Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə155/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

«Prinsipal-agent» muammosi
– «agent»ning «prinsipal» topshirig‗i va 
ko‗rsatmasini bajarishda uning nayrang qilish xavfi hisoblanadi. Nayrang qilish 
axborot asimmetriyasi va «agent» faoliyati ustidan nazorat qilish xarajatlarining 
yuqori darajasi tufayli mumkin bo‗ladi.
Shunday qilib, tashkilotlarning faoliyat ko‗rsatishi ajoyib axborotga ega 
bo‗lish oqibati sifatida «agent»ning opportunistik xatti-harakat qilishi imkoniyatini 
tug‗dirishi muqarrar. Shuning uchun «prinsipal-agent» muammosi ma‘naviy xatar 
vaziyatida tez-tez uchraydigan holat hisoblanadi: «prinsipal» «tabiiy» xatarlardan 
sug‗urtalovchi rolida, «agent» esa (sog‗liq ahvoli, kutilayotgan daromadlar va h.k. 


276 
haqidagi) muhim axborotni yashiruvchi sug‗urtalanuvchi rolida ishtirok etadi. Eng 
muhim masala bu Еrda «agent» tomonidan ishonchli axborotning tarqatilishiga 
ko‗maklashuvchi yoki, aksincha, unga to‗sqinlik qiluvchi 
rag‗batlar
tizimini barpo 
etishdan iborat. Bozorda ishonchli axborotning tarqatilishi raqobat bilan 
rag‗batlantiriladi. Aksincha, «prinsipal» va «agent» munosabatlarining odatiy 
variantida axborot asimmetriyasi va opprtunizm imkoniyatlari «agent»ni 
«prinsipal» bilan nayrang qilishga undaydi. 
10.2. «Prinsipal-agent» muammolarini
hal etish variantlari 
«Agent»ning opportunistik xatti-harakatini cheklashga yo‗naltirilgan 
rag‗batlar tizimini qidirish bilan optimal shartnoma nazariyasi, yoki, «prinsipal-
agent» nazariyasi shug‗ullanadi. Ko‗pincha ushbu muammoni hal etishning asosiy 
uchta variantlari ko‗rsatiladi (qarang:10.2.1-rasm). 
10.2.1-rasm. “Prinsipal-agent” muammosini hal etish variantlari 
 
―Аgentlar‖ 
raqobati 
―Printsipal-agent‖ muammosini hal etish 
variantlari 
«Аgent»ning 
qoʼshma faoliyat 
natijalarida 
ishtirok etishi.
Firma «agentlar» 
ittifoqi sifatida.


277 
1.
«Agentlar» 
raqobati
.
«Prinsipal-agent» muammosini hal etishning 
birinchi varianti agentlar o‗rtasidagi raqobatni kuchaytirishni talab qiladi. Bunda 
odatiy shartnomadan farqli o‗laroq «agent» tomonidan nafaqat «prinsipal» 
belgilagan (masalan, ishlab chiqarish) darajasiga erishilishi, balki qolgan 
«agentlar»ga 
nisbatan
eng yuqori darajaga erishilishi (qo‗shimcha ravishda) 
rag‗batlantiriladi. «Agentlar» raqobati g‗oyasi bir-birining harakatlari ustidan 
o‗zaro nazorat qilish uchun «agentlar»ning o‗zlaridan foydalanish imkonini beradi. 
Chunki, agar eng katta mukofot «prinsipal» tomonidan qo‗yilgan vazifalarni hal 
etishda eng yaxshi nisbiy ko‗rsatkichlarga erishgan «agent»ga tegsa, «agentlar» 
boshqalarning muvaffaqiyatlariga hasad bilan qaray boshlaydilar – atrofdagilarning 
muvaffaqiyati o‗z muvaffaqiyatiga erishish imkoniyatlarining pasayishini 
anglatadi. Ikkinchi tomondan, boshqa qaloq «agentlar»ga nisbatan oshirib berilgan 
«g‗oliblar» mukofoti unumdorlikni oshirishga nisbatan kuchli rag‗bat hisoblanadi. 
Chunki past ehtimolli yirik yutuq istiqboli yuqori ehtimolli yirik yutuqqa 
qaraganda kam jozibali (yutuqdan matematik kutish taxminan bir xil). Quyi daraja 
menejerlarining shunday foydali o‗rinni egallashga intilishini rag‗batlantirishni 
hisobga olgan holda, yuqori daraja menejerlariga ular mehnatining yuqori 
mahsulotidan ortiq bo‗lgan mukofotni to‗lash samarali bo‗lishi mumkin. Biroq 
raqobatilashish elementidan foydalanish o‗z chegarasiga ega: 
-
faqat «g‗olibning» mukofoti eng xatarli strategiyani tanlashni 
rag‗batlantiradi: «agentlarni» «teskari tanlash» yuz beradi, uning natijasida eng 
xatarli strategiyalarni qo‗llovchi «agentlar» qoladi; 
-
«agent»ning «tabiiy» kutilmagan holatlar bilan bog‗liq xatarga moyilligi 
darajasi chegaralangan; 
-
«agentlar» o‗rtasidagi raqobat ular o‗rtasidagi munosabatlardagi ishonch 
elementlarini butunlay yo‗qqa chiqaradi: «agentlar»ning birgalikdagi sa‘y-
harakatlarini talab qiluvchi vazifalar deyarli amalga oshirilmaydigan bo‗lib qoladi. 
2.

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin