Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


Firmalar tipologiyasi va ularning rivojlanish



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

10.4. Firmalar tipologiyasi va ularning rivojlanish
traЕktoriyasi 
Firma ichki tuzilishi u yoki bu modellarining paydo bo‗lishi va tarqalishini 
faqat
ularning «prinsipal-agent» muammosini hal etishdagi qiyosiy samaradorligi 
bilan izohlab bo‗lmaydi. Firmaning yangi ichki tuzilishini rivojlantirishga nisbatan 
ehtiyoj paydo bo‗lib, biroq bu amalga oshirilmay qoladigan holat bo‗lib turishi 
tabiiy.
Firmaning ichki tuzilishini tahlil qilishda nafaqat transaksiya xarajatlari 
dinamikasini (birinchi navbatda monitoring xarajatlari va opportunizmni oldini 
olish), balki institutlar dinamikasidagi «tarixiy shartlanganlik samarasi» kabi 
tashkiliy rivojlanishning undan avvalgi traЕktoriyaga bog‗liqligini ham hisobga 
olish lozim. Firmaning tashkiliy rivojlanishini tarkibiy o‗zgarishlarning alohida 
traЕktoriyasi
bo‗yicha harakat sifatida talqin etish mumkin. Tashkilot 
rivojlanishidagi 
«tarixiy shartlanganlik samarasi»ning tahlili institutlar 
dinamikasini o‗rganishda ifodalangan dalillarni to‗ldirishni va qisman qayta ko‗rib 
chiqishni talab qiladi. 
Birinchidan, tashkilot doirasida institutsional darajada mafkura bajaradigan 
funksiyalarga o‗xshash funksiyalar tashkiliy madaniyat hisoblanadi. Har qanday 
tashkilotda: korxonada, kasaba uyushmasida yoki siyosiy partiyada umumiy 
tarkibiy qism – tashkiliy bilim mavjud. Tashkiliy madaniyat, «prinsipal» bilan 
«agent» o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar ular asosida quriladigan me‘yorlar, 
qoidalar va an‘analarda amalga oshiriladi. Tashkiliy madaniyatning talqin etish 
funksiyasi u yoki bu kutilmagan holatlar sodir bo‗lganida «prinsipal» qarorlarning 
asosliligini baholash uchun uning «agentlar» tomonidan foydalanilishidan iborat. 
Tashkiliy madaniyat bo‗ysunuvchilarga tashkilot u yoki bu kutilmagan holatga 


284 
qanday munosabat bildirishi haqida tasavvur beradi. Qat‘iyroq aytadigan bo‗lsak, u 
tufayli tashkilot o‗zining birxilligiga ega bo‗ladi.

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin