Abulqosimov m. H., Umarov a. T., Qulmatov a. A. Institusional iqtisodiyot


o pportunistik xatti-harakat ehtimoli



Yüklə 5,06 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə196/290
tarix18.11.2023
ölçüsü5,06 Mb.
#132866
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   290
Институционал иқтисодиёт дарслик l

 o
pportunistik xatti-harakat ehtimoli
 
Toshkent shahrida bugungi kunda 180 taga yaqin stomatologiya klinikalari 
va xonalari ishlab turibdi. Tish shifokorining xizmatlariga bo‗lgan talab 
barqarorligicha qolmoqda. Boshqa kasalliklarga ko‗nishga tayyor bo‗lgan insonlar 
tish og‗rig‗iga uzoq vaqt dosh berolmaydi. Sug‗urtalovchilar tibbiy bozorning 
bunday sig‗imli segmentini shunchaki e‘tibordan chetda qoldirolmaydi. 
Bozorda sug‗urta ―stomatologiyasi‖ning ikkita turi taqdim etilgan. 
Ko‗pincha tish shifokorlik muolajalari an‘anaviy ixtiyoriy tibbiy sug‗urta (ITS) 
dasturlari doirasida qoplanadi. Mazkur holatda tishlarni davolash xizmatlari ko‗p 
tarmoqli davolash korxonalarida oilaviy shifoxonalar yordami bilan birgalikda 
taklif etiladi. Lekin vaqt o‗tishi bilan mijozlarni bevosita stomatologiya 
klinikalariga biriktirishni nazarda tutuvchi ixtisoslashgan dasturlar paydo bo‗la 
boshladi. Albatta, bozor operatorlari hozircha bunday mahsulotlarning sug‗urta 
qildiruvchilar o‗rtasida ommaviyligiga shubha qilmagan holda, ularga nisbatan 
sergaklik bilan munosabatda bo‗lishmoqda. Bacha chakana ITSga xos bo‗lgan 
polis egalarining o‗z xaridining xarajatlarini qoplashga intilishi «stomatologiyada» 
juda tez-tez namoyon bo‗ladi. Rentabellikni saqlab turish uchun sug‗urtalovchilar 
zarar ko‗rish tavakklchiligini «klinikalarga biriktirilgan ko‗p sonli sug‗urtalangan 
xizmatlar va ushbu sug‗urta dasturlariga muvofiq ko‗rsatiladigan xizmatlarning 
qat‘iy ro‗yxati» bilan tartibga soladi.
Yordam hajmiga ko‗ra «tish» mahsulotlarining butun assortimentini shartli 
ravishda uchta toifaga bo‗lish mumkin: ekonom-sinf, biznes-sinf va eksklyuziv-
sinf. Quyi narx toifasida (75 doll.) bemorlarga standart muolajalar ko‗rsatiladi. 
Xizmatlar doirasi bo‗yicha qimmat bo‗lmagan dasturlar bir yilda ko‗pi bilan uch-
to‗rtta tishni davolash imkonini bergan holda yordam hajmi bo‗yicha cheklovlarni 
o‗zida mujassam etgan. Biznes-sinf mahsulotlari (150 doll.) stomatologiya 


352 
sohasida kengroq ko‗lamli vazifalarni hal etishga qodir. Ularda xizmatlar hajmi 
ham, ro‗yxati ham kengaytirilgan. Dasturning maxsusligi unga stomatologiya 
yordamining eng qimmatbaho turlari kiritilishi bilan belgilanadi. Albatta, barcha 
ITS-dasturlar (eng arzonlaridan tortib eng qimmatlarigacha) maslahat va tashxis 
xizmatlarini, 
shuningdek, 
stomatologiyada 
juda 
muhim 
bo‗lgan 
og‗riqsizlantirishni o‗z ichiga oladi. 

Yüklə 5,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   192   193   194   195   196   197   198   199   ...   290




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©muhaz.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin