XI BOB. TAShKILOTNI AMALIY TAHLIL
QILISh NAZARIYaSI
11.1. Transaksiya xarajatlarining ordinalistik nazariyasi asosida
tashkiliy tuzilmalarni amaliy tahlil qilish
11.2. Firmaning balansi uning tarkibi to„g„risidagi axborot manbai
sifatida
11.3. Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish va ularni kelishuvlar
nazariyasi asosida hal etish
Firmalarni eng maqbul (benuqson) xillarga bo‗lish real tashkilotlar
to‗g‗risida to‗liq tasavvurga ega bo‗lish imkonini bermaydi, balki faqat tashkiliy
tuzilmaning barqaror qismini ajratib ko‗rsatadi. Ammo ushbu fikr institutsional
yondashuv faqatgina tashkilot ichida yuz berayotgan jarayonlarni tushunishga
qodir ekanligini anglatmaydi. Muayyan tashkilot holatini tekshirish va muayyan
amaliy tashkiliy muammolarni hal etish bo‗yicha takliflar ishlab chiqishda
institutsional yondashuv bilan bir qatorda, transaksiya xarajatlari nazariyasi,
kelishuvlar nazariyasi va mulkchilik huquqlari nazariyasini ham bemalol amaliy
qo‗llash mumkin.
11.1. Transaksiya xarajatlarining ordinalistik nazariyasi asosida tashkiliy
tuzilmalarni amaliy tahlil qilish
Transaksiya xarajatlarini o‗lchashdagi qiyinchiliklar muayyan iqtisodiy tahlil
uchun asosiy to‗siqlardan biri hisoblanadi. Birinchi galda transaksiya xarajatlari
barcha xillari pul ekvivalentida baholanishi mumkinmi degan savol ochiqligicha
qolmoqda. Hatto transaksiyani amalga oshirish uchun vaqt sarfini pul
ekvivalentida ifodalashning oddiy tadbiri ham ko‗plab holatlarda transaksiyaning
(masalan, muzokaralar yuritishning) u yoki bu jihatlarini ta‘minlashga
311
ixtisoslashgan vositachilarning yo‗qligi tufayli takomillashmagan. Shuningdek,
ilgari ishonchga ega bo‗lgan sherikning opportunistik xatti-harakati yoki
mulkchilik huquqlarining himoyalanmaganligi munosabati bilan yuzaga keladigan
ruhiy tashvish tufayli xarajatlarni pul shaklida baholashga urinishda undanda
kattaroq murakkabliklar paydo bo‗ladi.
Transaksiya xarajatlarini o‗lchash o‗tgan asr oxirida foydalilikni o‗lchash
yuzasidan munozaralar jarayonida qo‗yilgan muammoga o‗xshash muammoni
keltirib chiqaradi. Agar foydalilikni sifat jihatdan funksional bog‗liqlikdagi aniqlik
bilan o‗lchash mumkin bo‗lsa, u holda birinchi va ikkinchi hosila naflilik
ma‘nosini kasb etadi; birinchi hosilaning miqdori eng yuqori naflilikning
ko‗rsatkichi hisoblanadi, manfiy belgili ikkinchi hosila esa eng yuqori nafni
kamaytiruvchi qonunning amal qilishini anglatadi
1
.
Munozaralar chog‗ida foydalilikni o‗lchashning qabul qilingan usuliga
muqobil variant sifatida J.Eejuort va I.Fisher foydalilikning turli darajalari
nisbatini aniqlash va ularning mutlaq miqdorini baholashga nisbatan da‘volardan
bosh tortishdan iborat bo‗lgan ordinalistik yondashuvni taklif etishgan
2
.
Transaksiya xarajatlari nazariyasi ham ushbu yo‗nalishda rivojlanmoqda. Iqtisodiy
tashkilotlarni qiyosiy tahlil qilishda hech qachon alohida olingan tashkiliy shakllar
tadqiq etilmaydi, ular faqat mavjud muqobil variantlarga nisbatan ko‗rib chiqiladi.
Turli shartnomalarda va tashkiliy matnlarda yuzaga keladigan transaksiya
xarajatlarini taqqoslash ularning miqdorini
ekspertiza yo‗li bilan baholash
orqali
chegaralash imkonini beradi. Turli variantlarga aniqliklar kiritish transaksiya
xarajatlarini pul shaklida o‗lchashning takomillashmagan usullaridan bosh tortish
imkonini beradi. U holda muayyan bitimni amalga oshirishning optimal shaklini
tanlash algoritmi ikkita bosqichni o‗z ichiga oladi. Birinchi bosqichda turli xildagi:
klassik, neoklassik va implitsit shartnomalardan (5-bobga q.) foydalanishda yuzaga
keladigan transaksiya xarajatlari taqqoslanadi.
1
Блауг М. Экономическая мысль в ретроспективе. М.: Дело, 1991, -С. 307-30.
2
Олейник А. Институциональная экономика: Учебно-методтическое пособие. // Вапросы экономики. 1999,
№1. –С.134.
|