10. Kelishuvlar nisbatining qanday variantlari mavjud? A.
Murosa, urinish, ekspansiya.
B.
Bozor,talab vataklif.
C.
Shartnomalar asosida.
D.
An‘anaviy, uruf-odatlar asosida.
MAVZUGA DOIR MUHOKAMA UCHUN SAVOLLAR : 1.
Transaksiya xarajatlari va foydalilikni o‗lchashning o‗ziga xos jihatlarini
tushuntiring?
2.
Transaksiya xarajatlarining ordinalistik nazariyasi asosida tashkiliy
tuzilmalarni amaliy tahlil qilish koidalarini sharxlab bering?
3.
Transaksiya xarajatlari miqdorining ekspert baholaridagi tafsiloti kanday?
4.
Firmaning balansi uning tarkibi to‗g‗risida ma‘lumot bering?
5.
Firma ichidagi nizolarni tahlil qilish va ularni kelishuvlar nazariyasi
asosida hal etish variantlarini sharxlab bering?
6.
Nizolarning keskinligini pasaytirish mezoni bo‗yicha optimallashtirish
variatlarini sanab uting?.
7.
Shartnomaning qiyosiy ustunliklari nimalarda namoyon bo‗ladi?
8.
Transaksiya xarajatlari tarkibining axborot bazasi qanday hujjatlarda
mujassamlangan?
9.
Firma balansi qanday maqsadda tahlil qilinadi va bunda qanday indekslar
hisoblab chiqiladi?
10.
Kelishuvlar nima uchun zarur va ularning qanday yo‗nalishlari mavj
336
XII BOB. FIRMANING TAShKILIY-HUQUQIY ShAKLINI TAHLIL QILISh 12.1. Mulkiy xuquqlarning tavsiflanishi 12.2. Tashkiliy-huquqiy shaklni tanlash mezonlari 12.3. Tashkiliy-huquqiy shakl firmaning strategiyasi haqidagi axborot manbasi sifatida 12.1. Mulkiy xuquqlarning tavsiflanishi Mulkchilik huquqlari nazariyasi har qanday tashkilotni mulkchilik
huquqlarining
ishtirokchilari
o‗rtasida taqsimlanishini belgilab beruvchi
shartnomaga olib keladi. «Firma» atamasi shartnoma kelishuvlari asosida
faoliyatni tashkil etishning qisqartirilgan ta‘rifi hisoblanadi. Kouz teoremasiga
muvofiq erkin almashuv natijasida erishilgan huquqlar taqsimoti eng optimal
variant (transaksiya xarajatlari nolga teng) bo‗lib, o‗zaro hamkorlik ishtirokchilari
uni o‗zgartirishdan manfaatdor emaslar. Shu sababli tashkiliy tuzilmani amaliy
tahlil qilish uchun mulkchilik huquqlari nazariyasini qo‗llashga bo‗lgan qiziqish
shu bilan shartlanganki, haqiqatda transaksiya xarajatlari nolga teng emas, demak,
huquqlar taqsimoti resurslardan foydalanish samaradorligiga
ta‘sir ko‗rsatadi .
Mulkchilik huquqlari nazariyasi tashkilot faoliyatining o‗ziga xosligiga qarab
mulkdorlar o‗rtasida huquqlar taqsimotining eng optimal variantini tanlashga
yordam beradi. Bundan tashqari, korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli
to‗g‗risidagi ma‘lumotlar asosida sheriklarni tanlash imkoniyati ochiladi.
U yoki bu tashkiliy-huquqiy shaklga xos bo‗lgan huquqlar taqsimoti
O‗zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksining «Yuridik shaxslar» deb
nomlanuvchi 4-bobida qayd etilgan me‘yorlar bilan belgilanadi. Yuridik shaxslarni
tashkil etishning tashkiliy-huquqiy jihatlari mulk huquqining turli iqtisodiy
sub‘yektlarga tegishli alohida huquqlarga ajratilishiga yo‗l qo‗yadi. Misol
tariqasida tashkiliy-huquqiy shaklni belgilovchi huquqlar to‗plamining ayrim
337
jihatlarini quyidagi jadval orqali havola etamiz, unda turli huquqlarning tegishliligi
Fuqarolik kodeksining tegishli moddasida belgilangan (12.1.1-jadval).