358
XIII BOB. DAVLAT INSTITUSIONAL
TAShKILOT SIFATIDA
13.1. Davlatning funksiyalari
13.2. Davlatning institutsional tabiati
13.3. Davlatning mohiyati va uning ta‟rifi
13.4. Davlatning shartnomaviy va ekspluatatorlik konsepsiyasi
13.5. Davlatning «muvaffaqiyatsizliklari»
Davlat va davlat tomonidan tartibga solish tabiatining konseptual
asoslarini
tadqiq etish institutsional nazariyada alohida o‗rin tutadi. Bu shu bilan
izohlanadiki, jahon xo‗jalik tizimi rivojlanishining hozirgi bosqichida iqtisodiy
rivojlanish va u yoki bu davlatning iqtisodiy asosini shakllantirish yo‗lini
aniqlashda muhim rol o‗ynovchi mulk huquqlarini taminlash mulk sohasida
muayyan cheklovlarni belgilash, ushbu cheklovlarga rioya etilishini nazorat qilish
va mazkur cheklovlar buzilgan hollarda kuch ishlatish monopoliyasiga ega bo‗lgan
mavjud siyosiy tuzilmaga bog‗liq.
Shunday qilib, davlat jamiyatda rasmiy qoidalarning shakllanishida katta rol
o‗ynaydi va bu bilan institutsional muhitning o‗zgarishiga hal qiluvchi ta‘sir
ko‗rsatadi.
13.1. Davlatning funksiyalari
1970-yillarda jahon xo‗jalik tizimida yuz bergan larzalar davlatning
iqtisodiyotdagi roli va davlatning tabiati to‗g‗risidagi
yangi bahs-munozaralarga
turtki berdi.
Davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi chegarasi nima bilan
belgilanadi? Davlatning iqtisodiy sohada ishtirok etishining o‗zi inqiroz sababi va
iqtisodiy rivojlanish uchun to‗siq hisoblanmaydimi? Agar davlatning aralashuvi
Еtarlicha samarali bo‗lmasa, buni qanday qilib to‗g‗rilash mumkin? Davlatning
359
roliga taalluqli bo‗lgan shu va boshqa savollarga javob qidirish bilan turli ilmiy
maktablar va yo‗nalishlar iqtisodchilarining aksariyati band.
Davlat tomonidan tartibga solish sohalari to‗g‗risidagi
masala eng bahs-
munozarali bo‗lib, biz ushbu paragrafda unga javob topishga urinib ko‗ramiz.
Adam Smit 18-asrning ikkinchi yarmidayoq davlatning asosiy majburiyatlari
doirasini belgilab berdi:
- birinchidan, jamiyatni kuch ishlatish va boshqa mustaqil jamiyatlarning
bostirib kelishidan himoyalash;
- ikkinchidan, imkon qadar, jamiyatning har bir a‘zosini adolatsizlikdan va
uning boshqa a‘zolari tomonidan jabrlashdan himoyalash
yoki yaxshi adolat
hukmini o‗rnatish;
- uchinchidan, ularni barpo etish va saqlab turish alohida shaxslar yoki
kichik guruhlar manfaatlari yo‗lida amalga oshirilmaydigan muayyan ijtimoiy
inshootlar va ijtimoiy muassasalarni barpo etish va saqlab turish,
chunki ulardan
keladigan foyda hech qachon alohida shaxslar yoki kichik guruhlarga xarajatlarni
to‗lay olmaydi, lekin ko‗pincha xarajatlarni katta jamiyatga ortiqcha to‗lashi
mumkin
1
.
Ikki asrdan ortiq vaqt o‗tgan bo‗lishiga qaramay, mazkur tasnif davlat
faoliyati sohalarining asosiy ma‘nosini aks ettiradi.
Yangi institutsional maktabning hozirgi vakillari davlat intervensionalizmini
iqtisodiy asoslashni bozorning nuqsonlarida yoki nochorligida ko‗rmoqda. Yangi
institutsionalistlarning hozirgi talqinida davlatning
funksiyalari quyidagilardan
iborat:
-
mulkchilik huquqlarini tafsirlash va himoya qilish:
transaksiya
xarajatlari nolga teng bo‗lmagan taqdirda mulkchilik
huquqlarining taqsimlanishi
resurslardan foydalanish samaradorligiga ta‘sir ko‗rsatadi;
-
axborot bilan almashish tarmoqlarini barpo etish:
muvazanatli narx
bozor ishtirokchilariga past xarajatli va kam buzib ko‗rsatilgan axborot bilan
1
Смит А. Исследование о природе и богатстве народов – М.: Лекиздат, 1935. –С. 231.
360
almashish imkonini beruvchi rivojlangan axborot infratuzilmasi bazasida
shakllanadi;
-
o‗lchash va tortish standartlarini ishlab chiqish:
davlatning ushbu
yo‗nalishdagi faoliyati almashinadigan tovarlar va xizmatlar sifatini o‗lchash
xarajatlarini
pasaytirish imkonini beradi, yanada keng ma‘noda esa universal
chora-tadbirlar jumlasiga davlat tomonidan pul muomalasining tashkil etilishi ham
kiradi, chunki almashuvning universal tadbir – pulning eng muhim funksiyalaridan
biri;
-
tovarlar va xizmatlar bilan jismoniy almashish tarmoqlari va
mexanizmlarini barpo etish:
bozor infratuzilmasi nafaqat axborot bilan almashish
tarmoqlarini, balki tovarlar va xizmatlarning jismoniy harakatlanishi tarmoqlari
(transport tarmoqlari, savdolar uchun uyushgan maydonchalar va h.k.)ni o‗z ichiga
oladi;
-
huquqni muhofaza qilish faoliyati va nizolarda «uchinchi» tomon
rolini bajarish:
shartnomalarni bajarishda kutilmagan holatlarning paydo bo‗lishi
sharnoma tomonlarining ulardan opportunistik foydalanishidan
kafolatlash uchun
«uchinchi» tomon (sud)ning aralashuvini talab qiladi;
-
sof ijtimoiy farovonlikni yaratish
«chiptasiz» muammosini keltirib
chiqaradi, bu uni moliyalash uchun davlat tomonidan majburlov choralaridan
foydalanishni talab qiladi (birinchi navbatda mudofaa, keyin sog‗liqni
saqlash va
ta‘lim singari ijtimoiy farovonlikni yaratish)
1
(qarang:13.1.1-rasm).
1
Олейник А. Институциональная экономика. – М.: ИНФРА-М, 2000. –С. 344-345.