Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə162/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

2. A firma
. Amerika firmasi yoki 
A
firma neoklassik darsliklar sahifalarida 
tahlil qilinuvchi firmaning ideal xiliga ko‗proq mos keladi. 
A
firma o‗z 
mahsulotiga raqobat tomonidan belgilangan narxda va ishlab chiqarish funksiyasi 
bilan yoritiladigan xarajatlar tarkibida foydani ko‗paytirishni maqsad qilib 
qo‗ygan. Hatto, agar qandaydir firmada raqobat bozorida firmaning muvozanatini 
to‗g‗ri hisoblab chiqa oladigan bironta ham xodim topilmasa ham, u bozorda o‗zini 
huddi neoklassik nazariyaning barcha qoidalari bo‗yicha foydani ko‗paytirgandek, 
tutadi. 
Foydani ko‗paytirishga yo‗naltirilish 
A
firma «prinsipali» - uning 
aksiyadorlarining maqsadli funksiyasi bilan belgilangan. Aksiyadorlarning asosiy 
manfaati bir aksiyaga hisoblangan o‗z daromadini oshirishdan iborat, bu yil 
yakuniga ko‗ra korxonaning investitsiya qilinmagan foydasining miqdoriga 
bog‗liq. O‗z navbatida, foydaning miqdori «agentlar» - 
A
firmaning yollanma 
menejerlarining harakatlari bilan belgilangan. «Prinsipal-agent» xilidagi o‗zaro 
munosabatlar menejerlar bilan yollanma xodimlar o‗rtasida ham yuzaga keladi. 
Aksiyadorlar bilan menejerlarning o‗zaro munosabatlarida «prinsipal-agent» 
muammosi ikkita muqobil mexanizm – «ovoz berish» va «chiqish» asosida hal 
etiladi. Aksiyadorlar menejerlarning faoliyati ustidan navzorat qilish huquqini yo 
aksiyadorlarning yillik yig‗ilishida ishtirok etib va direktorlar kengashi tarkibini 


289 
o‗zgartirish («ovoz berish») orqali yoki o‗z aksiyasini sotib va bu bilan 
menejerlarning harakatlarini ma‘qullamasligini ifodalash («chiqish») yo‗li bilan 
amalga oshirishlari mumkin. Menejerlarga o‗z xizmatlari bozori tomonidan 
ko‗rsatiladigan intizomiy ta‘sir ushbu bozorda yuqori transaksiya xarajatlari va 
unda almashiladigan resurslar – boshqaruv ko‗nikmalari va iqtidorlar o‗ziga 
xosligining yuqori darajasi tufayli, kam samarali hisoblanadi. 
Ikkala muqobil variant - «ovoz berish» ham, «chiqish» ham o‗zining qator 
kamchiliklariga ega. Ovoz berish aksiyalarning kichik paketlari egalari uchun 
«chiptasiz muammosi»ni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, aksiyadorlar 
yig‗ilishning kun tartibini menejerlarning o‗zlari nazorat qilishadi. Samarasiz 
boshqarilayotgan firma aksiyalarining sotilishi esa hamma vaqt aksiyalarning 
pasaygan kursi tufayli mulkdorlarga zarar keltiradi.
«Ovoz berish» borasidagi ahvolni ishonchli ovoz berish amaliyoti 
yordamida to‗g‗rilash mumkin, bunda kichik paketlar mulkdorlari o‗z nomidan 
ovoz berishni yirikroq paketlar egalariga ishonib topshiradilar. «Chiqish» 
variantidan foydalanishni esa aksiyalarning birlashtirilgan paketlari oldi-sotdisiga 
tender takliflaridan foydalanish orqali optimallashtirish mumkin. 
Menejerlar bilan xodimlarning o‗zaro munosabatlarida «prinsipal-agent» 
muammosining hal etilishi 
fordizm
– Buyuk qatag‗onlik davrida Genri Ford 
tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni tashkil qilish tizimi tamoyillariga asoslanadi. 
Menejerlar bilan yollanma xodimlarning o‗zaro munosabatlari siyosati sifatida 
fordizmning asosiy unsurlari quyidagilardan iborat: 
-
narxlarning o‗sishiga qarab ish haqining indeksatsiyalanishini o‗z ichiga 
oluvchi mehnatga haq to‗lashning yuqori darajasi; 
-
qat‘iy ishlab chiqarish intizomi, bunda mashina (masalan, konveЕr) 
xodimning harakatlari ustidan nazorat qilish vositasi rolini o‗ynaydi; 
-
kasaba uyushmalari ish beruvchilar bilan yollanma xodimlar o‗rtasidagi 
nizoli munosabatlarda vositachi rolini bajarishadi; 
-
bir tarmoqning o‗ziga qarashli korxonalarda (masalan, «Ford» va 
«General Motors» o‗rtasida) kadrlar o‗rni almashtirilishining yuqori darajasi. 


290 
Va nihoyat, 
A
firmaning ishlab chiqarish va sotish aloqalarining tarkibi 
transaksiya xarajatlarini pasaytirish vazifasiga to‗liq buysungan. Integratsiya – 
orqaga, oldinga va kombinatsiyalash – muqobil maqsadlarga qaraganda ko‗proq 
transaksiya xarajatlarini pasaytirish maqsadlari bilan bog‗liq. Еtkazib beruvchilar, 
xaridorlar, shuningdek ular bilan tuziladigan shartnomaning xilini tanlash 
firmaning shu onda bozorda yuzaga kelgan transaksiya xarajatlarining darajasini 
pasaytirishga intilishini aks ettiradi. Masalan, go‗sht mahsulotini tashish uchun 
refrijerator texnika bilan ta‘minlashga katta miqdordagi investitsiyalar zarurligi 
bois, ko‗pincha go‗shtni qayta ishlovchi korxonalar tashish masalasini 
refrijeratorlar parkini xarid qilgan holda, pudrat asosida hal etishadi. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin