bilan butlovchi qismlarni Еtkazib berish uchun shartnoma tuzishi mumkin, bu
hukmronlik munosabatlari asosida emas, balki ikki tomonlama kelishuv asosida
bozorning «tabiiy» oldindan aytib bo‗lmasligidan ko‗riladigan zararlarni
pasaytirish imkonini beradi.
Dostları ilə paylaş: