MAVZUGA DOIR MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR:
1.
Siz bugun qanday xildagi shartnomalarni tuzishingizga to‗g‗ri keldi?
Amalga oshirilgan bitimlardan birini shu nuqtai nazardan tavsiflang.
2.
Sotish to‗g‗risidagi shartnoma yollash to‗g‗risidagi shartnomadan qanday
farq qiladi?
3.
Shartnomalarning xillari bo‗yicha misollar keltirib sharxlab bering?
4.
Institut bilan tashkilot o‗rtasidagi chegara qanday tavsifga ega?
5.
Yollash to‗g‗risidagi shartnomaning institutsional va marksistik talqinini
taqqoslang.
6.
Nima uchun implitsit shartnomani amalga oshirish jarayonida yuzaga
keladigan nizolarni hal etish uchun uchinchi tomonni jalb etishga zarurat yo‗q?
272
7.
Qishloq xo‗jaligida qanday maqsadlar uchun shartnomalar tuziladi va
shartnoma shartlarining bajarilishini nazorat qilish monitoringining o‗ziga xos
xususiyatlariga nimalar kiradi?
8.
Neoklassik yoki gibrid, ―munosabatli‖ shartnomaga tavsif bering va
misollar keltiring?
9.
Shartnoma shartlarini bajarmaganlik uchun sanksiyalar kanday amalga
oshiriladi?
10.
Franchayzing shartnomalarini institutsional taxlil kilib bering va misollar
keltiring?
273
X BOB. FIRMA NAZARIYaSI
10.1. «Prinsipal» bilan «agent» o„rtasidagi o„zaro munosabatlar
muammosi
10.2. «Prinsipal-agent» muammolarini hal etish variantlari
10.3. Firmaning ichki tuzilmasi
10.4. Firmalar tipologiyasi va ularning rivojlanish traЕktoriyasi
10.5. Firmalarning asosiy xillari
10.1. «Prinsipal» bilan «agent» o„rtasidagi o„zaro munosabatlar muammosi
Tashkilot tarkibiga kiruvchi «agentlar» sonining o‗sishi, agentlar harakati
ustidan nazorat qilish uchun talab etiladigan «prinsipal» xarajatlarining oshishini
belgilab beradi. «Agent»ni nazorat qilish zarurati va nazoratni amalga oshirishni
istamaslik o‗rtasidagi tanlovdan iborat bo‗lgan «prinsipal» muammaviy holatini
o‗yinlar nazariyasidan quyidagi model yordamida ko‗rish mumkin.
«Prinsipal»ning nazorat qilish uchun xarajatlari birga teng deylik, «agent»
tomonidan o‗z majburiyatlarining vijdonan bajarilishidan olinadigan foyda 2 ga va
vijdonsizlik bilan bajarganlik holatlardagi yo‗qotishlar esa 2 ga teng, deylik.
«Agent» tomonidan o‗z vazifasini bajarishga nisbatan vijdonsizlik bilan
munosabatda bo‗lingan yoki «
ishdan bo‗yin tovlash
» holatlari aniqlangan taqdirda,
u mukofot olish huquqidan mahrum bo‗lishini hisobga olgan holda, «prinsipal»
bilan «agent»ning o‗zaro munosabatlari quyidagi matritsa bilan izohlanadi.
|