373
b) davlat chegaralarining qisqarishiga;
v) davlatning chegaralariga ta‘sir ko‗rsatmaydi.
Javob: b),
masalan, xalqaro miqyosda ishchi kuchining erkin harakatlanishi
oqibatida davlatning yaqin subinstitutlari sonining oshishi davlat o‗z funksiyalarini
bajarish uchun tasarruf etadigan aktivlar o‗ziga xosligining
pasayishini keltirib
chiqaradi. Davlatning tasarrufidagi o‗ziga xos aktivlar ichida qonunda qayd
etilgan, kuch qo‗llashdan foydalanish monopoliyasini (tovar
belgisining
o‗xshashi), zamonaviy davlatlarning asosida yotuvchi hududiy yaxlitlik tamoyilini
(aktivlar joylashgan joy bo‗yicha), "ratsional byurokratlar" alohida guruhining
shakllanishini (inson kapitalning o‗ziga xosligi) ko‗rsatamiz.
KЕYSLAR
Keys 1.
Ko‘chmas mulkni xarid qilishda shartnoma tuzilgunga qadar
transaksiya xarajatlari
1
«Kredit-Sentr» YoAJ: Ko‗chmas mulk xaridorlari va sotuvchilari bitimni
amalga oshirishda xarajatlar darajasini pasaytirish uchun ko‗chmas mulk
agentligining xizmatlariga murojaat etishadi. Ana shunday
xarajatlar jumlasiga
vaqt, resurslar sarflari va bitimni amalga oshirishdagi tavakkalchiliklar kiradi.
Firmamiz xarajatlarning barcha turlari bo‗yicha kafolatlarning eng yuqori
darajasini ta‘minlaydi.
Bitimni amalga oshirish yo‗lidagi xarajatlarning birinchi turi – bu ob‘yektlar
haqidagi axborotni qidirish yoki bitim bo‗yicha kontragentni izlash uchun vaqt va
resurslar sarflari. «Kredit-Sentr» YoAJ Janubi-Sharqiy
Moskava ostonasida
ko‗chmas mulk ob‘yektlarini sotish va ularga doir axborotni qidirish borasida eng
qudratli tizimga ega. Biz ko‗chmas mulk bo‗yicha maxsus reklama rubrikalarini
yuritamiz va mintaqamizning barcha asosiy ommaviy
axborot vositalarida hamda
Moskvadagi ko‗chmas mulk bo‗yicha ixtisoslashgan nashrlarda tegishli
bo‗limlarga egamiz, Firma Internet tamog‗ida o‗z saytiga (www.credit-center.ru),
tashqi reklama vositalarining rivojlangan tarmog‗iga ega bo‗lib,
turli
Dostları ilə paylaş: