Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


-rasm. Majburiyatni bajarishdan rag„batlanish intensivligi



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

 
12.3.1-rasm. Majburiyatni bajarishdan rag„batlanish intensivligi 
Muassislar nufuzini va korxonaning tovar belgisini pulda baholash bitimni 
amalga oshirishda implitsit ishtirok etuvchi garovning navbatdagi shakli 
hisoblanadi. Bu asosan tijorat doiralarida, shu jumladan imkoniyatli sheriklar 
hamda o‗zi ishlab chiqaradigan tovarlar va xizmatlarning iste‘molchilari ichida
ishtirokchilarning va umuman firmaning nufuziga bog‗liq. Bu Еrda asosiy 
tushuncha - tovar belgisining kapitallashtirilgan qiymati: firma o‗ziga tegishli tovar 
belgilarining qiymatini saqlab qolishga intiladi. Shunday qilib, nufuzni ushlab 
turish faqat ijtimoiy sanksiyalarga bog‗liq bo‗lmay qoladi. Nufuz bozor narxiga 
ega bo‗ladi, chunki u o‗zida imkoniyatli sherikning ishonchliligi va uning harakati 
strategiyasi haqida qo‗shimcha axborotni mujassamlashtiradi. Ayni paytda, 
iqtisodiy sub‘ekt yoki firma ko‗pincha reklama xarajatlari shaklidagi nufuzni barpo 
etish uchun to‗lashga tayyor.
Reklama – imkoniyatli xaridorlarga sotuvchilar haqida bilimlar berish usuli. 
Tabiiyki, bu vosita bilimlarni berish uchun og‗zaki ma‘ruza o‗rniga kitobdan 
foydalanish bilan taqqoslanadigan xabardor bo‗lmaslikni tugatish uchun juda 
muhim. Reklama institutning muvoffaqiyatli evolyutsiyasiga misol bo‗lib, 


345 
egasizlantirilgan o‗zaro ta‘sir ko‗rsatish tartibida norasmiy institutning ustunligini 
– nufuzni saqlashga yordam beradi. 
Ayrim korxonalarning, birinchi galda to‗liq shirkat va ishonchga asoslangan 
shirkatning tashkiliy-huquqiy shakli ijtimoiy nufuzni bozor tovar belgisiga 
aylantirish uchun zamin yaratadi. Haqiqatdan ham, to‗liq shirkat va ishonchga 
asoslangan shirkatning firma nomi barcha to‗liq o‗rtoqlarning yoki «va 
kompaniya» so‗zlari qo‗shimcha qilingan holda kamida bitta to‗liq o‗rtoqning 
nomini o‗zida mujassamlantirishi kerak. Shuning uchun xo‗jalik shirkatlari tijorat 
sohasidagi sheriklar sifatida eng jozibali, chunki bitim tuzishda garov sifatida ular 
bilan nafaqat muassislarning shaxsiy mol-mulki, balki ularning tovar belgisi 
shaklidagi ijtimoiy nufuzi ishtirok etadi. Shu munosabat bilan xo‗jalik shirkatlariga 
soliq imtiyozlari va ro‗yxatga olishdagi imtiyozlarni berish asosli hisoblanadi. 
Korxonaning tashkiliy-huquqiy shakliga qarab qonunga bo‗ysunish bahosini 
tabaqalash shartnoma madaniyatining oshishiga va o‗z navbatida, transaksiya 
xarajatlarining pasayishiga ko‗maklashgan holda iqtisodiyotni davlat tomonidan 
bilvosita tartibga solishning samarali vositasiga aylanishi mumkin. 
Mulkning rasmiy va haqiqiy tarkiblarini muvofiqlashtirish shakllari

Tashkiliy-huquqiy shakl mulk huquqlari to‗plamining rasmiy - qonunda qayd 
etilgan va haqiqiy konfiguryatsiyasini muvofiqlashtirishning ehtimoliy variantlari 
haqidagi axborotni ham o‗zida mujassam etadi. Ushbu axborot qayta tashkil etilgan 
mulk asosida faoliyat ko‗rsatuvchi o‗tish xilidagi korxonalar (
O‗
korxonalar)ga 
nisbatan muhim ahamiyat kasb etadi. Evristik tarzda tashkiliy-huquqiy shakl va 
mulk huquqlari to‗plamining rasmiy - qonunda qayd etilgan va haqiqiy tarkiblarini 
muvofiqlashtirish ehtimoli o‗rtasidagi quyidagi bog‗liqliklarni ifodalash mumkin. 
Birinchidan, qonunda huquqlar qanchalik kam tafsirlangan bo‗lsa (1-
mezon), «agentlar» (ijroiya organi) opportunizmi va ular tomonidan firmaning 
faoliyati ustidan nazorat qilish funksiyalarining o‗zlashtirilishi ehtimoli shunchalik 
yuqori. Ikkinchidan, korxonaning tashkiliy-huquqiy shakli «prinsipal-agent» 
muammosini hal etish mexanizmlarining qanchalik kam sonidan foydalanishga 
yo‗l qo‗ysa (4-mezon), «Agentlar» tomonidan real nazorat qilish ehtimoli 


346 
shunchalik yuqori. Masalan, YoAJda aksiyadorlarning soni ancha ko‗p, bu ular 
tomonidan 
«ovoz 
berish» 
mexanizmidan 
foydalanishda 
«chiptasiz» 
muammosining kelib chiqishiga zamin yaratadi, lekin shu bilan birga YoAJ 
aksiyalari fond bozorida kotirovka qilinmasligi tufayli «chiqish» mexanizmi ham 
ishlamaydi. Uchinchidan, qonunda qayd etilgan huquqlarni qayta taqsimlash 
transaksiya xarajatlari qanchalik yuqori bo‗lsa, mulkning rasmiy va haqiqiy 
tarkiblarini muvofiqlashtirish ehtimoli shunchalik yuqori. Shuni nazarda tutish 
lozimki, u yoki bu huquqqa egalik qilishdan eng manfaatdor bo‗lgan shaxslar 
pirovardida uni qo‗lga kiritadi, lekin oshkora emas, balki xufyona usul bilan. Fond 
bozorida, masalan, OAJ aksiyalari bilan bitimlar tuzilishining faolligini kuzatish 
unda huquqlarni almashish bilan bog‗liq transaksiya xarajatlarining miqdorini 
bilvosita baholash imkonini beradi. Shuningdek, huquqlarni almashish bo‗yicha 
bitimlarning qonuniy cheklanishi natijasida yuzaga keladigan transaksiya 
xarajatlarini ham hisobga olish lozim (3-mezon). MChJda ishtirokchining ulushini 
sotib olishning imtiyozli huquqiga boshqa ishtirokchilar ega, ushbu ulushdan 
uchinchi shaxs hisobiga voz kechish uchun esa, boshqa ishtirokchilar uni sotib 
olishdan bosh tortganlaridan so‗ng, uch oy o‗tishi kerak. Yuqorida aytilganlar 
fikrlarni umumlashtirgan holda ta‘kidlash mumkinki, mulkning rasmiy va haqiqiy 
tarkiblarini muvofiqlashtirish ehtimoli unitar korxonalarining ikkala xilida, YoAJ, 
MChJ va OAJda eng yuqori. Aynan ana shunday firmalar bilan o‗zaro 
munosabatlarda rasmiy mulkdorlar tomonidan taqdim etiladigan shartnomalarning 
bajarilishi kafolatlari Еtarli emas va haqiqiy mulkdorlar bilan «norasmiy» 
shartnoma tuzish bo‗yicha qo‗shimcha sa‘y-harakalar talab etiladi, bunday 
mulkdorlar sifatida ko‗pincha «agentlar» - boshqaruvchilar ishtirok etadi. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin