342
bo‗lgan unitar korxona
Fermer xo‗jaligi
2
2
1
2
10
11
Dehqon xo‗jaligi
1
1
1
1
11
10
12.3. Tashkiliy-huquqiy shakl firmaning strategiyasi haqida axborot
manbasi sifatida
Tashkiliy-huquqiy shakl nafaqat firmaning tashkiliy tuzilishi haqidagi, balki
shartnomani amalga oshirish jarayonidagi ehtimoliy xatti-harakati haqidagi
axborotni ham o‗zida mujassam etadi. Shu nuqtai nazardan tashkiliy-huquqiy
shaklni tahlil qilish bitimni amalga oshirish uchun sherikni tanlashda foydali
hisoblanadi. Boshqa shartlarda (aktivlarning o‗ziga
xoslik darajasi, bitimning
murakkablik darajasi) bitimning yakuni uning tashkiliy-huquqiy shaklini belgilab
beruvchi shartnoma bo‗yicha hamkor xatti-harakatining o‗ziga xos xususiyatlariga
bog‗liq. Yanada aniqroq qilib aytadigan bo‗lsak, hamkorning tashkiliy-huquqiy
shaklni bilish bitimni amalga oshirishda garovning
mavjudligi hamda mulkning
rasmiy va haqiqiy tarkiblarini muvofiqlashtirish qanchalik mumkinligi haqida
axborot olish imkonini beradi. So‗nggi jihat muloqotlarni yuritish va shartnomani
bajarish shartlarini firmaning
rasmiy
egalari bilan muvofiqlashtirishning
samarasizligi
tufayli muhim, bunda shartnomani bajarish korxonani
haqiqiy
nazorat qiluvchi insonlarning harakatlariga bog‗liq.
Garov shakllari.
Shartnoma majburiyatlarining bajarilishini kafolatlash
uchun bitim tomonlari an‘aviy tarzda garovdan foydalanadi. Pul shaklidagi garovni
bitimni tuzish vaqtida tomonlardan biri, maboda shartnoma bekor qilingan yoki u
kerakli tarzda bajarilmagan taqdirda, ikkinchi tomonning yo‗qotishlarini
qoplash
uchun to‗laydi. Mulk huquqi nazariyasining atamalarida undirib olish ko‗rinishida
javobgarlikni o‗tkazish yuz beradi. Masalan, bank tomonidan kredit
berilayotganda, u odatda kreditning qaytarilishi va u bo‗yicha foizlar to‗lanishining
kafolati sifatida garov kiritilishini talab qiladi. Bitim shartlaridan qat‘i nazar pul
343
shaklidagi garov miqdorini hisoblab chiqish oson,
bunda yagona muammo
shartnomaning to‗liqsizligida va, demak, garovni begonalashtirishning qonuniyligi
xususida nizolar kelib chiqishining muqarrarligida. Shuning uchun shartnoma
tomonlarining ixtisoslashgan garovni birgalikda barpo etishini nazarda tutuvchi sof
(natura) shakldagi garov (ushbu garov haqida shartnomada kelishilmasa-da) ancha
samarali. Masalan, imkoniyatli xaridor nafaqat mahsulotni sotish tarmoqlariga ega,
balki uni ishlab chiqarish va unga sotuvdan keyin xizmat ko‗rsatish xarajatlarining
bir qismini ham o‗z zimmasiga oladi.
Firma tomonidan majburiyatlar bajarilmagan taqdirda, Fuqarolik kodeksi
me‘yorlariga muvofiq uning mulkdorlari zimmasida bo‗ladigan javobgarlik ulushi
shartnoma shartlarida ko‗rsatilmaydigan garovning yana bir shakli hisoblanadi.
MChJ, YoAJ va OAJ holatlarida
bunday javobgarlik
ustav kapitalining miqdori
bilan
chegaralanadi, bunda, ushbu tashkiliy-huquqiy shakllardan har birining
muassislari soniga nisbatan cheklovlarni hisobga olgan holda ustav kapitaliga
nisbatan eng kichik talablar MChJda, eng katta talablar OAJda qo‗yiladi.
Qolgan tashkiliy-huquqiy shakllar uchun
mulkdorlarning ancha katta
hajmdagi javobgarligi ko‗zda tutilgan. Bu Еrda garov sifatida
muassislarning mol-
mulki
ishtirok etadi, uning miqdori mulkdorlar tomonidan kiritilgan hissalarning
yoki ularga tegishli aksiyalarning qiymati bilan chegaralanmaydi. To‗liq shirkat
ishtirokchilari zimmasiga yuklatiladigan majburiyatlar hajmi eng katta,
chunki
garov rolini unga tegishli barcha mol-mulk bajaradi. Qo‗shimcha mas‘uliyatli
jamiyatda ishtirokchilar o‗zining barcha mol-mulki bilan emas, balki barcha uchun
baravar bo‗lgan, ular hissalari qiymatining karrasi miqdorida javobgarlikka egalar.
Ishlab chiqarish kooperativining asosida ham huddi shunday tamoyil yotadi.
Tezkor boshqarish huquqiga asoslangan unitar korxona shakli mulkdor – davlat
yoki mahalliy hokimiyat organlari tomonidan uning majburiyatlari yuzasidan o‗z
mulki bilan subsidiar javobgarlikka ega bo‗lishini nazarda tutadi. Sho‗‗ba xo‗jalik
jamiyati holatida ham huddi shunday tamoyil, lekin faqat «prinsipal» (boshqa
xo‗jalik jamiyati yoki shirkat) ko‗rsatmalarini bajarish yo‗lida amalga oshirilgan
bitimlarga nisbatan qo‗llaniladi. Ta‘kidlash lozimki,
bu Еrda muassislarning mol-
344
mulki shaklidagi garovning miqdori emas, balki mulkdorning firma faoliyati uchun
o‗z mol-mulki bilan javob berishi tufayli yuzaga keladigan shartnoma
majburiyatlarini bajarishga undovchi omillar muhim. Bunday omillar to‗liq
shirkatda eng kuchli va MChJ, YoAJ va OAJda – eng kam (12.3.1-rasm).
To‗liq
shirkat
Kommandit
shirkat
Qo‗shimcha
ma‘suliyatli
jamiyat
Ishlab
chiqarish
kooperativi
YoAJ,
OAJ,
MChJ
Dostları ilə paylaş: