13.5.1-rasm. Davlatning “muvaffaqiyatsizliklari”. Pareto bo‗yicha optimum bilan bir qatorda quyidagilar ana shunday
standartlar hisoblanadi: Kaldora qoidasi (agar resurslarni taqsimlash natijasidan
yutayotgan tomon yutqazayotgan tomonga yo‗qotishlarni qoplashga qodir bo‗lsa,
resurslarni taqsimlashga o‗zgartirish kiritishga yo‗l qo‗yiladi), Rolz qoidasi (eng
kam ta‘minlanganlarning ahvolini yaxshilovchi - resurslarning adolatli
taqsimlanishi) va ko‗plab boshqa standartlar.
Shuning uchun ikkita ideal holat (bir tomondan, shartnomaning bajarilishi
qisman kafolatlangan mulkchilik huquqlarini xarajatlarsiz faoliyat ko‗rsatuvchi
bozor almashuvi asosida taqsimlash va, ikkinchi tomondan, huquqlar bilan
almashish ustidan nazoratni shartnoma tomonlarining manfaatlari yo‗lida harakat
qiluvchi davlatga o‗tkazish) o‗rtasida emas, balki ikkita takomillashmagan muqobil
vaiantlar o‗rtasida tanlashga to‗g‗ri keladi. Bozor va davlat o‗rtasidagi tanlov faqat
nomukammalliklarning turli darajalari va xillari o‗rtasidagi tanlov hisoblanadi.
Shunday qilib, mulkchilik huquqlarini almashish va himoya qilishning
bozor mexanizmi noldan farq qiluvchi transaksiya xarajatlarini va kuch ishlatish
eskalatsiyasini nazarda tutadi,
davlat tomonidan kuch ishlatishdan foydalanish
uchun monopol huquqning qo‗lga kiritilishi ham, bu safar davlat apparatining
ichida, transaksiya xarajatlarining o‗sishiga olib keladi, bu hol huquqlarning
taqsimlanishida muntazam buzib ko‗rsatishlarni keltirib chiqaradi.
Shu munosabat bilan O.Uilyamson mulkchilik huquqlarini taqsimlashning u
yoki bu varianti samaradorligini, uni faraziya bilan emas, balki
real amalga
oshiriladigan muqobil variantlar bilan taqqoslagan holda baholashni taklif etadi.
Agar taqsimlashning qaysidir varianti uchun uni ta‘riflash va katta miqdordagi sof
yutuq bilan joriy etish mumkin bo‗lgan muqobil variantni taklif etish mumkin
bo‗lmasa, uni optimal deb hisoblash lozim. Shu nuqtai nazardan, ilgari samarasiz
370
hisoblangan mulkchilik huquqlarini taqsimlash misollari real muqobil variantlarni
hisobga olgan holda, optimal bo‗lib chiqmoqda.